Maxsus ko'rsatmalar
Preparat faqat tashqi qo‘llash uchun mo‘ljallangan. Preparatning ko‘zga, shuningdek, yara yuzalariga tushishidan saqlanish zarur. Tasodifan ko‘zga yoki yara yuzalariga tushib qolganida ularni iliq suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Epidermal va aralash epidermal-dermal tipdagi melazmalar Skinoren bilan yaxshi davolanadi. Dermal melazma esa, aksincha, Skinoren bilan davolanmaydi. Differensial diagnostika uchun Vud lampasidan foydalanish tavsiya etiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Homilador ayollarda azelayin kislotasining mahalliy qo‘llanilishida yetarli va nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar homiladorlik, embrion/embrion rivojlanishi, tug‘ruq va postnatal rivojlanish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita nojo‘ya ta’sirlarni aniqlamagan.
Skinoren® gelini homilador ayollarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
In vivo tadqiqotlarda azelayin kislotasining ona suti bilan ajralishi noma’lum. Shunga qaramay, in vitro muvozanatli dializ tajribasi preparatning ona sutiga o‘tishi mumkinligini ko‘rsatdi. Biroq, azelayin kislotasining ona sutiga o‘tishi uning bazal darajasida sezilarli o‘zgarish keltirib chiqarmasligi kutiladi, chunki azelayin kislotasi ona sutida to‘planmaydi va mahalliy qo‘llashda tizimli so‘rilish uning endogen ta’sirini fiziologik darajadan oshirmaydi.
Shunga qaramay, preparatni emizikli ayollarga buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Bolalar
Skinoren® gelining 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda akne kasalligini davolashda xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Papulopustulyoz rozaseani 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda davolashda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Dori vositasining transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri.
Preparatni qo‘llash transport vositalarini va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.