Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Teraflex Hondrocream Forte kremi 30 g
Teraflex Hondrocream Forte kremi 30 g
Ishlab chiqaruvchi: Stada
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    12 yoshdan

Mavjud
55 485 so'm 68 500 so'm
ico
1
ico
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari teraflex hondrocream forte kremi 30 g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Ta’sir qiluvchi moddalari: xondroitin sulfat natriy – 50 mg, meloksikam – 10 mg. Yordamchi moddalari: dimetilsulfoksid – 100 mg, propilenglikol – 100 mg, makrogol tsetostearat – 12 mg, tsetostearil spirti [tsetil spirti 60 % dan ko‘p emas, stearil spirti 40 % dan kam emas] – 42 mg, suyuq parafin – 100 mg, vazelin – 80 mg, imidomochevina – 3 mg, natriy disulfit – 0,5 mg, suv − 1,00 g gacha.
  • Qo'llanilishi
    Preparat tayanch-harakat apparatining degenerativ-distrofik kasalliklari: osteoartroz, umurtqa osteoxondrozi; og‘riq sindromi bilan kechuvchi boshqa bo‘g‘im kasalliklarida kompleks terapiya tarkibida qo‘llash tavsiya etiladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat tarkibiy qismlariga (shuningdek, boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga) yuqori sezuvchanlik, surtilishi mo‘ljallangan joylarda teri butunligining buzilishi, bolalar yoshi (12 yoshgacha).
  • Qo'llash usuli
    Tashqi. 1 dan 5 sm gacha krem chizig‘ini yengil surib, kuniga 2-3 marta qo‘llanadi. Kerakli preparat miqdori og‘riqli sohaning kattaligiga bog‘liq. Preparat surtilgandan so‘ng qo‘llarni yaxshilab yuvish kerak. Davolash davomiyligi ko‘rsatmalar va kuzatilayotgan ta’sirga bog‘liq. Preparatni 2 hafta qo‘llagandan so‘ng shifokor bilan maslahatlashish lozim.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Terining allergik reaksiyalari (qichishish, qizarish, teri toshmasi) mumkin. Har qanday nojo‘ya ta’sirlar paydo bo‘lsa, kremni qo‘llashni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Terafleks® Xondrokrem Forte preparati kombinatsiyalangan ta’sirga ega: osteoartroz va osteoxondroz rivojlanishini sekinlashtiradi, og‘riqni kamaytiradi, bo‘g‘imlar harakat hajmini oshiradi (krem surtilgan sohada), yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, bo‘g‘imlarning shishishini kamaytiradi. Krem tarkibiy qismlarining optimal uyg‘unligi tufayli ularning og‘riqni kamaytiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’siri o‘zaro kuchayadi. Xondroitin sulfat – yuqori molekulyar mukopolisaxarid bo‘lib, tog‘ay to‘qimasining tabiiy komponentidir. Xondroitin sulfat tog‘ay to‘qimasida fosfor-kalsiy almashinuvini yaxshilaydi, tog‘ay to‘qimasiga zarar yetkazuvchi fermentlarni ingibitsiya qiladi, tog‘ay to‘qimasining degeneratsiya (parchalanish) jarayonlarini sekinlashtiradi, glikozaminoglikanlar sintezini rag‘batlantiradi, bo‘g‘imlarning tog‘ay yuzalarini regeneratsiya (tiklanish) jarayoniga yordam beradi, ularning reparatsiya jarayonlarini tezlashtiradi, biriktiruvchi to‘qimaning kollapsiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa zararlangan bo‘g‘imlarda og‘riqning kamayishi va harakatchanlikning oshishiga olib keladi. Meloksikam – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi va analgetik ta’sirga ega. Meloksikam selektiv ravishda siklooksigenaza-2 ni ingibitsiya qiladi, araxidon kislotasi almashinuvini buzadi, yallig‘lanish o‘chog‘ida prostaglandinlar (og‘riq va yallig‘lanish mediatorlari) miqdorini kamaytiradi. Meloksikam xondroneytral preparat bo‘lib, tog‘ay to‘qimasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi, bo‘g‘im tog‘ayining xondrositlari tomonidan proteoglikan sinteziga ta’sir qilmaydi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Buyrak va jigar funksiyasi buzilganda, oshqozon-ichak trakti og‘ir patologiyasida (yarali kasallikning zo‘rayish bosqichida), qon tizimining og‘ir patologiyasida, keksalikda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
    Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri yoki nomutanosiblik holatlari tavsiflanmagan.
  • Dozani oshirib yuborilishi
    Preparatning tashqi qo‘llanilishida faol komponentlarning tizimli so‘rilishi nihoyatda past bo‘lgani sababli, dozani oshirib yuborish deyarli mumkin emas.
Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Shohjahon
    ico ico ico ico ico
    Крем хорошо питает и увлажняет кожу, действительно увеличивает гибкость суставов.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный крем! Помогает с суставами, быстрая доставка.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico