-
Tarkibi
1 ml eritmada faol modda tiotriazolin, 100% modda hisobida – 25 mg; Yordamchi modda in'ektsiya uchun suv.
-
Qo'llanilishi
Ishemik yurak kasalligi, stenokardiya, miokard infarkti, postinfarkt kardiosklerozni kompleks davolashda; yurak aritmiyalarini davolashda qo‘shimcha vosita sifatida. Surunkali gepatit, alkogolli gepatit, jigar fibroz va sirrozini kompleks davolashda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Tiotriazolingа yuqori sezuvchanlik; o'tkir buyrak yetishmovchiligi.
-
Qo'llash usuli
Kattalarda o‘tkir miokard infarkti, faol jarayonli surunkali gepatitda Tiotriazolin dastlabki 5 kun davomida mushak ichiga 2 ml 25 mg/ml eritma (50 mg) dan kuniga 2-3 marta yoki vena ichiga sekin 2 ml/min tezlikda 4 ml 25 mg/ml eritma (100 mg) dan kuniga 1 marta, yoki tomchilab 20-30 tomchi/min tezlikda (2 ampula 25 mg/ml eritma 150-250 ml 0,9 % natriy xlorid eritmasida eritiladi) yuboriladi. Davolashning beshinchi kunidan yigirmanchi kunigacha Tiotriazolin tabletkalari (100 mg dan kuniga 3 marta) buyuriladi. Kuchlanish va tinchlik stenokardiyasi, postinfarkt kardioskleroz, minimal va o‘rtacha faoliyatli surunkali gepatitda Tiotriazolin mushak ichiga 2 ml 10 mg/ml eritma kuniga 3 marta yuboriladi. Davolash kursi – 20-30 kun. Jigar sirrozida davolash kursi – 60 kun. Davolashni 2 ml 25 mg/ml eritma (50 mg) mushak ichiga kuniga 3 marta 5 kun davomida yuborishdan boshlanadi, so‘ngra davolash tabletkalar (100 mg dan kuniga 3 marta) bilan davom ettiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Preparat, odatda, yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuqori sezuvchanlikka ega bemorlarda kamdan-kam hollarda allergik reaksiyalar – qichishish, teri giperemiyasi, isitma, teri toshmasi (urtikarial, papulyoz, mayda nuqtali, dog‘li); boshqa preparatlar qabul qilingan fonida ayrim hollarda toshma va angionevrotik shish, bir holatda anafilaktik shok kuzatilgan. Ayrim bemorlarda, asosan, keksalarda, xususan, boshqa preparatlar qabul qilingan fonida, markaziy va periferik asab tizimi tomonidan juda kam hollarda umumiy holsizlik, bosh aylanishi, quloqda shovqin; yurak-qon tomir tizimi tomonidan taxikardiya, arterial gipertenziya (bir holat); me’da-ichak trakti tomonidan dispeptik holatlar – og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi, qorin dam bo‘lishi, qusish; nafas olish tizimi tomonidan nafas qisilishi va bo‘g‘ilish (har biridan bir holat) kuzatilgan.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tiotriazolinning farmakologik ta'siri antiishemik, membranostabilizatsiyalovchi, antioksidant va immunomodulyatorlik ta'siri bilan bog'liq.
Preparatning ta'siri anaerob glikolizning kompensator faollashuvi va Krebs siklida oksidlanish jarayonlarining faollashuvi hisobiga ATFning hujayra ichidagi zaxirasini saqlab qolish orqali amalga oshiriladi. Tiotriazolin molekulasining tuzilmasida tiol oltingugurt mavjudligi, unga oksidlanish-qaytarilish xossalari xos, va uchlamchi azot, u vodorod ionlarining ortiqchasini bog'laydi, antioksidant tizimning faollashuvini ta'minlaydi. Tiol guruhining kuchli qaytaruvchi xossalari kislorodning faol shakllari va lipid radikallari bilan reaksiyaga kirishadi. Antiradikal fermentlar – superoksiddismutaza, katalaza va glyutationperoksidazaning reaktivatsiyasi kislorodning faol shakllarining boshlanishini oldini oladi.
Tiotriazolinning ta'siri miokardning ishemiyalangan sohalarida lipidlarning oksidlanish jarayonlarini sekinlashtiradi, miokardning katexolaminlarga sezuvchanligini kamaytiradi, yurakning qisqaruvchanlik funksiyasining progressiv susayishini oldini oladi, nekroz va ishemiya zonalarini mos ravishda barqarorlashtiradi va kamaytiradi. Qonning reologik xossalarini yaxshilash fibrinolitik tizimning faollashuvi hisobiga amalga oshiriladi. Miokard metabolizmi jarayonlarini yaxshilash, uning qisqaruvchanlik qobiliyatini oshirish, yurak ritmini normallashtirishga ko'maklashish tiotriazolinni yurak ishemik kasalligining turli shakllariga ega bemorlarni davolash uchun tavsiya etishga imkon beradi. Preparat kardiologiyada qo'llanilishi bilan bir qatorda, Tiotriazolin jigar va boshqa ichki organlar kasalliklarini davolashda ham qo'llaniladi, uning yuqori gepatoprotektor xossalarini hisobga olgan holda. Preparat gepatotsitlarning yemirilishini oldini oladi, yog'li infiltratsiya darajasini va jigar markaziy lobulyar nekrozlarining tarqalishini kamaytiradi, gepatotsitlarning reparativ regeneratsiya jarayonlariga yordam beradi, ularda oqsil, uglevod, lipid va pigment almashinuvini normallashtiradi. Safro sintezi va ajralish tezligini oshiradi, uning kimyoviy tarkibini normallashtiradi.
Farmakokinetika
Tiotriazolinning maksimal konsentratsiyasi qon plazmasida mushak ichiga yuborilganda – 0,84 soatda, tomir ichiga yuborilganda – 0,1 soatda erishiladi. Qon oqsillari bilan bog'lanishi 10% dan oshmaydi. Tiotriazolin asosan buyraklarda to'planadi – 31%. U katta miqdorda yo'g'on ichak, yurak, taloqda to'planadi, eng kam miqdorda – ingichka ichak va o'pkada (1-2%).
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tiotriazolin, kardiyoprotektor preparat sifatida, yurak ishemik kasalligini davolashning asosiy vositalari bilan birga qo'llanilishi mumkin. Gepatoprotektor vosita sifatida esa, mos etiologiyali gepatitlarni an'anaviy davolash usullari bilan birga buyurilishi mumkin.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash tajribasi yetarli emas. Bolalar. Bolalarda qo‘llash tajribasi yetarli emas. Avtomobil va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa murakkab mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas, bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash lozim.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilganda siydikda natriy va kaliy konsentratsiyasi oshadi. Bunday hollarda preparatni bekor qilish kerak. Davolash simptomatik.