Extiyotkorlik bilan
Taqiqlangan
Taqiqlangan
Extiyotkorlik bilan
18 yoshdan
100 ml eritma tarkibida:
faol modda: levofloksatsin gemigidrat - 500 mg;
yordamchi modda: natriy xlorid - 900 mg, in'ektsiya uchun suv 100 ml gachaLevofloksasinga sezgir bo‘lgan bakterial infeksiyalar, kattalarda:
– kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
– asoratli siydik yo‘llari infeksiyalari (shu jumladan, pielonefrit);
– surunkali bakterial prostatit;
– teri va yumshoq to‘qimalar infeksiyalari;
– dori vositalariga chidamli silning kompleks davolashida;
– havo-tomchi yo‘li orqali yuqtirilganda sibir yara kasalligini oldini olish va davolash.
Tavamed preparatini qo‘llashda rasmiy milliy tavsiyalar va antibakterial preparatlarni to‘g‘ri qo‘llash, shuningdek, muayyan mamlakatda patogen mikroorganizmlarning sezgirligini hisobga olish lozim (qarang «Maxsus ko‘rsatmalar» bo‘limi).– Levofloksasinga yoki boshqa xinolonlarga, shuningdek, Tavamed preparatining har qanday yordamchi moddasiga nisbatan gipersensitivlik.
– Epilepsiya.
– Ftorxinolonlarni qo‘llash natijasida paylarda shikastlanishlar anamnezda.
– Psevdoparalitk myasteniya (myasthenia gravis) (qarang bo‘limlar ≪Nojo‘ya ta’sirlar≫, ≪Maxsus ko‘rsatmalar≫).
– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar yoshi (skelet o‘sishining tugallanmaganligi sababli, o‘sish nuqtalarining shikastlanish xavfi to‘liq istisno qilinmaydi).
– Homiladorlik (homilada o‘sish nuqtalarining shikastlanish xavfi to‘liq istisno qilinmaydi).
– Emizish davri (bolada suyaklarning o‘sish nuqtalarining shikastlanish xavfi to‘liq istisno qilinmaydi).
Ehtiyotkorlik bilan
– Tutqanoq rivojlanishiga moyil bo‘lgan bemorlarda [markaziy asab tizimi (MAT)ning oldingi shikastlanishlari bo‘lgan bemorlarda, bir vaqtda miya tutqanoq tayyorgarligi chegarasini pasaytiruvchi preparatlarni, masalan, fenbufen, teofillin qabul qilayotgan bemorlarda] (qarang bo‘lim ≪Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri≫).
– Yashirin yoki namoyon bo‘lgan glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (xinolonlar bilan davolashda gemolitik reaksiyalar xavfi oshadi).
– Buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda (buyrak funksiyasini majburiy nazorat qilish va dozalash tartibini tuzatish talab qilinadi, qarang bo‘lim ≪Qo‘llash usuli va dozalari≫).
– QT intervalining uzayish xavf omillari ma’lum bo‘lgan bemorlarda: keksa yoshdagi bemorlarda; ayol bemorlarda; tuzatilmagan elektrolit buzilishlari (gipokaliemiya, gipomagniemiya) bo‘lganlarda; tug‘ma QT intervalining uzayish sindromi; yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); bir vaqtda QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalarini qabul qilganda (IА va III sinf antiaritmiklar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) (qarang bo‘limlar ≪Dozani oshirib yuborish≫, ≪Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri≫, ≪Maxsus ko‘rsatmalar≫).
– Qandli diabeti bo‘lgan, peroral gipoglikemik preparatlar, masalan, glibenklamid yoki insulin preparatlari bilan davolanayotgan bemorlarda (gipoglikemiya rivojlanish xavfi oshadi).
– Qandli diabeti bo‘lgan, peroral gipoglikemik preparatlar, masalan, glibenklamid yoki insulin preparatlari bilan davolanayotgan bemorlarda (gipoglikemiya rivojlanish xavfi oshadi).
– Boshqa ftorxinolonlarga og‘ir nojo‘ya reaksiyalar bo‘lgan bemorlarda, masalan,
og‘ir nevrologik reaksiyalar (levofloksasin qo‘llanganda shunga o‘xshash nojo‘ya reaksiyalar rivojlanish xavfi oshadi).
– Psixozlari bo‘lgan yoki anamnezida ruhiy kasalliklar bo‘lgan bemorlarda (qarang bo‘lim ≪Maxsus ko‘rsatmalar≫).Dozalash rejimi infeksiya xarakteri va og'irligiga, shuningdek, taxmin qilinayotgan qo'zg'atuvchining sezuvchanligiga qarab belgilanadi.
Davolash davomiyligi kasallik kechishiga qarab o'zgaradi. Boshqa antibiotiklar qo'llanilgandek, TavanikR preparati bilan davolashni qo'zg'atuvchini ishonchli eradikatsiya qilganidan keyin kamida 48–78 soat davom ettirish tavsiya etiladi.
Tavamed preparati bilan davolashni shifokor ko'rsatmasisiz to'xtatish yoki muddatidan oldin bekor qilish mumkin emas.
