-
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni o'z ichiga oladi:
faol modda - dezloratadin 0,5 mg;
yordamchi moddalari: propilenglikol, natriy sitrat, limon kislotasi monogidrat, dinatriy edetat, sorbitol suyuq (kristallanmaydigan) (E420), sukraloza (E955), gipromelloza 2910 (E15), gilos esensiyasi (D-limonen, benzaldehid, alfa-terpineol, 2-feniletanol, triatsetin, propilenglikol), tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Sofalor kattalar, o'smirlar va 1 yoshdan katta bolalarda quyidagi simptomlarni yengillashtirish uchun qo'llaniladi:
allergik rinit;
urtikariya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Faol modda yoki sanab o'tilgan yordamchi moddalardan biror biriga, shuningdek, loratadinga yuqori sezuvchanlik.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali qo'llaniladi. Dozani ovqatdan oldin yoki ovqat paytida qabul qilish mumkin.
Kattalar va 12 yosh va undan katta o'smirlar
Tavsiya etilgan doza kuniga bir marta 10 ml (5 mg) og'iz orqali qabul qilinadigan eritma.
Bolalar
Tayinlovchi shifokor bilishi kerakki, 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda rinitning aksariyat hollari infeksion bo'ladi va infeksion rinitlarni dezloratadin bilan davolashni qo'llab-quvvatlovchi ma'lumotlar yo'q.
1 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar: kuniga bir marta 2,5 ml (1,25 mg) og'iz orqali qabul qilinadigan eritma.
6 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar: kuniga bir marta 5 ml (2,5 mg) og'iz orqali qabul qilinadigan eritma.
Dezloratadin 0,5 mg/ml og'iz orqali qabul qilinadigan eritmaning 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Ma'lumotlar yo'q.
1 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar va 12 yoshdan 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlarda dezloratadinning samaradorligi bo'yicha klinik sinovlar tajribasi cheklangan.
Intermitent allergik rinit (haftasiga 4 kundan kam yoki 4 haftadan kam davom etadigan simptomlar mavjudligi) har bir bemorning kasallik tarixi asosida davolanishi kerak, simptomlar bartaraf etilgandan so'ng davolash to'xtatilishi, ular qaytalanadigan bo'lsa, qayta boshlanishi mumkin.
Persistiruvchi allergik rinitda (haftasiga 4 kun yoki undan ko'p yoki 4 haftadan ko'p davom etadigan simptomlar mavjudligi) bemorlarga allergen ta'siri davrida uzluksiz davolash taklif qilinishi mumkin.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Nojo'ya ta'sirlar ro'yxati
Tez-tezlikka ko'ra, reaksiyalar quyidagicha aniqlanadi: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), kam (≥1/1 000 dan <1/100 gacha), kamdan-kam (≥1/10 000 dan <1/1 000 gacha), juda kam (<1/10 000) va tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Psixik buzilishlar:
Juda kam: gallyutsinatsiyalar.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: bosh og'rig'i;
Juda kam: bosh aylanishi, uyquchanlik, uyqusizlik, psixomotor giperkativlik, tutqanoq.
Yurak tomonidan buzilishlar:
Juda kam: taxikardiya, yurak urishining tezlashuvi;
Tez-tezligi noma'lum: QT intervalining uzayishi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan buzilishlar:
Tez-tez: og'iz qurishi;
Tez-tez (2 yoshgacha bo'lgan bolalar): diareya;
Juda kam: qorin og'rig'i, ko'ngil aynishi, qusish, dispepsiya, diareya.
Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar:
Juda kam: jigar fermentlari qiymatining oshishi, bilirubin oshishi, gepatit;
Tez-tezligi noma'lum: sariqlik.
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar:
Tez-tezligi noma'lum: fotosensitivlik.
