-
Tarkibi
1 tabletkada quyidagilar mavjud:
faol modda: tsiprofloksatsin gidroxlorid 291,51 mg, 583,00 mg, 874,50 mg, mos ravishda 250 mg, 500 mg, 750 mg tsiprofloksatsinga ekvivalent;
yordamchi modda: makkajo'xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza PH 102, magniy stearati, aerosil 200, polivinilpirrolidon PVP K 30, natriy kroskarmelloza,
qobiq tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi, polietilenglikol.
-
Qo'llanilishi
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari infeksiyalari (o'tkir yoki surunkali pielonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, asoratli yoki qaytalanuvchi siydik yo'llari infeksiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo'llari infeksiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infeksiyalangan plevrit, o'pka abstsessi, infeksiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitning zo'rayishi), teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari (infeksiyalangan yaralar, yara infeksiyalari, abstsesslar, sellulitlar, tashqi otit, infeksiyalangan kuyishlar), me'da-ichak trakti infeksiyalari (qorin tif, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo'shlig'i infeksiyalari (peritonit, qorin ichidagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o't pufagi empiyemasi), ko'z, o'rta quloq va yondosh bo'shliqlar, suyak va bo'g'imlar, kichik tos a'zolari infeksiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infeksiyalarni oldini olish va davolash.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, tizanidin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimning sezilarli darajada pasayishi, uyquchanlik xavfi), soxta membranoz kolit, bolalar yoshi (18 yoshgacha - skelet shakllanish jarayoni tugaguncha, bundan tashqari, 5 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘pka fibrozisli bolalarda Pseudomonas aeruginosa bilan bog‘liq asoratlarni davolash; o‘pka shaklidagi sibir yara kasalligini oldini olish va davolash), homiladorlik, laktatsiya davri, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi. Ehtiyot choralari: Bosh miya tomirlarining og‘ir aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishi, ruhiy kasalliklar, epileptik sindrom, epilepsiya, og‘ir buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi, keksalik yoshi.
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali, 250 mg 2-3 marta kuniga, infeksiyaning og'ir kechishida – 500 – 750 mg 2 marta kuniga (har 12 soatda). Preparat och qoringa, yetarli miqdorda suyuqlik bilan ichiladi. Tsiprofloksatsin dozasi kasallikning og'irligi, infeksiya turi, organizm holati, yosh, vazn va buyrak funksiyasiga bog'liq. Tavsiya etiladigan odatdagi dozalari: - buyrak va siydik chiqarish yo'llarining asoratsiz infeksiyalari – 250 mg, asoratli holatlarda 500 mg 2 marta kuniga; - pastki nafas yo'llarining asoratsiz infeksiyalari – 250 mg, og'ir holatlarda 500-750 mg, 2 marta kuniga; - gonoreya, ayollarda (menopauzaga qadar) tsistitni davolash uchun tsiprofloksatsinni bir martalik 250-500 mg dozada qabul qilish tavsiya etiladi; - ginekologik kasalliklar, og'ir kechuvchi va yuqori haroratli enterit va kolitlar, prostatitlar – 500 mg 2 marta kuniga (oddiy diareyani davolash uchun 250 mg 2 marta kuniga ishlatilishi mumkin); - suyak va bo'g'imlar, teri va yumshoq to'qimalar infeksiyalari – 500 mg 2 marta kuniga, og'ir kechishda 750 mg 2 marta kuniga. Buyrak funksiyasi ancha buzilgan bemorlarga preparatning yarim dozasini buyurish kerak. Davolash davomiyligi kasallik og'irligiga bog'liq, lekin davolash har doim kasallik simptomlari yo'qolganidan keyin kamida yana ikki kun davom etishi kerak. Odatda davolash davomiyligi 7 - 10 kunni tashkil etadi. Kreatinin klirensiDoza >50Odatdagi dozalash rejimi 30-50250-500 mg har 12 soatda 1 marta 5-29250-500 mg har 18 soatda 1 marta Gemodializ yoki peritoneal dializda bo'lgan bemorlarDializdan keyin 250-500 mg har 24 soatda 1 marta Qariyalarda doza 30 % ga kamaytiriladi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, diareya, qusish, qorin og'rig'i, meteorizm, ishtahaning pasayishi, xolestatik sariqlik (ayniqsa, jigar kasalliklari bo'lgan bemorlarda), gepatit, gepatonekroz. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, charchoqlik, tashvish, tremor, uyqusizlik, "daxshatli" tushlar, periferik paralgeziya (og'riq hissiyotining anomaliyasi), terlash, bosh ichki bosimining oshishi, tashvish, ongning chalkashishi, depressiya, gallyutsinatsiyalar, shuningdek, boshqa psixotik reaksiyalar namoyon bo'lishi (kamdan-kam hollarda bemor o'ziga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan holatlarga rivojlanadi), migren, hushdan ketish, miya arteriyalarining trombozi. Sezgi organlari tomonidan: ta'm va hid bilish buzilishi, ko'rish buzilishi (diplopiya, ranglarni idrok etishning o'zgarishi), quloqda shovqin, eshitishning pasayishi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak ritmining buzilishi, arterial bosimning pasayishi, yuz terisiga qon "to'lishi". Qon hosil qiluvchi tizim tomonidan: leyopeniya, granulositopeniya, anemiya, trombotsitopeniya, leyotsitoz, trombotsitoz, gemolitik anemiya. Laborator ko'rsatkichlar: gipoprothrombinemiya, "jigar" transaminazalari va shilali fosfataza faolligining oshishi, giperkreatininemiya, giperbilirubinemiya, giperglikemiya. Siydik ajratish tizimi tomonidan: gematuriya, kristalluriya (asosan ishqoriy siydik va past diurezda), glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, siydik tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishlari, buyraklarning azot ajratish funksiyasining pasayishi, interstitsial nefrit. Tayanch-harakat tizimi tomonidan: artralgiya, artrit, tendovaginit, paylarning yorilishi, mialgiya. Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, toshma, qon ketishlari bilan kechuvchi pufakchalar hosil bo'lishi va kichik tugunlarning paydo bo'lishi, ular qobiq hosil qiladi, dori isitmasi, terida nuqtali qon quyilishlar (petexiyalar), yuz yoki hiqildoq shishi, nafas qisilishi, eozinofiliya, vaskulit, tugunli eritema, ekssudativ ko'p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi (yovuz ekssudativ eritema), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi). Boshqalar: yorug'likka sezuvchanlikning oshishi, asteniya, superinfeksiyalar (kandidoz, soxta membranoz kolit).