Bemor holatiga qarab, bir necha kunlik davolashdan so'ng, infuzion vena ichiga yuborishdan xuddi shu dozadagi tabletkalarni qabul qilishga o'tish mumkin (chunki Tavamed preparati tabletkalarini qabul qilganda levofloksasin biofoydalanishi 99-100 % ni tashkil etadi) (qarang bo'lim ≪Farmakokinetika≫).
Agar preparatni yuborish tasodifan o'tkazib yuborilgan bo'lsa, imkon qadar tezroq o'tkazib yuborilgan doza yuborilishi va keyin Tavamedni tavsiya etilgan dozalash rejimiga muvofiq yuborishni davom ettirish kerak.
Buyrak funktsiyasi normal bo'lgan bemorlarda (KK ≥ 50 ml/min) tavsiya etilgan dozalash rejimi va davolash davomiyligi:
– Statsionardan tashqari pnevmoniya: 500 mg levofloksasin kuniga 1–2 marta (mos ravishda sutkalik doza 500–1000 mg levofloksasin) -
7-14 kun.
– Murakkab siydik yo'llari infeksiyalari: 500 mg levofloksasin kuniga 1 marta
(mos ravishda sutkalik doza 500 mg levofloksasin) - 7-14 kun.
– Piyelonefrit: 500 mg levofloksasin kuniga 1 marta (mos ravishda sutkalik doza 500 mg levofloksasin) - 7-10 kun.
– Murakkablanmagan siydik yo'llari infeksiyalari:
250 mg levofloksasin kuniga 1 marta (mos ravishda sutkalik doza 250 mg levofloksasin) - 3 kun.
– Surunkali bakterial prostatit: 500 mg levofloksasin kuniga 1 marta (mos ravishda sutkalik doza 500 mg levofloksasin) - 28 kun;
– Terining va yumshoq to'qimalarning infeksiyalari: 500 mg levofloksasin kuniga 1-2 marta
(mos ravishda sutkalik doza 500-1000 mg levofloksasin) - 7-14 kun.
– Dori vositalariga chidamli silning kompleks davolashida: 500 mg levofloksasin kuniga 1-2 marta (mos ravishda sutkalik doza 500–1000 mg levofloksasin) - 3 oygacha.
– Havo-tomchi yo'li orqali yuqtirilgan cho'chqa kuydirgi profilaktikasi va davolash: 500 mg levofloksasin kuniga 1 marta (mos ravishda sutkalik doza 500 mg levofloksasin) - 8 haftagacha.
Buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarda dozalash rejimi (KK ≤50 ml/min)
Levofloksasin asosan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak funktsiyasi buzilgan bemorlarni davolashda preparat dozasini kamaytirish talab etiladi (quyidagi jadvalga qarang).
Dozalash rejimi
Kreatinin klirensi (KK) | Tavamed preparatini dozalash rejimi | ||
KK da tavsiya etilgan doza ˃50 ml/min: 250 mg/24 soat | KK da tavsiya etilgan doza ˃50 ml/min: 500 mg/24 soat | KK da tavsiya etilgan doza ˃50 ml/min: 500 mg/12 soat | |
50–20 ml/min. | birinchi doza: 250 mg, so'ngra 125 mg/24 soat | birinchi doza: 500 mg, so'ngra 250 mg/24 soat | birinchi doza: 500 mg, so'ngra 250 mg/12 soat |
19–10 ml/min. | birinchi doza: 250 mg, so'ngra 125 mg/48 soat | birinchi doza: 500 mg, so'ngra 125 mg/24 soat | birinchi doza: 500 mg, so'ngra 125 mg/12 soat |
< 10 ml/min. (shu jumladan gemodializ va PAPD1 | birinchi doza: 250 mg, so'ngra 125 mg/48 soat. | birinchi doza: 500 mg, so'ngra 125 mg/24 soat | birinchi doza: 500 mg, so'ngra 125 mg/24 soat |
1 = gemodializ yoki doimiy ambulator peritoneal dializ (PAPD) dan so'ng qo'shimcha doza kiritish talab etilmaydi.
Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarda dozalash rejimi
Jigar funktsiyasi buzilganda dozalash rejimini tuzatish talab etilmaydi, chunki
levofloksasin jigarda faqat oz miqdorda metabolizatsiyalanadi.
Keksalar uchun dozalash rejimi
Keksalar uchun dozalash rejimini tuzatish talab etilmaydi, faqat KK 50 ml/min va undan past bo'lgan holatlar bundan mustasno.
Qo'llash usuli
Tavamed infuzion eritmasi kuniga bir yoki ikki marta yuboriladi. Tavamed 500 mg infuzion eritmasi SEKIN vena ichiga tomchilab yuboriladi. Tavamed 500 mg (100 ml 500 mg levofloksasin bilan) eritmasining 1 flakonini infuziya qilish davomiyligi kamida 60 daqiqa bo'lishi kerak, yarim flakon (50 ml 250 mg levofloksasin bilan) yuborilganda infuziya davomiyligi kamida 30 daqiqa bo'lishi kerak (qarang bo'lim ≪Maxsus ko'rsatmalar≫).
Tavamed, infuzion eritma, 500 mg quyidagi infuzion eritmalar bilan mos keladi: 0,9 % natriy xlorid eritmasi, 5 % dekstroza eritmasi, 2,5 % Ringer eritmasi dekstroza bilan, parenteral oziqlantirish uchun kombinatsiyalangan eritmalar (aminokislotalar, uglevodlar, elektrolitlar).
Tavamed 500 mg eritmasini geparin yoki ishqoriy reaksiya ko'rsatadigan eritmalar (masalan, natriy bikarbonat eritmasi) bilan aralashtirib bo'lmaydi.
Karton qutidan flakon chiqarilgandan so'ng infuzion eritma xona yorug'ligida yorug'likdan himoyalanmasdan 3 kundan ortiq saqlanishi mumkin emas.Quyida keltirilgan nojo‘ya ta’sirlar ularning uchrash tezligiga ko‘ra quyidagi toifalarda keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100, <1/10); kamdan-kam (≥1/1000, <1/100); kam (≥1/10000, <1/1000); juda kam (<1/10000) (yakka xabarlarni o‘z ichiga oladi); noma’lum tezlikda (mavjud ma’lumotlarga ko‘ra uchrash tezligini aniqlash imkoni yo‘q).
Klinik tadqiqotlarda va preparatni postmarketing qo‘llashda olingan ma’lumotlar
Yurak tomonidan buzilishlar
Kam: sinus taxikardiyasi, yurak urishini sezish.
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar): QT intervalining uzayishi, qorinchalar ritmi buzilishi, qorinchalar taxikardiyasi, «piruet» tipidagi qorinchalar taxikardiyasi, bu yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin (qarang bo‘limlar «Dozalashdan oshirib yuborish», «Maxsus ko‘rsatmalar»).
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam: leyopeniya (periferik qonda leyotsitlar sonining kamayishi), eozinofiliya (periferik qonda eozinofillar sonining ko‘payishi).
Kam: neytropeniya (periferik qonda neyrofillar sonining kamayishi),
trombotsitopeniya (periferik qonda trombotsitlar sonining kamayishi).
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar):
panstsitopeniya (periferik qonda barcha shaklli elementlar sonining kamayishi),
agranulotsitoz (periferik qonda granulositlar yo‘qligi yoki keskin kamayishi), gemolitik anemiya.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Kamdan-kam: uyquchanlik, tremor, disgevziya (ta’m sezishning buzilishi).
Kam: paresteziya, tutqanoq (qarang bo‘lim «Maxsus ko‘rsatmalar»).
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar): periferik sensor neyropatiya,
periferik sensor-motor neyropatiya (qarang bo‘lim «Maxsus ko‘rsatmalar»), diskineziya, ekstrapiramidal buzilishlar, ta’m sezishning yo‘qolishi, parosmiya (xushbo‘y hidni sezishning buzilishi, ayniqsa sub’ektiv hid sezilishi, obyektiv yo‘qligiga qaramay), hid bilishning yo‘qolishini o‘z ichiga oladi, hushdan ketish, benign intrakranial gipertenziya.
Ko‘rish organi tomonidan buzilishlar
Juda kam: ko‘rish buzilishlari, masalan, ko‘rish tasvirining xiralashuvi.
Noma’lum tezlikda: o‘tkinchi ko‘rish yo‘qolishi.
Eshitish organi va labirint tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam: vertigo (o‘z tanasi yoki atrofdagi narsalarning aylanishi hissi).
Kam: quloqda shovqin.
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar):
eshitishning pasayishi, eshitishning yo‘qolishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasining buzilishlari
Kamdan-kam: nafas qisishi.
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar): bronxospazm, allergik pnevmonit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: diareya, qusish, ko‘ngil aynishi.
Kamdan-kam: qorin og‘rig‘i, dispepsiya, meteorizm, qabziyat.
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar):
gemorragik diareya, bu juda kam hollarda enterokolit, shu jumladan soxta membranoz kolit (qarang bo‘lim «Maxsus ko‘rsatmalar») belgisi bo‘lishi mumkin; pankreatit.
Buyrak va siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam: qonda kreatinin miqdorining oshishi.
Kam: o‘tkir buyrak yetishmovchiligi (masalan, interstitsial nefrid rivojlanishi natijasida).
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam: toshma, qichishish, eshakemi, gipergidroz.
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar):
toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi, ekssudativ ko‘p shaklli eritema, fotosensibilizatsiya reaksiyalari (quyosh va ultrabinafsha nurlanishga yuqori sezuvchanlik) (qarang bo‘lim «Maxsus ko‘rsatmalar»), leytsitoklastik vaskulit, stomatit.
Teri va shilliq qavatlar tomonidan reaksiyalar ba’zan preparatning birinchi dozasini yuborgandan keyin ham rivojlanishi mumkin.
Skelet-mushak tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam: artralgiya, mialgiya
Kam: paylarning zararlanishi, shu jumladan tendinit (masalan, Axilles payi), mushak zaifligi, bu psevdoparalitik miasteniya (myasthenia gravis) bo‘lgan bemorlarda ayniqsa xavfli bo‘lishi mumkin (qarang bo‘lim «Maxsus ko‘rsatmalar»).
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar): rabdomioliz, payning uzilishi (masalan, Axilles payi. Bu nojo‘ya ta’sir davolash boshlanganidan 48 soat ichida kuzatilishi va ikki tomonlama bo‘lishi mumkin (qarang, shuningdek, bo‘lim «Maxsus ko‘rsatmalar»)), bog‘lamlarning uzilishi, mushaklarning uzilishi, artrit.
Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Kamdan-kam: anoreksiya.
Kam: gipoglikemiya, ayniqsa qandli diabetli bemorlarda (gipoglikemiya mumkin bo‘lgan belgilar: «bo‘ri» ishtahasi, asabiylik, terlash, titroq).
Noma’lum tezlikda: giperglikemiya, gipoglikemik koma (qarang bo‘lim «Maxsus ko‘rsatmalar»).
Infeksion va parazitar kasalliklar
Kamdan-kam: zamburug‘li infeksiyalar, patogen mikroorganizmlarning rezistentligi rivojlanishi.
Tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez: flebit.
Kam: arterial bosimning pasayishi.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez: yuborish joyida reaksiya (og‘riqlilik, teri giperemiyasi).
Kamdan-kam: asteniya.
Kam: pireksiya (tana haroratining ko‘tarilishi).
Noma’lum tezlikda: og‘riq (shu jumladan orqa, ko‘krak, oyoq-qo‘llarda og‘riq).
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam: angionevrotik shish.
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar): anafilaktik shok, anafilaktoid shok.
Anafilaktik va anafilaktoid reaksiyalar ba’zan preparatning birinchi dozasini yuborgandan keyin ham rivojlanishi mumkin
preparat.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez: qonda «jigar» fermentlari faolligining oshishi (masalan, alaninaminotransferaza (AlAT), aspartataminotransferaza (AsAT)), ishqoriy fosfataza (ShF) va gamma-glutamiltransferaza (GGT) faolligining oshishi.
Kamdan-kam: qonda bilirubin miqdorining oshishi.
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar):
og‘ir jigar yetishmovchiligi, shu jumladan o‘tkir jigar yetishmovchiligi rivojlanishi holatlari, ba’zan o‘lim bilan yakunlanadi, ayniqsa og‘ir asosiy kasalligi bo‘lgan bemorlarda (masalan, sepsisli bemorlarda); gepatit, sariqlik.
Psixika tomonidan buzilishlar
Tez-tez: uyqusizlik.
Kamdan-kam: bezovtalik hissi, xavotir, ongning chalkashishi.
Kam: psixik buzilishlar (masalan, gallyutsinatsiyalar, paranoya), depressiya, ajitatsiya
(qo‘zg‘alish), uyqu buzilishlari, tungi dahshatli tushlar.
Noma’lum tezlikda (postmarketing ma’lumotlar):
o‘ziga zarar yetkazish bilan kechuvchi psixik buzilishlar, shu jumladan o‘z joniga qasd qilish fikrlari va o‘z joniga qasd qilishga urinishlar.
Barcha ftorxinolonlarga xos bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa nojo‘ya ta’sirlar
Juda kam: porfiriya (modda almashinuvi juda kam uchraydigan kasalligi) xurujlari porfiriyali bemorlardaTavamed – keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan ftorxinolonlar guruhiga mansub sintetik antibakterial preparat bo‘lib, faol modda sifatida ofloksatsin saqlaydi. Levofloksatsin DNK-girazani va topoizomeraza IV ni bloklaydi, DNK ning superspiralizatsiyasi va uzilishlarining tiklanishini buzadi, DNK sintezini ingibitsiya qiladi, mikroblar hujayralarining sitoplazmasi, hujayra devori va membranalarida chuqur morfologik o‘zgarishlarni chaqiradi.
Levofloksatsin ko‘pchilik mikroorganizmlar shtammlariga nisbatan, ham in vitro, ham in vivo sharoitida faol.
In vitro
Sezgir mikroorganizmlar (MPK ≤2 mg/l; ingibitsiya zonasi ≥17 mm)
– Aerob gram-musbat mikroorganizmlar:
Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Corynebacterium jeikeium, Enterococcus faecalis, Enterococcus spp., Listeria monocytogenes, Staphylococcus koaguloza-manfiy meti-S(I) [koaguloza-manfiy, metitsillin sezgir/-o‘rtacha sezgir)], Staphylococcus aureus meti-S (metitsillin sezgir), Staphylococcus epidermidis meti-S (metitsillin sezgir), Staphylococcus spp. CNS (koaguloza-manfiy), Streptococci C va G guruhi, Streptococcus agalactiae, Streptococcus pneumoniae peni I/S/R (penitsillin o‘rtacha sezgir/-sezgir/-rezistent), Streptococcus pyogenes, Viridans streptococci peni-S/R (penitsillin sezgir/-rezistent).
– Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar:
Acinetobacter baumannii, Acinetobacter spp., Actinobacillus actinomycetemcomitans, Citrobacter freundii, Eikenella corrodens, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Enterobacter spp., Escherichia coli, Gardnerella vaginalis, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae ampi-S/R (ampitsillin sezgir/-rezistent), Haemophilus parainfluenzae, Helicobacter pylori, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Klebsiella spp., Moraxella catarrhalis β+/β- (beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan), Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae non PPNG/PPNG (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan), Neisseria meningitidis, Pasteurella spp., Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Providencia rettgeri, Providencia stuartii, Providencia spp., Pseudomonas aeruginosa (Pseudomonas aeruginosa sababli kasalxonada infeksiyalar bo‘lsa, kombinatsiyalangan davolash talab qilinishi mumkin),
Pseudomonas spp., Salmonella spp., Serratia marcescens, Serratia spp.
– Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides fragilis, Bifidobacterium spp., Clostridium perfringens, Fusobacterium spp., Peptostreptococcus, Propionibacterium spp., Veillonella spp.
– Boshqa mikroorganizmlar: Bartonella spp., Chlamydia pneumoniae, Chlamydia psittaci, Chlamydia trachomatis, Legionella pneumophila, Legionella spp., Mycobacterium spp., Mycobacterium leprae, Mycobacterium tuberculosis, Mycoplasma hominis, Mycoplasma pneumoniae, Rickettsia spp., Ureaplasma urealyticum.
O‘rtacha sezgir mikroorganizmlar (MPK =4 mg/l; ingibitsiya zonasi 16-14 mm)
– Aerob gram-musbat mikroorganizmlar: Corynebacterium urealyticum, Corynebacterium xerosis, Enterococcus faecium, Staphylococcus epidermidis meti-R (metitsillin-rezistent), Staphylococcus haemolyticus meti-R (metitsillin-rezistent).
– Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar: Campylobacter jejuni/coli.
– Anaerob mikroorganizmlar: Prevotella spp., Porphyromonas spp.
Levofloksatsinga rezistent mikroorganizmlar (MPK ≥8 mg/l; ingibitsiya zonasi ≤13 mm)
– Aerob gram-musbat mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus meti-R (metitsillin-rezistent), Staphylococcus koaguloza-manfiy meti-R (koaguloza-manfiy metitsillin-rezistent).
– Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar: Alcaligenes xylosoxidans.
– Anaerob mikroorganizmlar: Bacteroides thetaiotaomicron.
– Boshqa mikroorganizmlar: Mycobacterium avium.
Rezistentlik
Levofloksatsinga rezistentlik II tip topoizomerazalarni kodlovchi genlarning bosqichma-bosqich mutatsiyalanishi natijasida rivojlanadi: DNK-giraza va topoizomeraza IV. Rezistentlikning boshqa mexanizmlari, masalan, mikroblar hujayrasining penetratsion to‘siqlari (Pseudomonas aeruginosa uchun xos mexanizm) va efflyuks mexanizmi (antimikrob vositani mikroblar hujayrasidan faol chiqarib yuborish), mikroorganizmlarning levofloksatsinga sezgirligini kamaytirishi mumkin.
Levofloksatsin ta’sir mexanizmining o‘ziga xosligi sababli, odatda levofloksatsin va boshqa antimikrob vositalar o‘rtasida o‘zaro rezistentlik kuzatilmaydi.
Klinik samaradorlik (quyida keltirilgan mikroorganizmlar sababli infeksiyalarni davolashda klinik tadqiqotlarda samaradorligi)
– Aerob gram-musbat mikroorganizmlar:
Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes.
– Aerob gram-manfiy mikroorganizmlar:
Citrobacter freundii, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Haemophilus
parainfluenzae, Klebsiella pneumoniae, Moraxella (Branhamella) catarrhalis, Morganella morganii, Proteus mirabilis, Pseudomonas aeruginosa, Serratia marcescens.
– Boshqalar: Chlamydia pneumoniae, Legionella pneumophila, Mycoplasma pneumoniaeGospital infeksiyalari, Pseudomonas aeruginosa (sinegnoin tayoqchasi) tomonidan chaqirilgan, kombinasiyalangan davolashni talab qilishi mumkin.
Mikroorganizmlarning ajratilgan shtammlarida orttirilgan rezistentlikning tarqalishi geografik hududga va vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin. Shu sababli, muayyan mamlakatda preparatga rezistentlik haqida ma'lumot zarur; og'ir infeksiyalarni davolashda yoki davolash samarasiz bo'lsa, mikrobiologik tashxis qo'yilishi, qo'zg'atuvchi ajratilishi va uning levofloksasinga sezuvchanligi aniqlanishi kerak.
Metitsillin-rezistent Staphylococcus aureus
Metitsillin-rezistent Staphylococcus aureus ftorxinolonlarga, shu jumladan levofloksasinga rezistent bo'lish ehtimoli yuqori. Shuning uchun, laboratoriya tahlillari ushbu mikroorganizmninng levofloksasinga sezuvchanligini tasdiqlamagan bo'lsa, levofloksasin metitsillin-rezistent Staphylococcus aureus tomonidan chaqirilgan yoki taxmin qilinayotgan infeksiyalarni davolash uchun tavsiya etilmaydi.
Infuziya davomiyligi
Tavsiya etilgan yuborish davomiyligiga qat'iy rioya qilish kerak, u 100 ml infuzion eritma uchun kamida 60 daqiqa yoki 50 ml eritma uchun 30 daqiqa bo'lishi kerak. Levofloksasin qo'llanilganda infuziya vaqtida yurak urishining kuchayishi va arterial bosimning o'tkinchi pasayishi kuzatilishi mumkin.
Kamdan-kam hollarda tomir kollapsi bo'lishi mumkin. Agar levofloksasin yuborish vaqtida arterial bosimning sezilarli pasayishi kuzatilsa, infuziya darhol to'xtatiladi.
Tutqanoq rivojlanishiga moyil bemorlar
Boshqa xinolonlar kabi, levofloksasin tutqanoq rivojlanishiga moyil bemorlarda juda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak. Bunday bemorlarga markaziy asab tizimi zararlanishi bo'lganlar, masalan, insult, og'ir bosh-miya jarohati; bir vaqtda tutqanoq tayyorgarlik chegarasini pasaytiruvchi preparatlarni, masalan, fenbufen va unga o'xshash boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar yoki tutqanoq tayyorgarlik chegarasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar, masalan, teofillin (qarang «Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri» bo'limi) qabul qilayotgan bemorlar kiradi.
Psevdomebranli kolit
Levofloksasin bilan davolash vaqtida yoki undan keyin rivojlangan diareya, ayniqsa og'ir, doimiy va/yoki qonli bo'lsa, Clostridium difficile tomonidan chaqirilgan psevdomebranli kolit belgisi bo'lishi mumkin.
Psevdomebranli kolit rivojlanishiga shubha tug'ilganda, levofloksasin bilan davolashni darhol to'xtatish va zudlik bilan maxsus antibiotikoterapiyani (vankomitsin, teikoplanin yoki metronidazol peroral) boshlash kerak.
Ichak peristaltikasini sekinlashtiruvchi preparatlar kontrendikatsiyalangan.
Tendinit
Xinolonlar, shu jumladan levofloksasin qo'llanilganda kamdan-kam hollarda kuzatiladigan tendinit, axill to'mtomi hamda boshqa paylarning yorilishiga olib kelishi mumkin.
Ushbu nojo'ya ta'sir davolash boshlanganidan keyin 48 soat ichida rivojlanishi va ikki tomonlama bo'lishi mumkin.
Keksalar tendinit rivojlanishiga ko'proq moyil. Pay yorilishi xavfi bir vaqtda glyukokortikosteroidlar qabul qilganda oshishi mumkin. Tendinitga shubha tug'ilganda, Tavamed preparati bilan davolashni darhol to'xtatish va zararlangan payga mos davolash, masalan, yetarli immobilizatsiyani ta'minlash kerak (qarang «Kontraindikatsiyalar» va «Nojo'ya ta'sirlar» bo'limlari).
Gipersensitivlik reaksiyalari
Levofloksasin jiddiy, potentsial o'limga olib keluvchi gipersenstitivlik reaksiyalarini (angionevrotik shish, anafilaktik shok) chaqirishi mumkin (qarang «Nojo'ya ta'sirlar» bo'limi). Bemorlar preparat yuborilishini darhol to'xtatishi va shifokorga murojaat qilishi kerak.
Og'ir bulyoz teri reaksiyalari
Levofloksasin qabul qilinganda og'ir bulyoz teri reaksiyalari, masalan, Stivens-Djonson sindromi yoki toksik epidermal nekroliz holatlari kuzatilgan (qarang «Nojo'ya ta'sirlar» bo'limi). Terida yoki shilliq qavatlarda har qanday reaksiyalar rivojlanishida bemor darhol shifokorga murojaat qilishi va maslahat olmaguncha davolashni davom ettirmasligi kerak.
Jigar va o't yo'llari tomonidan buzilishlar
Levofloksasin qo'llanilganda, asosan og'ir asosiy kasalliklari, masalan, sepsis bo'lgan bemorlarda jigar nekrozi, shu jumladan o'limga olib keluvchi jigar yetishmovchiligi holatlari haqida xabar berilgan (qarang «Nojo'ya ta'sirlar» bo'limi). Bemorlar jigar zararlanishi belgilaridan biri, masalan, anoreksiya, sariq kasallik, siydikning qorayishi, qichishish va qorin og'rig'i paydo bo'lsa, davolashni to'xtatish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida ogohlantirilishi kerak.
Buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar
Levofloksasin asosan buyraklar orqali chiqariladi, shuning uchun buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda buyrak funksiyasini nazorat qilish va dozalash tartibini tuzatish majburiydir (qarang «Qo'llash usuli va dozalari» bo'limi).
Keksalarni davolashda, ushbu guruh bemorlarida ko'pincha buyrak funksiyasi buzilishi kuzatilishini inobatga olish kerak (qarang «Qo'llash usuli va dozalari» bo'limi).
Fotosensibilizatsiya reaksiyalarini oldini olish
Levofloksasin qo'llanilganda fotosensibilizatsiya juda kamdan-kam rivojlansa-da, uni oldini olish uchun bemorlarga davolash vaqtida va levofloksasin bilan davolash tugaganidan keyin 48 soat davomida, zaruratsiz, kuchli quyosh yoki sun'iy ultrabinafsha nurlanishiga (masalan, solyariyga borish) duchor bo'lish tavsiya etilmaydi.
