-
Tarkibi
ta'sir qiluvchi modda: etifoksin gidroxlorid;
1 kapsula tarkibida
etifoksin gidroxloridi 50 mg;
yordamchi moddalari: laktoza, monogidrat; talk; mikrokristallik tsellyuloza; kremniy dioksid kolloid suvdan holi; magniy stearat;
kapsula qobig'i: titana dioksid (E 171); indigotin (E 132); jelatin.
-
Qo'llanilishi
Tashvishning psixosomatik namoyonlari.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Dori vositasining tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik, shok holati, miasteniya, jigar va/yoki buyrak funksiyasining og‘ir buzilishlari.
Preparat og‘ir shakldagi gepatit yoki sitolitik sindromni boshdan kechirgan bemorlarga, shuningdek, etifoksin bilan oldingi davolash vaqtida DRESS-sindrom, Stivens–Jonson sindromi (SJS) va umumlashgan eksfoliativ dermatit kabi og‘ir teri reaksiyalari bo‘lgan bemorlarga qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik yoki emizish davri.
-
Qo'llash usuli
Dozani va davolash davomiyligini shifokor kasallik og‘irligiga qarab individual ravishda belgilaydi.
Kattalarga 3-4 kapsuladan kuniga 2-3 marta buyuriladi. Kapsulalar ovqatdan oldin, oz miqdorda suv bilan ichiladi.
Davolash kursi bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi.
Bolalar.
Preparat bolalarga yetarli klinik tadqiqotlar yo‘qligi sababli buyurilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ba'zan bosh aylanishi kuzatiladi, bu davolash boshida paydo bo'lishi mumkin va uzoq muddatli davolash davomida o'z-o'zidan yo'qoladi.
Nojo'ya reaksiyalarni organ tizimlari va tez-tezlik bo'yicha tasnifi: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha), juda kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam (<1/10000), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholab bo'lmaydi).
Har bir guruhda tez-tezlik bo'yicha nojo'ya hodisalar og'irlik darajasining kamayish tartibida ko'rsatilgan.
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda – davolash boshida yengil uyquchanlik, davolash davomida o'z-o'zidan yo'qoladi.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan: kam hollarda – teri toshmasi: makulopapulyar toshma, polimorf eritema, qichishish, yuzning shishishi; juda kam hollarda – allergik reaksiyalar: eshakemi, Kvinke shishi; og'ir teri reaksiyalari: DRESS-sindrom, Stivens – Jonson sindromi, generalizatsiyalashgan eksfoliativ dermatit; tez-tezligi noma'lum – anafilaktik shok, leykozitoklastik vaskulit.
Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda – eshakemi, Kvinke shishi, angiodermit; tez-tezligi noma'lum – anafilaktik shok, dori vositasiga reaksiyalar eozinofiliya va turli organ tizimlarining zararlanishi simptomlari bilan (MRESSO sindromi), Stivens – Jonson sindromi, leykozitoklastik vaskulit.
Gepatobiliar tizimi tomonidan: juda kam hollarda – jigar shikastlanishi: gepatit, tsitolitik gepatit.
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan: juda kam hollarda – og'iz orqali kontratseptiv qabul qilayotgan ayollarda hayzlararo qon ketishlar.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: juda kam hollarda – limfotsitar kolit.
Ehtimoliy nojo'ya reaksiyalar haqida xabar berish
Dori vositasi ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin aniqlangan ehtimoliy nojo'ya reaksiyalar haqida xabarlar muhim ahamiyatga ega. Bu preparatni qo'llashda xavf/foyda nisbatini doimiy nazorat qilish imkonini beradi. Tibbiyot xodimlaridan har qanday ehtimoliy nojo'ya hodisalar haqida milliy hisobot tizimi orqali xabar berish so'raladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Terapik dozalarda etifoksin gidroxlorid anksiolitik xususiyatlarga ega va neyrovegetativ regulyator ta’sir ko‘rsatadi.
In vitro va in vivo hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar etifoksinning anksiolitik ta’siri GAMKA-retseptoriga ikki tomonlama (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita) ta’sir mexanizmi orqali GAMK-ergik uzatishni kuchaytirish bilan bog‘liqligini aniqladi:
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir GAMKA-retseptoriga ijobiy allosterik modulyatsiya orqali, asosan β2 yoki β3 subbirliklari bilan bog‘lanish yo‘li bilan; tadqiqotlar etifoksinning GAMKA-retseptorlaridagi bog‘lanish joyi benzodiazepinlarning bog‘lanish joyidan farq qilishini ko‘rsatadi;
bilvosita ta’sir miya neyrosteroidlarining, jumladan, allopregnanolonning ishlab chiqarilishini oshirish orqali (mitoxondrial translokatsiya oqsillarini faollashtirish yo‘li bilan), ular GAMKA-retseptorlarning ijobiy allosterik modulyatorlari hisoblanadi.
Klinik tadqiqotlar bekor qilish effekti va qaramlik (jismoniy yoki psixologik) potensialini aniqlamadi.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar etifoksinga farmakologik qaramlik rivojlanish imkoniyatini ko‘rsatmadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Alkogol va markaziy ta'sirga ega boshqa preparatlarni (galoperidol, diazepam, imipramin va boshqalar) Strеzam bilan davolashda qo'llash tavsiya etilmaydi.
Agar teri yoki allergik reaksiyalar yoki jigar faoliyatining og'ir buzilishlari yuzaga kelsa, etifoksin bilan davolashni darhol to'xtatish kerak.
Preparat tarkibida laktoza mavjud, shuning uchun tug'ma galaktozemiya, glyukoza/galaktoza malabsorbsiyasi sindromi yoki laktaza yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarga buyurish tavsiya etilmaydi.
Og'ir teri reaksiyalari
Dori vositalari bilan induktsiyalangan eozinofiliya va tizimli simptomlar (DRESS-sindrom), Stivens – Jonson sindromi (SJS) va umumlashgan eksfoliativ dermatit kabi og'ir teri reaksiyalarining juda kam hollari etifoksin qo'llanilishi bilan bog'liq deb xabar qilingan. Strеzam qo'llanilganda toksik teri reaksiyasining boshlanishi odatda bir necha kundan 1 oygacha bo'lgan davrda reaksiyaning turiga qarab farq qilgan. Postregistratsion kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra, etifoksin qabul qilish to'xtatilgandan so'ng teri reaksiyalari asosan ijobiy natija bilan yakunlangan. Etifoksin qabul qilish vaqtida og'ir nojo'ya teri reaksiyalari natijasida o'lim holatlari haqida xabar berilmagan. Bemor teri toksikligi xavfi haqida xabardor qilinishi va teri belgilarini va simptomlarini diqqat bilan nazorat qilish kerak. Etifoksin qabul qilish vaqtida teri toksikligi reaksiyasi yuzaga kelganda, dori vositasini darhol to'xtatish va hech qanday holatda uni qayta buyurmaslik kerak.
Og'ir jigar reaksiyalari
Postregistratsion kuzatuv davrida etifoksin qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan sitolitik sindromning juda kam og'ir hollari haqida xabar berilgan. Postregistratsion kuzatuv ma'lumotlariga ko'ra, etifoksin yuborilgandan so'ng jigar reaksiyalari asosan davolashning 2 haftasidan 1 oygacha bo'lgan davrda yuzaga kelgan. Preparatni jigar faoliyati buzilishi xavf omillariga ega bemorlarga, xususan, keksalarga, anamnezida virusli gepatit yoki shifokor tomonidan individual aniqlangan boshqa holatlari bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar faoliyati buzilishlari simptomsiz bo'lishi va faqat maxsus laborator tahlillar yordamida aniqlanishi mumkin. Jigar faoliyati buzilishi xavf omillariga ega bemorlarda etifoksin qabul qilishdan oldin va davolash boshlanganidan taxminan bir oy o'tgach jigar funksiyasi testlarini o'tkazish kerak. Etifoksin qabul qilish vaqtida jigar toksikligi reaksiyasi yuzaga kelganda, dori vositasini darhol to'xtatish va hech qanday holatda uni qayta buyurmaslik kerak.
Limfotsitar kolit
Postregistratsion kuzatuv davrida etifoksin qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan limfotsitar kolitning bir nechta hollari haqida xabar berilgan. Etifoksin qabul qilayotgan bemorlarda suvli diareya yuzaga kelganda, mos tekshiruv o'tkazish maqsadga muvofiqligini ko'rib chiqish va dori vositasini darhol to'xtatish kerak.
Metroragiya
Postregistratsion kuzatuv davrida etifoksin bilan davolashda og'iz orqali kontratseptivlarni qabul qilgan ayollarda metroragiya hollari haqida xabar berilgan.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi.
Homiladorlik davrida ayollarga preparatni qabul qilish mumkin emas.
Agar preparatni qo'llash zarur bo'lsa, emizishni to'xtatish kerak.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Shaxsiy nojo'ya reaksiyalarning (bosh aylanishi, uyquchanlik) sezilarli bo'lishini hisobga olib, Strеzam bilan davolashda avtotransport vositalarini boshqarish va potentsial xavfli mexanizmlarni xizmat ko'rsatish qobiliyatining vaqtincha yomonlashuvi ehtimoli istisno qilinmaydi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Markaziy asab tizimini susaytiruvchi preparatlarning, masalan, opioid analgetiklar, barbituratlar, uyqu dori vositalari, antigistamin preparatlar, neyroleptiklar va boshqalarning taʼsirini kuchaytiradi. Shuningdek, alkogolning taʼsirini kuchaytiradi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilar: sustlik, haddan tashqari uyquchanlik.
Davolash: oshqozonni ko‘p miqdorda suv bilan yuvish, simptomatik davolash. Maxsus antidot mavjud emas.