Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Magniy - hujayralarning energiya bilan ta’minlanishi, ferment reaksiyalarini faollashtirish uchun muhim element bo‘lib, almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi va qondagi glyukoza darajasini barqarorlashtiradi. Kalsiy va V guruhi vitaminlarini o‘zlashtirishda ishtirok etadi. Suyaklarning mustahkamligini oshiradi - organizmda kalsiy va kaliyning membranalarga o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. Vitamin V1 - almashinuv jarayonlarida ishtirok etadi, asab tizimining normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, miya funksiyalarini, jumladan, emotsional va kognitiv jarayonlarni yaxshilaydi. Vitamin V6 - asab tizimi metabolizmini tartibga solishda ishtirok etadi, shuningdek, magniyning me’da-ichak yo‘llaridan so‘rilishini va hujayralarga kirib borishini yaxshilaydi. Vitamin V12 - asab, gemopoez tizimi va me’da-ichak trakti funksiyasining normal ishlashiga yordam beradi. Miya emotsional va kognitiv (bilish) funksiyalarining normal bo‘lishi V12 vitamini optimal darajada bo‘lishiga bog‘liq. Vitamin S - suvda eriydigan vitamin va antioksidant bo‘lib, immun tizimining himoya xususiyatlarini oshiradi, kollagen sintezida ishtirok etadi, qizil qon hujayralari, suyak va to‘qimalarni shakllantiradi, milk va qon tomirlarini mustahkamlaydi va ovqatdan temirni o‘zlashtirishga yordam beradi.
Qo'llanilishi
Aniqlangan magniy yetishmovchiligi, alohida yoki boshqa yetishmovchilik holatlari bilan bog‘liq bo‘lib, quyidagi simptomlar bilan kechadi: asabiylikning oshishi, yengil uyqu buzilishlari;
gastrointestinal spazmlar yoki yurak urishining tezlashishi;
charchoqlikning oshishi, mushaklarda og‘riq va spazmlar, qitiqlanish hissi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Buyrak yetishmovchiligining og'ir darajasi (kreatinin klirensi 30 ml/minutdan kam).
Fenilketonuriya.
Bolalar yoshi 6 yoshgacha (tabletkalar shaklidagi preparat uchun) va 1 yoshgacha (eritma uchun).
Fruktozani o'zlashtira olmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi sindromi, saxaraza-izomaltaza yetishmovchiligi (faqat tabletkalar tarkibida saxaroza mavjudligi sababli tabletkalar shaklidagi preparat uchun).
Levodopa bilan bir vaqtda qabul qilish.
Ehtiyotkorlik bilan: buyrak yetishmovchiligining o'rtacha darajasida, chunki gipermagniemiya rivojlanish xavfi mavjud.
Qo'llash usuli
Kattalarga kuniga 3-4 ampula qabul qilish tavsiya etiladi.
1 yoshdan katta bolalarga (tana vazni 10 kg dan ortiq) sutkalik doza 10-30 mg magniy/kg vazn (0,4 – 1,2 mmol magniy/kg) yoki 1-4 ampulani tashkil etadi.
Sutkalik doza 2-3 qabulga bo‘linishi, ovqat vaqtida qabul qilinishi kerak.
Tabletkalarni bir stakan suv bilan ichish kerak.
Ampulalardagi eritmani qabul qilishdan oldin bir stakan suvda eritiladi.
Davolash magniy kontsentratsiyasi qonda normallashgandan so‘ng darhol to‘xtatilishi kerak.
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaktsiyalar, jumladan teri reaktsiyalari
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!