Farmakologik xususiyatlari
Silarsil - o‘simlikdan olingan gepatoprotektor bo‘lib, uning xususiyatlari tarkibida silyamarin mavjudligi bilan bog‘liq. Silyamarin esa, dog‘li silymarin mevalaridan ajratib olingan ekstraktiv moddalar aralashmasi bo‘lib, xususan: silibinin, silidianin, silikristin va boshqa flavonol hosilalarini o‘z ichiga oladi.
Silarsil jigar hujayralarida erkin radikallar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, ularni kamroq toksik birikmalarga aylantiradi, lipidlarning peroksid oksidlanish jarayonini to‘xtatadi, hujayra tuzilmalarining keyingi yemirilishini oldini oladi, jigar hujayralariga toksinlarning kirib borishiga to‘sqinlik qiladi.
Zararlangan gepatotsitlarda preparat ta’sirida tuzilmaviy va funksional oqsillar hamda fosfolipidlar sintezi (RNA-polimeraza A ni maxsus stimulyatsiya qilish hisobiga) rag‘batlantiriladi, hujayra membranalari barqarorlashadi, hujayraning fermentativ komponentlari (transaminazalar) yo‘qolishining oldi olinadi, jigar hujayralarining regeneratsiyasi tezlashadi.
Klinik jihatdan bu ta’sirlar sub’ektiv va ob’ektiv simptomatikaning yaxshilanishi, jigar funksional holati ko‘rsatkichlarining (transaminazalar, gamma-globulin, bilirubin darajasi) normallashuvi bilan namoyon bo‘ladi. Bu umumiy holatning yaxshilanishiga, ovqat hazm qilish bilan bog‘liq shikoyatlarning kamayishiga olib keladi, jigar kasalligi tufayli ovqatni yomon o‘zlashtiradigan bemorlarda esa ishtahaning yaxshilanishiga olib keladi. Silyamarin qo‘llanilishi natijasida o'tkir gepatitdan so‘ng va surunkali gepatitda (kompleks terapiya tarkibida qo‘llanganda) holat yaxshilanadi.