Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Qorin sohasida og‘riq, spazm va noqulaylik, shishish (meteorizm) hissi, ichak motorikasining buzilishi, najas chiqarish tezligining o‘zgarishi (diareya yoki qabziyat), dispepsiya, qizish, qayoq, ko‘ngil aynishi, qusish, me’da-ichak yo‘llari va o‘t yo‘llari funksional kasalliklari bilan bog‘liq (eroziyasiz gastroezofageal reflyuks kasalligining shakli; o‘t toshi kasalligi; o‘t chiqarish yo‘llari disfunktsiyasi; irritabl ichak sindromi; Oddi sfinkteri disfunktsiyasi, postxolekistektomiya sindromi) simptomatik davolash.
Operatsiyadan keyingi paralitik ichak tutilishi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik.
Laktaza yetishmovchiligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu dori shakli uchun).
Homiladorlik.
Qo'llash usuli
Og‘iz orqali.
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar: 100-200 mg kuniga 3 marta. Davolash kursidan so‘ng remissiya davrida irritabl ichak sindromi qaytalanishini oldini olish uchun preparatni kuniga 300 mg dozada 12 hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
3-5 yoshli bolalar: 25 mg kuniga 3 marta. 5-12 yoshli bolalar:
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan: og'izda quruqlik, yoqimsiz ta'm hissi, diareya, dispepsiya, qusish, ich qotishi.
Nerv tizimidan: uyquchanlik, charchoq, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, bezovtalik.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi.
Boshqalar: menstruatsiya tsiklining buzilishi, ko'krak bezlarining og'riqli kattalashishi, siydikni ushlab qolish.
Farmakologik xususiyatlari
Trimebutin, ichakning enkefalinergik tizimiga ta'sir qilib, uning peristaltikasini tartibga soluvchi hisoblanadi. Qo'zg'atuvchi va tormozlovchi retseptorlarga moyillikka ega bo'lib, ichak silliq mushaklarining gipokinetik holatlarida stimulyatorlik, giperkinezik holatlarda esa spazmolitik ta'sir ko'rsatadi.
Preparat butun ovqat hazm qilish trakti bo'ylab ta'sir qiladi, qizilo'ngach sfinkteri bosimini pasaytiradi, oshqozon bo'shatilishini va ichak peristaltikasini kuchaytiradi, shuningdek, yo'g'on ichak silliq mushaklarining oziq-ovqat ta'siriga javob reaktsiyasini kuchaytiradi. Trimebutin ovqat hazm qilish trakti harakatining buzilishi bilan bog'liq turli kasalliklarda ichak mushaklarining normal fiziologik faolligini tiklaydi.
Maxsus ko'rsatmalar
Irritabl ichak sindromini davolash kursi o'tkir davrda kuniga 600 mg 4 hafta davomida va kursdan so'ng davolashni kuniga 300 mg dozada 12 hafta davom ettirish kasallikning qaytalanishini oldini olish imkonini beradi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!