Superinfeksiya
Boshqa antibiotiklar kabi, levofloksasin, ayniqsa uzoq muddat qo'llanilganda, unga sezgir bo'lmagan mikroorganizmlar (bakteriyalar va zamburug'lar) ko'payishiga olib kelishi mumkin, bu esa odatda inson organizmida mavjud bo'lgan mikrofloraning o'zgarishiga sabab bo'ladi. Natijada superinfeksiya rivojlanishi mumkin. Shuning uchun davolash davomida bemor holatini qayta baholash va davolash vaqtida superinfeksiya rivojlangan taqdirda, tegishli choralar ko'rish zarur.
QT intervalining uzayishi
Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin qabul qilgan bemorlarda QT intervalining juda kam hollarda uzayishi haqida xabar berilgan.
Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin qo'llanilganda, QT intervalining uzayishi xavfi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak: keksalarda; tuzatilmagan elektrolit buzilishlari (gipokaliemiya, gipomagniemiya) bo'lganlarda; tug'ma QT intervalining uzayishi sindromi bo'lganlarda; yurak kasalliklari (yurak yetishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya) bo'lganlarda; QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari, masalan, IA va III sinf antiaritmiklar, trisiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar bilan bir vaqtda qabul qilganda.
Keksalar va ayollar QT intervalini uzaytiruvchi preparatlarga ko'proq sezgir bo'lishi mumkin. Shuning uchun, ularda ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak (qarang «Ehtiyotkorlik bilan», «Qo'llash usuli va dozalari», «Nojo'ya ta'sirlar», «Dozani oshirib yuborish» va «Boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri» bo'limlari).
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlar
Glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi yashirin yoki aniq bo'lgan bemorlarda xinolonlar bilan davolashda gemolitik reaksiyalarga moyillik mavjud, bu levofloksasin bilan davolashda inobatga olinishi kerak.
Gipoglikemiya va giperglikemiya (disglikemiya)
Boshqa xinolonlar kabi, levofloksasin qo'llanilganda, ayniqsa, bir vaqtda peroral gipoglikemik preparatlar (masalan, glibenklamid) yoki insulin preparatlari qabul qilayotgan qandli diabetli bemorlarda giperglikemiya va gipoglikemiya rivojlanish holatlari kuzatilgan.
Gipoglikemik koma rivojlanish holatlari haqida xabar berilgan. Qandli diabetli bemorlarda qon glyukozasi darajasini monitoring qilish zarur (qarang «Nojo'ya ta'sirlar» bo'limi).
Periferik neyropatiya
Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin qabul qilgan bemorlarda sezgi va sezgi-harakat periferik neyropatiyasi, boshlanishi tez bo'lishi mumkin. Agar bemorda neyropatiya simptomlari paydo bo'lsa, levofloksasin qo'llashni to'xtatish kerak. Bu qaytmas o'zgarishlar rivojlanishining mumkin bo'lgan xavfini minimallashtiradi.
Psevdoparalitik miasteniya (myasthenia gravis) kuchayishi
Ftorxinolonlar, shu jumladan levofloksasin, nerv-mushak o'tkazuvchanligini bloklovchi faollikka ega va psevdoparalitik miasteniya bo'lgan bemorlarda mushak zaifligini kuchaytirishi mumkin. Postmarketing davrida ftorxinolonlar qo'llanilganda, sun'iy nafas olishni talab qilgan o'pka yetishmovchiligi va o'lim bilan yakunlangan nojo'ya reaksiyalar kuzatilgan, ular psevdoparalitik miasteniya bo'lgan bemorlarda kuzatilgan. Psevdoparalitik miasteniya tashxisi qo'yilgan bemorlarda levofloksasin qo'llash tavsiya etilmaydi (qarang «Nojo'ya ta'sirlar» bo'limi).
Havo-tomchi yo'li orqali yuquvchi sibir yara kasalligini oldini olish va davolash
Levofloksasinni bu ko'rsatma bo'yicha insonda qo'llash Bacillus anthracis ga in vitro tadqiqotlar va hayvonlarda o'tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijasida olingan sezuvchanlik ma'lumotlari, shuningdek, insonda levofloksasin qo'llash bo'yicha cheklangan ma'lumotlarga asoslanadi.
Davolovchi shifokorlar sibir yara kasalligini davolash bo'yicha umumiy nuqtai nazarni aks ettiruvchi milliy va/yoki xalqaro hujjatlarga murojaat qilishlari kerak.
Psixotik reaksiyalar
Xinolonlar, shu jumladan levofloksasin qo'llanilganda, psixotik reaksiyalar rivojlanishi haqida xabar berilgan, ular kamdan-kam hollarda o'z joniga qasd qilish fikrlari va o'ziga zarar yetkazish bilan kechuvchi xatti-harakatlar rivojlanishigacha (ba'zan levofloksasinning bir martalik dozasi yuborilgandan keyin) borib yetgan. Bunday reaksiyalar rivojlanishida levofloksasin bilan davolashni to'xtatish va mos davolashni tayinlash kerak.
Preparat psixozli yoki anamnezida ruhiy kasalliklar bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak.
Ko'rish buzilishlari
Har qanday ko'rish buzilishlari rivojlanishida zudlik bilan oftalmologga murojaat qilish zarur (qarang «Nojo'ya ta'sirlar» bo'limi).
