Maxsus ko'rsatmalar
Irritabl ichak sindromini davolash kursi o'tkir davrda kuniga 600 mg 4 hafta davomida va kursdan so'ng davolashni kuniga 300 mg dozada 12 hafta davom ettirish kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini beradi.
Transport vositalarini, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat sedativ ta'sir ko'rsatmaydi, psixomotor reaksiyaning tezligiga ta'sir qilmaydi va turli kasb egalari, shu jumladan yuqori e'tibor va harakatlarni muvofiqlashtirishni talab qiladigan shaxslarda qo'llanilishi mumkin.
Biroq, mumkin bo'lgan nojo'ya ta'sirlarni (bosh aylanishi va boshqalar) hisobga olgan holda, avtomobil boshqarishda va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Eksperimental tadqiqotlarda preparatning teratogenligi va embriotoksikligi haqida ma'lumotlar aniqlanmagan. Shunga qaramay, zarur klinik ma'lumotlar yo'qligi sababli, Trimedat® preparatini homiladorlik davrida qo'llash mumkin emas.
Trimedat® preparatini laktatsiya davrida tayinlash tavsiya etilmaydi, chunki ushbu davrda preparatni qo'llash xavfsizligini tasdiqlovchi ishonchli klinik ma'lumotlar mavjud emas. Zarurat tug'ilganda preparatni laktatsiya davrida qo'llash lozim bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.