Maxsus ko'rsatmalar
Sufer ® faqat temir tanqisligi tashxisi mos laboratoriya tadqiqotlari natijalari (gemoglobin darajasi, qonniqor ferritin, transferin bilan to‘yinganlik darajasi) bilan tasdiqlangan bemorlarga qo‘llanilishi mumkin. Temirning parenteral shakllari allergik reaksiyalarga, shu jumladan jiddiy anafilaktik / anafilaktoid reaksiyalarga olib kelishi mumkin, ular o‘limga olib kelishi mumkin. Bunday reaksiyalar, hatto temir preparatlari parenteral yuborilishi oldindan asoratsiz o‘tgan hollarda ham kuzatilgan. Parenteral temir preparatlariga (masalan, temir dekstraniga) yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lgan bemorlarga Sufer ® preparatini faqat zaruriyat tug‘ilganda, barcha ehtiyot choralarini ko‘rgan holda qo‘llash kerak. Sufer ® preparati bilan davolashni shifokor faqat aniq ko‘rsatmalar aniqlangandan so‘ng buyurishi kerak. Preparatni faqat bemorning holatini baholay oladigan va anafilaktik reaksiya va reanimatsion tadbirlarni zudlik bilan o‘tkaza oladigan malakali xodimlar ishtirokida, yurak-o‘pka reanimatsiyasi uchun zarur jihozlangan xonada qo‘llash mumkin. Har bir qo‘llashdan oldin bemordan ilgari temir preparatlari tomir ichiga yuborilganda nojo‘ya reaksiyalar bo‘lgan-bo‘lmaganligi haqida so‘rab o‘rganish kerak. Tez rivojlanadigan yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining tipik simptomlari arterial bosimning pasayishi, taxikardiya (hatto anafilaktik shok), nafas olish simptomlari (shu jumladan bronxospazm, hiqildoq va halqum shishi), me’da-ichak simptomlari (shu jumladan spazmlar, qusish) yoki teri simptomlari (shu jumladan toshma, eritema, qichishish) hisoblanadi. Har bir bemor parenteral temir preparatlari yuborilgandan so‘ng kamida 30 daqiqa davomida yuqori sezuvchanlik reaksiyasi simptomlarini o‘z vaqtida aniqlash uchun kuzatuv ostida bo‘lishi kerak. Agar dori vositasini qo‘llash davomida allergik reaksiyalar yoki toqatsizlik belgilari paydo bo‘lsa, darhol to‘xtatish kerak. O‘tkir anafilaktik / anafilaktoid reaksiyalarni zudlik bilan davolash uchun birinchi navbatda adrenalin (masalan, 0,3 mg dozada) qo‘llash tavsiya etiladi, keyin esa antigistamin preparatlar va / yoki kortikosteroidlar (ular kechroq ta’sir ko‘rsatadi) qo‘llaniladi. Allergiyasi, shu jumladan dori vositasiga toqatsizligi, og‘ir bronxial astma, ekzema, polivalent allergiya, boshqa parenteral temir preparatlariga allergik reaksiyalar va boshqa atopiya shakllari, shuningdek immunologik va yallig‘lanish kasalliklari (masalan, tizimli qizil volchanka, revmatoid artrit) bo‘lgan bemorlarda yuqori sezuvchanlik reaksiyalari xavfi yuqori. Jigar faoliyati buzilgan bemorlarga parenteral temir preparatlarini foyda / xavf nisbatini sinchiklab baholagandan so‘ng qo‘llash kerak. Temir bilan to‘yinganlik provokatsion omil bo‘lsa, jigar faoliyati buzilgan bemorlarga parenteral temir yuborishdan saqlanish kerak. Ortiqcha to‘yinganlikning oldini olish uchun temir miqdorini diqqat bilan monitoring qilish tavsiya etiladi. Ferretin darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarda parenteral temir preparatlari bakterial yoki virusli infeksiya kechishini salbiy ta’sir qilishi mumkin. Parenteral temir preparatlarini o‘tkir yoki surunkali infeksiya holatida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Surunkali infeksiyali bemorlarda foyda / xavf nisbatini baholash kerak. Sufer ® preparatini bakteriemiyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llashni to‘xtatish tavsiya etiladi. Preparat yuborilishi vaqtida paravenoz oqib chiqishdan alohida ehtiyot bo‘lish kerak. Preparatning paravenoz oqib chiqishi og‘riq, yallig‘lanish, to‘qimalar nekrozi va ushbu joyda uzoq davom etuvchi jigarrang teri rangiga olib kelishi mumkin. Arterial bosimning pasayishi odatda temir preparatlari tomir ichiga yuborilganda kuzatiladi. Eritmani ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak. Sufer ® preparatini jigar yetishmovchiligi, dekompensatsiyalangan jigar sirrozi, epidemik gepatit, Randyu-Osler-Weber kasalligi, o‘tkir bosqichdagi buyrak infeksion kasalliklari, nazorat qilinmaydigan giperaparatireoz bo‘lgan bemorlarga qo‘llashda alohida ehtiyotkorlik zarur. Ampulani qo‘llashdan oldin cho‘kma va shikastlanish bor-yo‘qligini tekshirish kerak. Faqat cho‘kmasiz, jigarrang rangli suvli eritmani qo‘llash mumkin. Sufer ® ampula ochilgandan so‘ng darhol yuborilishi kerak. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash. Homiladorlik. Temir saxaroza kompleksi homilador ayollarda I trimestrda qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan. Temir preparatining parenteral shakli homilador ayollarda II va III trimestrda qo‘llanishi bo‘yicha ma’lumotlar (303 homiladorlik natijalari haqida xabar) ona va bola salomatligiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaganini ko‘rsatdi. Hozircha temir (III) gidroksid saxaroza kompleksi platsentadan o‘tadimi noma’lum. Transferin bilan bog‘langan temir platsentar to‘siqdan o‘tadi. Laktoferin bilan bog‘langan temir ona suti tarkibiga o‘tadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda temir darajasiga ta’siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Preparatni homiladorlikning I trimestrida qo‘llash mumkin emas.
Emizish davri
Saxaroza temiri yuborilgandan so‘ng temirning ona sutiga ajralishi bo‘yicha ma’lumotlar cheklangan. Klinik tadqiqot davomida temir tanqisligi bo‘lgan va emizayotgan 10 nafar sog‘lom ayolga 100 mg temir saxaroza kompleksi shaklida yuborilgan. To‘rt kunlik davolashdan so‘ng ona sutidagi temir miqdori oshmagan va nazorat guruhidagi (n = 5) ko‘rsatkichdan farq qilmagan. Ona suti orqali chaqaloqqa / go‘dakga o‘tadigan temir ta’sirini istisno qilib bo‘lmaydi, shuning uchun foyda / xavf nisbatini baholash kerak.
Boshqaruv transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Tegishli tadqiqotlar mavjud emas. Avtotransport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri ehtimoldan yiroq. Ammo preparatni qabul qilgandan so‘ng bosh aylanishi, ongning chalkashishi yoki uyquchanlik kabi nojo‘ya reaksiyalar rivojlangan taqdirda, simptomlar yo‘qolguncha avtotransport vositalarini boshqarmaslik yoki mexanizmlar bilan ishlamaslik kerak.