Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Malina ta'mi bilan Thaicold No 10
Malina ta'mi bilan Thaicold No 10
Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd, OOO
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    15 yoshdan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari malina ta'mi bilan thaicold no 10
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    Bir paket preparat quyidagi faol moddalarni o'z ichiga oladi:
    paratsetamol. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 500 mg
    xlorfeniramin maleyati . . . . . . . . . . . . .2 mg
    askorbin kislotasi (vitamin C) . . . .30 mg.
    qo'shimcha moddalar limon kislotasi anhidrid, shakar, natriy sitrat, aspartam, bo'yoq «Food red 7», malina hidlantiruvchi.
  • Qo'llanilishi
    Gripp, infeksion-yallig‘lanish va shamollash kasalliklarida simptomatik davolash, ular isitma, bosh og‘rig‘i, o‘tkir rinit, burun bitishi, aksirish, mushaklardagi og‘riqlar bilan kechadi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; ovqat hazm qilish yo‘llarining eroziyali-yarali shikastlanishlari (kuchayish bosqichida); buyrak yetishmovchiligi; portal gipertenziya, alkogolizm; glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi; bolalar yoshi (15 yoshgacha); homiladorlik va laktatsiya davri.
  • Qo'llash usuli
    Bitta paket ichidagisini stakanga to'kib, uni issiq suv bilan to'ldiring, to'liq eriguncha aralashtiring. Kattalar: har 4-6 soatda 1 ta paketdan qabul qilish, lekin 24 soat davomida 4 tadan ko'p emas. Preparatni qabul qilish davomiyligi 5 kundan oshmasligi kerak. Sovuq tegish kasalliklarini davolashda preparatni birinchi simptomlar paydo bo'lishi bilan imkon qadar erta qabul qilish ma'qul.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    «Taikold limon aromati bilan» jiddiy nojo'ya ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi. Ba'zi hollarda og'izda quruqlik, qayt qilish, bosh aylanishi mumkin. Allergik reaksiyalar (teri toshmasi, qichish, urtikariya, angionevrotik shish), epigastriyadagi og'riq; anemiya, trombotsitopeniya; akkomodatsiya parazisi, siydikni ushlab qolish, uyquchanlik. Uzoq muddat davomida katta dozalarda qo'llanilganda - gepatotoksik ta'sir, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoqlobinemiya, pancitopeniya; oshqozon-ichak traktining eroziya-yarali zararlanishi, oshqozon-ichak traktidan qon ketishi; nefrotoksiklik (papillyar nekroz).
  • Farmakologik xususiyatlari
    Birlashtirilgan preparat bo'lib, uning ta'siri tarkibidagi komponentlarning xususiyatlari bilan bog'liq.
    Paratsetamol aniq analjezik, isitma tushiruvchi va zaif yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Ta'sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini bostirish bilan bog'liq, asosan gipotalamusda termoregulyatsiya markazida.
    Xlorfeniramin maleyati – histamin H1 retseptorlarini bloklovchi, allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi, yuqori nafas yo'llarining shilliq qavatidagi tomirlarning o'tkazuvchanligini kamaytiradi, ko'z va burunlardagi yoshni, qichishishni yo'qotadi.
    Askorbin kislotasi (vitamin C) gripp va boshqa O'RVI paytida vitamin C ga bo'lgan oshirilgan ehtiyojni qondiradi, organizmning infeksiyalarga qarshi chidamliligini oshiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
     Agar preparat bilan davolanish fonida gipetermiya 3 kundan ortiq, og‘riq sindromi esa 5 kundan ortiq davom etsa, shifokor maslahati zarur.
    Preparatni qabul qilish plazmadagi glyukoza va siydik kislotasini miqdoriy aniqlashda laboratoriya tadqiqotlari ko‘rsatkichlarini buzadi.
    Davolanish vaqtida periferik qon manzarasi va jigar funksional holatini nazorat qilish zarur.
    Davolanish davrida etanol iste’mol qilishdan (gepatotoksik ta’sir rivojlanishi mumkin), avtomobil boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan voz kechish kerak.
    Preparatni tug‘ma gipyerbilirubinemiyalar (Jilber, Dubin-Jonson va Rotor sindromlari), yopiq burchakli glaukoma, prostata bezining gipyerplaziyasi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilish kerak.
    “Taikold malina ta’mi bilan” preparatini qo‘llashda spirtli ichimliklar, uyqu dorilari, trankvilizatorlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi.

    Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
    Preparatning faol komponentlari sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi, shuning uchun tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda avtomobil boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga cheklovlar yo‘q.

    Homiladorlik va laktatsiya
    Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Timur
    ico ico ico ico ico
    Тайколд №10 порошок с ароматом малины - лучшее, что я когда-либо пробовал! Рекомендую всем.
    05 August 2024
    0
    0
  • Dilnoza
    ico ico ico ico ico
    Отличный порошок! Очень приятный аромат малины. Быстрая доставка от Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico