Maxsus ko'rsatmalar
Diareya davolashda nifuroksazid terapiyasi bilan birga rehidratatsion terapiya o'tkazish zarur.
3 yoshgacha bo'lgan bolalarda diareyani davolash shifokor nazorati ostida o'tkazilishi tavsiya etiladi.
Sistemali zararlanish belgilariga ega bakterial diareya holatida (umumiy holatning yomonlashuvi, tana haroratining ko'tarilishi, intoksikatsiya yoki infeksiya simptomlari) sistemali ta'sirga ega antibakterial preparatlarni qo'llash masalasini hal qilish uchun shifokorga murojaat qilish kerak.
Gipersensitivlik simptomlari (nafas qisilishi, toshma, qichishish) paydo bo'lsa, preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak.
Terapiya davomida spirtli ichimliklarni iste'mol qilish taqiqlanadi.
Stopdiar preparati saxaroza saqlaydi. Fruktozani, glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasini yoki saxaraza va izomaltaza yetishmovchiligini kamdan-kam uchraydigan irsiy buzilishlarga ega bemorlar ushbu preparatni qabul qilmasliklari kerak.
Metilparagidroksibenzoat tarkibi tufayli Stopdiar preparati allergik reaksiyalar (ehtimol, kechikkan) chaqirishi mumkin.
Bitta kichik o'lchovli qoshiq suspenziyada 0,09 XE (non birligi), bitta katta o'lchovli qoshiq suspenziyada 0,18 XE mavjud.
1 oylikdan 3 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun suspenziyaning sutkalik dozasida 0,27 XE mavjud. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun suspenziyaning sutkalik dozasida 0,54 XE mavjud. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun suspenziyaning maksimal sutkalik dozasida 0,72 XE mavjud.
Kattalar uchun suspenziyaning sutkalik dozasida 0,72 XE mavjud.
Homiladorlik va laktatsiya
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda teratogen ta'sir aniqlanmadi. Biroq, ehtiyot chorasi sifatida homiladorlik davrida nifuroksazid qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Laktatsiya davrida preparat bilan qisqa muddatli davolashda emizishni davom ettirish mumkin.
Shifokor bilan maslahatlashing.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko'rsatmaydi.
Qadoqlash