-
Tarkibi
Bitta tabletkada:
faol modda - sulfanilamid 300 mg;
yordamchi moddalari - kartoshka kraxmali, stearin kislotasi, kremniy dioksid kolloid anhidrid (aerosil).
-
Qo'llanilishi
rojistli yallig‘lanish;
angina;
epidemik serebrospinal meningit;
tsistit, pielit;
kolit;
yara infeksiyasi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
sulfanilamidlarga yuqori sezuvchanlik;
buyrak va jigar yetishmovchiligi;
tireotoksikoz;
irsi glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi;
o'tkir porfiriya;
6 yoshgacha bo'lgan bolalar yoshi;
homiladorlik, laktatsiya davri.
-
Qo'llash usuli
Bemorga preparat buyurishdan oldin, ushbu bemorda kasallik chaqirgan mikroflora preparatga sezgirligini aniqlash maqsadga muvofiq. Og‘iz orqali kattalar va 12 yoshdan katta bolalarga kuniga 3 marta 300-600 mg tavsiya etiladi. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — kuniga 4 marta 300 mg. Kattalar uchun og‘iz orqali maksimal bir martalik doza — 1200 mg, sutkalik — 2400 mg; bolalar uchun bir martalik — 300 mg, sutkalik 1200 mg. Davolash kursining davomiyligini davolovchi shifokor belgilaydi, o‘rtacha 7 kun. Chuquroq yaralarda mahalliy ravishda yara bo‘shlig‘iga ehtiyotkorlik bilan maydalangan kukun (5-15 g) shaklida yuboriladi, bir vaqtda og‘iz orqali antibakterial preparatlar buyuriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
ko'ngil aynishi, qusish, diareya;
dermaitlar;
allergik reaksiyalar toshma ko‘rinishida;
eozenofiliya, trombotsitopeniya, leykopeiya, gipoprothrombinemiya, agranulotsitoz;
taxikardiya Kamdan-kam;
nefrotoksik reaksiyalar (buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda ehtimoli yuqori);
paresteziyalar;
kristalluriya siydikning kislotali reaksiyasida ayrim hollarda;
ko‘rish buzilishi;
bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi;
periferik nevritlar;
gipotireoz;
ataksiya;
anafilaktik shok, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Streptotsid - keng ta'sir doirasiga ega antibakterial vosita. Streptotsidning mikroblarga qarshi ta'sir mexanizmi PABK (paraaminobenzo kislotasi) bilan antagonizmi bilan bog'liq, u bilan kimyoviy o'xshashlikka ega. Streptotsid mikroblar hujayrasi tomonidan qabul qilinadi, PABKning digidrofoliy kislotasiga qo'shilishiga to'sqinlik qiladi va bundan tashqari, bakterial ferment digidropteroatsintetazani (PABKni digidrofoliy kislotasiga qo'shish uchun mas'ul ferment) raqobatbardosh tarzda bostiradi, natijada digidrofoliy kislotasi sintezi buziladi, undan metabolik faol tetrahidrofoliy kislotasi hosil bo'lishi kamayadi, bu esa purinlar va pirimidinlar hosil bo'lishi uchun zarur, mikroorganizmlarning o'sishi va rivojlanishi to'xtaydi (bakteriostatik effekt). Gram-musbat va gram-manfiy kokklar (shu jumladan, streptokokklar, pnevmokokklar, meningokokklar, gonokokklar), Escherichia coli, Shigella spp., Vibrio cholerae, Clostridium perfringens, Bacillus anthracis, Corynebacterium diphtheriae, Yersinia pestis, Chlamydia spp., Actinomyces israelii, Toxoplasma gondii ga nisbatan faol. Streptotsid - qisqa ta'sirli sulfanilamid preparati.
Farmakokinetikasi
Og'iz orqali qabul qilinganda tezda me'da-ichak traktidan (MITr) so'riladi. Qonda maksimal konsentratsiya (Cmax) 1-2 soatda hosil bo'ladi va odatda 8 soatdan kamroq vaqt ichida 50% ga kamayadi. Gistogematik to'siqlardan, shu jumladan gematoensefalik (GEB), platsentar to'siqlardan o'tadi. To'qimalarga tarqaladi, 4 soatdan so'ng orqa miya suyuqligida aniqlanadi. Jigarda asetillanadi va antibakterial xususiyatlarini yo'qotadi. Asosan (90-95%) buyraklar orqali chiqariladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Novokain preparatning samaradorligini pasaytiradi, agar preparatlar darhol birin-ketin yoki bir vaqtda qo‘llanilgan bo‘lsa. Preparatni qo‘llash davrida digitoksin, izoprenalin, xlorid kislotasi, kofein, fenilefrin, fenobarbital, adrenalin gidroxlorid kabi preparatlarni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Sulfanilamidlar bilvosita antikoagulyantlar va og‘iz orqali qabul qilinadigan antidiyabetik preparatlarning ta’sirini kuchaytiradi, chunki ular ularni plazma oqsillari bilan bog‘lanishdan siqib chiqaradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparat bilan davolashni muddatidan oldin to‘xtatish sulfanilamidlarga chidamli mikroorganizmlar shtammlarining rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Preparatni uzoq muddat qo‘llashda qon manzarasi, buyrak va jigar funksiyasini nazorat qilish zarur. Preparat buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak. Davolash davrida iste’mol qilinadigan suyuqlik hajmini oshirish zarur. Dori vositasining transport vositasini boshqarish yoki potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilish xususiyatlari Dori vositasining nojo‘ya ta’sirlarini hisobga olgan holda, avtotransport boshqarishda va potensial xavfli mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptom — yaqqol nojo‘ya ta’sirlar. Davolash simptomatik.