Mushak-skelet tizimi va biriktiruvchi to'qima tomonidan buzilishlar:
Juda kam: mialgiya.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi ta'sirlar:
Tez-tez: charchoq;
Tez-tez (2 yoshgacha bo'lgan bolalar): isitma;
Juda kam: gipersensitivlik reaksiyalari (anafilaksiya, angionevrotik shish, bo'g'ilish, qichishish, toshma va eshakemi kabi);
Tez-tezligi noma'lum: asteniya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Dezloratadin - bu uzoq ta'sir qiluvchi gistamin antagonisti bo'lib, selektiv periferik N1-reseptor antagonistik faolligiga ega va sedativ ta'sirga ega emas. Og'iz orqali qabul qilingandan so'ng dezloratadin selektiv tarzda periferik N1-gistamin retseptorlarini bloklaydi, chunki u markaziy asab tizimiga o'tmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
2 yoshgacha bo'lgan bolalarda allergik rinitni boshqa rinitlardan ajratish ayniqsa qiyin. Yuqori nafas yo'llarining infeksiyasi yoki tuzilmaviy anomaliyalari yo'qligini, anamnezni, hozirgi holatni, mos laborator tekshiruvlarni va teri-allergik testlarni hisobga olish kerak.
Taxminan 6% kattalar va 2 dan 11 yoshgacha bo'lgan bolalar fenotipik jihatdan dezloratadinni sekin metabolizatsiya qiluvchilardir va yuqoriroq ekspozitsiyani ko'rsatadi. 2 dan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarda dezloratadinning xavfsizligi sekin metabolizatsiya qiluvchilarda tez metabolizatsiya qiluvchilar bilan bir xil. 2 yoshgacha bo'lgan sekin metabolizatsiya qiluvchilarda dezloratadinning ta'siri yetarlicha o'rganilmagan.
Og'ir buyrak yetishmovchiligida dezloratadinni alohida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Dori vositasi sorbitolni o'z ichiga oladi.
Fruktozani o'zlashtira olmaslikning kam uchraydigan irsiy muammolari bo'lgan bemorlarga ushbu dori vositasini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homilador ayollarda dezloratadinni qo'llash bo'yicha katta hajmdagi ma'lumotlar (1000 dan ortiq tugallangan homiladorlik natijalari) dezloratadinning malformatsion yoki fetus/neonatal toksikligini ko'rsatmaydi. Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlar reproduktiv toksiklik bilan bog'liq to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita nojo'ya ta'sirlarni aniqlamadi. Ehtiyot chorasi sifatida homiladorlik davrida dezloratadinni qo'llashdan saqlanish afzalroqdir.
Dezloratadin yangi tug'ilgan/ko'krak suti bilan oziqlanayotgan bolalarda, onalari dori vositasini qabul qilgan hollarda aniqlangan. Dezloratadinning yangi tug'ilgan/ko'krak suti bilan oziqlanayotgan bolalarga ta'siri noma'lum. Bolaga ko'krak suti bilan oziqlantirish foydasi va onaga davolash foydasini hisobga olgan holda, ko'krak suti bilan oziqlantirishni to'xtatish yoki dezloratadin bilan davolashni to'xtatish haqida qaror qabul qilish kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Dozalashdan oshib ketish bilan bog‘liq nojo‘ya hodisalar profili, postmarketing qo‘llash davrida kuzatilgan, terapevtik dozalarda kuzatilganlarga o‘xshash bo‘lib, ta’sir darajasi yuqoriroq bo‘lishi mumkin.
Davolash: dozalashdan oshib ketganda rezorbsiyalangan faol modda chiqarib tashlanishi uchun standart choralar tavsiya etiladi. Simptomatik va yordamchi davolash tavsiya etiladi. Dezloratadin gemodializ yo‘li bilan chiqarilmaydi. Peritoneal dializ yo‘li bilan chiqarilishi noma’lum.
Dozalashdan oshib ketish bilan bog‘liq nojo‘ya hodisalar profili, postmarketing qo‘llash davrida kuzatilgan, terapevtik dozalarda kuzatilganlarga o‘xshash bo‘lib, ta’sir darajasi yuqoriroq bo‘lishi mumkin.