-
Tarkibi
1 tabletka tarkibida: Faol komponentlar sitagliptin 50 mg, metformin gidroxlorid 500 mg yoki 1000 mg; Yordamchi moddalar: kroskarmelloza natriy, mikrokristallik tsellyuloza, kollidon K-30, magniy stearat, Aqua Shine, brilliant ko'k, OPADRY Clear OY-S 29019. Tavsif: 500 mg tabletkalar - kapsula shaklida, pushti-to'q sariq rangda, plyonka qobiq bilan qoplangan; 1000 mg tabletkalar - kapsula shaklida, ko'k rangda, plyonka qobiq bilan qoplangan.
-
Qo'llanilishi
- ikkinchi turdagi qandli diabet (ayniqsa, semirishdan aziyat chekayotgan bemorlarda) ketoatsidozga moyillik bo'lmagan hollarda, dietoterapiya samarasiz bo'lsa; - insulin bilan birgalikda - 2-tur qandli diabetda, ayniqsa, ikkilamchi insulinga rezistentlik bilan kechadigan og'ir darajadagi semirishda.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- preparatga yuqori sezuvchanlik; - diabetik ketoatsidoz; - diabetik prekomа, koma; - buyrak funksiyasining buzilishi (kreatinin klirensi 60 ml/min dan kam); - buyrak funksiyasi buzilishi xavfi bilan kechadigan o‘tkir kasalliklar; degidratatsiya (diareya va qusishda), isitma, og‘ir infeksion kasalliklar); - to‘qima gipoksiyasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan o‘tkir va surunkali kasalliklarning klinik jihatdan namoyon bo‘lishi (yurak yoki nafas yetishmovchiligi, o‘tkir miokard infarkti va boshqalar); - jiddiy jarrohlik amaliyotlari va jarohatlar (ular fonida insulinoterapiya o‘tkazilishi ko‘rsatilgan); - jigar funksiyasining buzilishi; - surunkali alkogolizm, alkogol bilan o‘tkir zaharlanish; - homiladorlik, laktatsiya davri; - laktotsidoz; - yod saqlovchi kontrast modda kiritilishi bilan radioizotop yoki rentgenologik tekshiruvlar o‘tkazilishidan kamida ikki kun oldin va ikki kun davomida qo‘llash; - gipokaloriyali dieta (kuniga 1000 kkal dan kam)ga rioya qilish; 60 yoshdan oshgan, og‘ir jismoniy ish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki ularda laktotsidoz rivojlanish xavfi yuqori.
-
Qo'llash usuli
Preparat og'iz orqali, ovqat qabul qilishdan qat'i nazar qabul qilinadi. Tavsiya etilgan doza - kuniga 2 marta bir tabletka.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: - ko'ngil aynishi; - qusish; - og'izda "metall" ta'm; - ishtahaning yo'qligi; - diareya; - meteorizm; - qorin og'rig'i. Bu simptomlar ayniqsa davolash boshida tez-tez uchraydi va odatda o'z-o'zidan o'tib ketadi. Ushbu simptomlarni antatsidlar, m-xolinoblokatorlar yoki spazmolitiklar buyurish orqali kamaytirish mumkin. Kamdan-kam hollarda - "jigar" transaminazalari faolligining oshishi yoki gepatit, preparat bekor qilingandan so'ng yo'qoladi. Modda almashinuvi tomonidan: kamdan-kam hollarda - laktatsidoz (davolashni to'xtatishni talab qiladi); uzoq muddatli davolashda - B12 vitamini gipovitaminozi (uning so'rilishi buzilishi); Qon yaratilish tizimi tomonidan: - megaloblast anemiya. Endokrin tizim tomonidan: - gipoglikemiya. Allergik reaksiyalar: - teri toshmasi; - qichishish.
-
Farmakologik xususiyatlari
Kombinatsiyalangan peroral gipoglikemik preparat. Sitagliptin – dipeptidilpeptidaza 4 (DPP-4) ning yuqori selektiv ingibitori. Sitagliptin kimyoviy tuzilishi va farmakologik ta’siri bo‘yicha glyukato‘xshash peptid-1 (GPP-1) analoglari, insulin, sulfonilmochevina hosilalari, biguanidlar, peroksisoma proliferatsiyasini faollashtiruvchi y-reseptor agonistlari (PPAR-y), alfa-glikozidaza ingibitorlari, amilin analoglaridan farq qiladi. DPP-4 ni ingibitsiya qilib, sitagliptin inkretinlar oilasiga mansub 2 ma’lum gormon – GPP-1 va glyukoza bog‘liq insulinotrop peptid (GIP) konsentratsiyasini oshiradi. Inkretinlar oilasiga mansub gormonlar ichakda kun davomida sekretsiya qilinadi, ularning darajasi ovqat qabul qilganda oshadi. Inkretinlar glyukoza gomestazini ichki fiziologik regulyatsiya tizimining bir qismidir. Metformin gidroxlorid – jigar glukoneogenezini susaytiradi, ichakdan glyukoza so‘rilishini kamaytiradi, periferik glyukoza utilizatsiyasini kuchaytiradi, shuningdek, to‘qimalarning insulinga sezuvchanligini oshiradi. Shu bilan birga, u oshqozon osti bezi beta-hujayralari tomonidan insulin sekretsiyasiga ta’sir qilmaydi, gipoglikemik reaksiyalar chaqirmaydi. Qon umumiy xolesterini, triglitseridlar va past zichlikdagi lipoproteinlar miqdorini kamaytiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Davolanish davrida plazmadagi laktat miqdorini kamida yiliga 2 marta, shuningdek, miyalgiya paydo bo‘lganda aniqlash zarur. Bundan tashqari, har 6 oyda qon zardobidagi kreatinin miqdorini nazorat qilish zarur (ayniqsa, keksalar uchun), shuningdek, qondagi glyukoza konsentratsiyasini ayniqsa diqqat bilan nazorat qilish kerak. Bronxo-o‘pka infeksiyasi yoki siydik-jinsiy organlar infeksion kasalligi paydo bo‘lsa, bemor bu haqda darhol davolovchi shifokorga xabar berishi kerak.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi. Davolash: simptomatik. Preparat bilan davolashni darhol to‘xtatish, shifoxonaga yotqizish zarur. Eng samarali chorasi gemodializ hisoblanadi.