-
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta'sir doirasiga ega bo‘lgan bakterisid ta'sirli ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob preparat. Bakteriyalar ko‘payish vaqtidagi hamda tinch holatdagi mikroorganizmlarga bakterisid ta'sir ko‘rsatadi. Ta'sir mexanizmi DNK-giraza fermentini inhibe qilish bilan bog‘liq bo‘lib, bu ferment bakteriyalar ko‘payishi vaqtida xromosomaning segmentli despiralizatsiyasi va spiralizatsiyasi jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Ko‘pgina grammanfiy va gram-musbat mikroorganizmlarga, sinyegnoy, gemofil va ichak tayoqchasi, shigella, salmonella, meningokokk, gonokokk, ko‘plab stafilokokk shtammlariga (penitsillinaza ishlab chiqaruvchi va ishlab chiqarmaydigan, metitsillinrezistent), ayrim enterokokk turlariga, shuningdek, kampilobakter, legionella, xlamidiya, mikobakteriyalarga nisbatan yuqori faollikka ega. Betta-laktamaza ishlab chiqaruvchi organizmlarga nisbatan faol. Aminoglikozidlar, penitsillinlar, uchinchi avlod sefalosporinlar, tetratsiklinlar va boshqa antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi juda samarali vosita. Preparatga rezistentlik sekin rivojlanadi (ko‘p bosqichli tur). Preparatga Ureaplasma urealyticum, Clostridium difficile, Nocardia asteroides, Streptococcus faecum, Treponema pallidum rezistent.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Kristalluriyaning rivojlanishini oldini olish uchun tavsiya etilgan sutkalik doza oshirilmasligi, shuningdek, normal diurezni saqlagan holda yetarli suyuqlik iste'mol qilinishi va siydikning kislotali reaksiyasi ta'minlanishi zarur. Davolash davomida yuqori darajada e'tibor va tez psixik hamda harakat reaksiyalarini talab qiladigan potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan tiyilish lozim. Epilepsiya, anamnezda tutqanoq xurujlari, tomir kasalliklari va miya organik shikastlanishlari bo'lgan bemorlarga, Markaziy asab tizimi tomonidan nojo'ya reaksiyalar rivojlanish xavfi tufayli, ципрофлоксацин faqat "hayotiy" ko'rsatmalar bo'yicha buyurilishi kerak. Davolash vaqtida yoki undan keyin og'ir va uzoq davom etuvchi diareya paydo bo'lsa, darhol preparatni bekor qilish va mos davolashni tayinlashni talab qiladigan soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish zarur. Paylarda og'riq yoki tendovaginitning dastlabki belgilari paydo bo'lsa, davolashni to'xtatish kerak (ftorxinolonlar bilan davolash vaqtida paylarning yallig'lanishi va hatto uzilishi holatlari qayd etilgan). Davolash davrida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari va sun'iy UF-nurlanishidan saqlanish lozim. Preparat bolalar uchun yetib bo'lmaydigan joyda saqlanishi va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatilmasligi kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Aminoglikozidlar yoki beta-laktam antibiotiklarni birga qabul qilish qo'shimcha yoki sinergik ta'sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Varfarin bilan bir vaqtda qo'llanganda qon ketish xavfi oshadi.
Tsiprofloksatsin va didanozin birga qabul qilinganda, didanozinda mavjud alyuminiy, magniy tuzlari bilan tsiprofloksatsin komplekslari hosil bo'lishi natijasida tsiprofloksatsinning so'rilishi kamayadi.
Tsiprofloksatsin va teofillin birga qabul qilinganda, teofillinning plazmadagi konsentratsiyasi oshishi va uning yarim chiqarilish davri uzayishi mumkin.
Probenetsid tsiprofloksatsinning buyrak sekretsiyasiga to'sqinlik qiladi va qonda tsiprofloksatsin darajasining oshishiga yordam beradi.
Antasidlar va temir, rux, alyuminiy, magniy ionlarini o'z ichiga olgan preparatlar tsiprofloksatsinning so'rilishini kamaytiradi, shuning uchun ushbu dori vositalarini qabul qilish oralig'i kamida 4 soat bo'lishi kerak.
Tsiprofloksatsin va siklosporin birga qo'llanganda, siklosporinning nefrotoksik ta'siri kuchayadi.
Nesteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar (atsetilsalitsil kislotasidan tashqari) tutqanoq rivojlanish xavfini oshiradi.