Laborator tahlillarga ta'siri
Levofloksasin qabul qilgan bemorlarda siydikda opiatlarni aniqlash soxta musbat natijalarga olib kelishi mumkin, ularni yanada aniqroq usullar bilan tasdiqlash kerak.
Levofloksasin Mycobacterium tuberculosis o'sishini inhibe qilishi va natijada silning bakteriologik tashxisida soxta manfiy natijalarga olib kelishi mumkin.O'zaro ta'sirlar, ehtiyotkorlik bilan qo'llashni talab qiluvchi holatlar
Teofillin, fenbufen yoki shunga o'xshash dori vositalari bilan
markaziy asab tizimining tutqanoq tayyorgarlik chegarasini pasaytiruvchi nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar guruhi
Levofloksasinning teofillin bilan farmakokinetik o'zaro ta'siri aniqlanmagan.
Biroq, xinolonlar va teofillin, nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar va markaziy asab tizimining tutqanoq tayyorgarlik chegarasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar birga qo'llanilganda, markaziy asab tizimining tutqanoq tayyorgarlik chegarasining sezilarli darajada pasayishi mumkin.
Fenbufen bilan birga qabul qilinganda levofloksasin kontsentratsiyasi faqat 13 % ga oshadi.
Bilvosita antikoagulyantlar (K vitamini antagonistlari) bilan
Levofloksasin va bilvosita antikoagulyantlarni (masalan, varfarin) birga qabul qilgan bemorlarda protrombin vaqti/xalqaro normallashtirilgan nisbatning oshishi va/yoki qon ketish, shu jumladan og'ir qon ketish holatlari kuzatilgan. Shuning uchun bilvosita antikoagulyantlar va levofloksasin birga qo'llanilganda qon ivish ko'rsatkichlarini muntazam nazorat qilish zarur.
Probenetsid va tsimetidin bilan
Buyrak naychalarida sekretsiyani buzuvchi dori vositalari, masalan, probenetsid va tsimetidin, va levofloksasin birga qo'llanilganda, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Levofloksasinning chiqarilishi (buyrak klirensi) tsimetidin ta'sirida 24 % ga va probenetsid ta'sirida 34 % ga sekinlashadi. Buyrak funksiyasi normal bo'lsa, bu klinik ahamiyatga ega bo'lishi ehtimoldan yiroq.
Siklosporin bilan
Levofloksasin siklosporinning yarim chiqarilish davrini 33 % ga oshiradi. Bu oshish klinik ahamiyatga ega emasligi sababli, levofloksasin bilan birga qo'llanilganda siklosporin dozasini o'zgartirish talab etilmaydi.
Glyukokortikosteroidlar bilan
Glyukokortikosteroidlarni birga qabul qilish paytida paylarning yorilishi xavfi oshadi.
QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalari bilan
Levofloksasin, boshqa ftorxinolonlar kabi, QT intervalini uzaytiruvchi dori vositalarini (masalan, IA va III sinf antiaritmiklar, tritsiklik antidepressantlar, makrolidlar, neyroleptiklar) qabul qilayotgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanilishi kerak.
Boshqalar
Levofloksasinning kalsiy karbonat, digoksin, glibenklamid, ranitidin va varfarin bilan mumkin bo'lgan farmakokinetik o'zaro ta'sirlarini o'rganish uchun o'tkazilgan kliniko-farmakologik tadqiqotlar natijasida, levofloksasinning ushbu preparatlar bilan birga qo'llanilganda farmakokinetikasi klinik ahamiyatga ega darajada o'zgarmasligi aniqlangan.
Quruq va yorug'likdan himoyalangan, bolalar uchun yaroqsiz joyda, 25°C gacha haroratda saqlansin.
Dozalashdan oshib ketish simptomlari
Hayvonlarda o'tkazilgan toksikologik tadqiqotlar ma'lumotlariga ko'ra, Tavamed preparatining o'tkir dozalashdan oshib ketishining eng muhim kutilayotgan simptomlari markaziy asab tizimi tomonidan simptomlar (ong buzilishi, shu jumladan ongning chalkashishi, bosh aylanishi va tutqanoq) hisoblanadi.
Preparatni postmarketing qo'llashda dozalashdan oshib ketishda markaziy asab tizimi tomonidan ta'sirlar, shu jumladan ongning chalkashishi, tutqanoq, gallyutsinatsiyalar va tremor kuzatilgan.
Ko'ngil aynishi va me'da-ichak shilliq qavati eroziyasi rivojlanishi mumkin.
Klinik-farmakologik tadqiqotlarda, terapevtik dozadan yuqori levofloksatsin dozalarida,
QT intervalining uzayishi ko'rsatilgan.
Dozalashdan oshib ketishni davolash
Dozalashdan oshib ketishda bemorni diqqat bilan kuzatish talab qilinadi, shu jumladan
EKG-monitoring. Davolash simptomatik. Levofloksatsin dializ (gemodializ, peritoneal dializ va doimiy ambulator peritoneal dializ) orqali chiqarilmaydi.
Maxsus antidot mavjud emasUshbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.