Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Snobilen 50 ml tomchi
Snobilen 50 ml tomchi
Ishlab chiqaruvchi: Group Asia Pharm
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari snobilen 50 ml tomchi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi

    Faol moddalari:

    Glitsin …................10 mg

    Melatonin ................1 mg


    Yordamchi moddalari: sorbit, propilenglikol, sukruloza, limon kislotasi, natriy tsitrati, aromatizator.

  • Qo'llanilishi

    Quyidagi holatlarda biologik faol qo‘shimcha sifatida: uyqusizlik, uyqu jarayoni buzilishi holatlari (uyquga ketishni osonlashtiradi (uyquning kechikkan fazasi sindromi), «uyqu-uyg‘onish» biologik siklini tartibga solishga yordam beradi),

    antioksidant sifatida, hujayralarni erkin radikallarning zararli ta’siridan himoya qiladi, immun tizimini stimulyatsiya qiladi, qon bosimini barqarorlashtiradi va qondagi xolesterin darajasini tartibga soladi, premenstrual holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘sma kasalliklarining oldini olish (40 yoshdan katta shaxslarda, aqliy ish qobiliyatining pasayishi, stressli vaziyatlar, psixoemotsional zo‘riqish (imtihon davrida, ziddiyatli vaziyatlarda), bolalar va o‘smirlarda xulq-atvor buzilishlari (ortiqcha qo‘zg‘aluvchanlik, emotsional beqarorlik).

  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar

    Komponentlarga individual toqat qilmaslik.

    Ogohlantirish

    Cho‘kma mavjudligi tabiiy ingredientlardan foydalanish natijasidir va mahsulot sifatiga ta'sir qilmaydi.

    Homilador ayollar va emizikli davrda mahsulotni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma'lumot yo‘q, shuning uchun qo‘llashdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish shart.

    Tavsiya etilgan sutkalik doza oshirilmasin.

    BAD dori vositasi emas!

  • Qo'llash usuli

    Og‘iz orqali.

    1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 3 marta 5 tomchidan.

    3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 2-3 marta 10 tomchidan.

    7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kuniga 3 marta 1 ml dan.

    14 yoshdan katta va kattalarga kuniga 3 marta 5 ml dan.

    Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatilsin.

  • Nojo´ya ta´sirlar

    Komponentlarga individual yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

  • Farmakologik xususiyatlari

    Ta’siri tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq.

    Melatonin – insonning sutkalik ritmini tabiiy regulyatori bo‘lib, tez uyquga ketish, sifatli uyqu va qulay uyg‘onishni ta’minlaydi. Uyqu buzilishlari, uyqusizlik, depressiv sindrom, ortiqcha charchoq, immunitet buzilishlari va desinxroz holatlarida (biologik ritm buzilishlari, asosan vaqt zonalari o‘zgarganda namoyon bo‘ladi) yordam beradi.

    Bolalarda melatonin diqqat yetishmovchiligi va giperaktivlikda buyuriladi. Sog‘lom uyquning yo‘qligi psixik va jismoniy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi, shu sababli u autizm va boshqa kasalliklardan aziyat chekmaydigan bolalarga ham ko‘rsatiladi.

    Glitsin – almashinuv jarayonlari regulyatori bo‘lib, himoya tormozlanish jarayonlarini normallashtiradi va faollashtiradi. Psixoemotsional zo‘riqishni kamaytiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi.
    Glutamat (NMDA) retseptorlarining faoliyatini tartibga soladi, natijada quyidagilarga qodir:
    - psixoemotsional zo‘riqish, tajovuzkorlik, ziddiyatni kamaytirish, ijtimoiy moslashuvni oshirish;

    - kayfiyatni yaxshilash;

    - uyquga ketishni osonlashtirish va uyquni normallashtirish;

    - aqliy ish qobiliyatini oshirish;

    - ishemik insult va bosh miya jarohatlarida umumiy miya buzilishlarining og‘irligini kamaytirish.

  • Saqlash shartlari

    Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.  

    Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

     

    Yaroqlilik muddati

    2 yil.

    Yaroqlilik muddati tugaganidan keyin qo‘llanilmasin.

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Sasha
    ico ico ico ico ico
    Прекрасный эффект от использования. Рекомендую всем! Спасибо, Oxymed!
    06 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество, быстрая доставка. Снобилен 50 мл капли супер!
    06 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico