-
Tarkibi
Har 1000 ml eritmada quyidagilar mavjud:
L-Prolin - 1,00, L-Serin - 1,00, L-Alanin - 2,00, L-Izoleytsin - 3,52, L-Leytsin - 4,90, L-Aspargin kislotasi - 2,50, L-Tirozin - 0,25, L-Glutamin kislotasi - 0,75, L-Fenilalanin - 5,33, L-Arginin gidroxlorid - 5,00, L-Lizin gidroxlorid - 4,30, L-Valin - 3,60, L-Treonin - 2,50, L-Gistidin gidroxlorid - 2,50, L-Triptofan - 0,90, L-Metionin - 2,25, L-Tsistin - 0,10, L-Glitsin - 7,60, Sorbitol - 50,00, Natriy bisulfit - 0,50, In'ektsiya uchun suv - q.s.
-
Qo'llanilishi
To'liq yoki qisman parenteral ovqatlanish.
Oqsillar yo'qotilishini oldini olish va davolash, og'iz orqali yoki enteral ovqatlanish mumkin bo'lmaganda, yetarli bo'lmaganda yoki qarshi ko'rsatilganda.
Oziq-ovqat qabul qilishning imkonsizligi, hushyorlikning yo'qligi, koma.
Operatsiyadan oldin va keyingi davr: operatsiyalar vaqtida turli asoratlar (katta qon yo'qotishlar, klinik o'lim va boshqalar) va operatsiyadan keyin (yiringli-septik asoratlar, choklarning yetishmovchiligi, tromboemboliya; o'rtacha og'ir va og'ir jarohatlar: barcha darajadagi kuyishlar, ko'p miqdorda plazmoreya va yiringlanishlar bilan kechuvchi; qizdiruvchi moddalar bilan qizdirilgan qizilo'ngach yoki oshqozon shikastlanishi; me'da-ichak trakti stenozi; diffuz peritonit; osteomiyelit; uzoq muddat sun'iy nafas olish apparatida bo'lish, oqsil-energetik yetishmovchilik (tana vazni yetishmasligi, trofik buzilishlar; ko'p suyak sinishlari) bo'lgan bemorlarda operatsiyadan keyin.
Oddiy ovqatlanish imkoniyatini istisno qiluvchi nevrologik va psixik kasalliklar.
Intoksikatsiya, yuqori isitma, uzoq davom etuvchi diareya sindromi bilan og'ir kechuvchi infeksion kasalliklar, noaniq yarali kolit, malabsorbsiya sindromi.
Nefropatiya, amiloidoz.
OIV-infeksiya.
Transplantatsiya.
Og'ir oqsil-energetik yetishmovchilikning barcha etiologik va klinik shakllari (alimentar, endokrin, psixogen, rak kaxeksiyasi va boshqalar).
Bosh miya jarohati.
Jigar sirrozi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Aminokislotalar almashinuvi buzilishi, anuriya, jigar komasi, og'ir jigar va buyrak yetishmovchiligi, uremiya.
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Metabolik atsidoz va yurak yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
-
Qo'llash usuli
Dozalash shifokor ko'rsatmasiga binoan, tomir ichiga sekin 250 ml yoki 500 ml.
Umumiy sutkalik doza oqsilga bo'lgan kundalik ehtiyojga, klinik natijalarga (azot va suv balansini monitoring qilish) muvofiq belgilanadi.
Keksalar, shuningdek, jigar va buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga doza individual tanlanishi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Parenteral yuborilganda shishlar paydo bo'lishi, siydikda mochevina miqdorining oshishi va yengil atsidoz kuzatilgan.
Noto'g'ri yuborilganda isitma, yuborish joyida yallig'lanish, flebit va trombozlar, transsudatsiya va gipervolemiya paydo bo'lishi mumkin.
Kamdan-kam hollarda yuborish joyida issiqlik hissi va eritema kabi mahalliy reaksiyalar paydo bo'ladi.
Allergik reaksiyalar, trombozlar va flebitlar boshqa dori vositasi bir joyga parenteral yuborilganda yuzaga keladi.
Juda kam hollarda ko'ngil aynishi, qusish, ko'krak sohasida noqulaylik, taxikardiya, titroq, isitma yoki bosh og'rig'i paydo bo'lishi mumkin.
Og'ir nojo'ya reaksiyalar paydo bo'lsa, yuborishni to'xtatish va zudlik bilan choralar ko'rish talab etiladi.
-
Farmakologik xususiyatlari
Sermin - parenteral oziqlantirish uchun preparat (aminokislotalar eritmasi).
Sermin preparati tarkibiga kiruvchi aminokislotalar tabiiy fiziologik komponentlardir. Parenteral yuborilgandan so'ng ular organizmning erkin aminokislotalar havzasiga kiradi va barcha metabolik jarayonlarda ishtirok etadi, xususan, oqsillar, gormonlar va antitanachalar sintezi uchun ishlatiladi. To'qimalarning tezroq bitishi va normal fiziologik funksiyalarni tiklash uchun qo'llaniladi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Quyidagi ko‘rsatkichlarni monitoring qilish tavsiya etiladi: glyukoza va elektrolitlar darajasi, osmotik bosim, qonda ammiak miqdori, pH qiymati, gematokrit va leykozitlar darajasi, azotli, kislota-ishqor va suv balansi. Jigar va buyrak holatini tekshirish zarur.
Gipergidratatsiya holatida yurak funksiyasi buzilgan, shuningdek, buyrak va o‘pka yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatni jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga yuborish aminokislotalar metabolizmining buzilishi, gipermmoniemiya va komaga olib kelishi mumkin.
Gipermmoniemiya ko‘pincha bolalarda kuzatiladi. Ammiak darajasini nazorat qilish talab etiladi. Gipermmoniemiya belgilari paydo bo‘lsa, yuborishni to‘xtatish va zudlik bilan choralar ko‘rish zarur.
Preparatni buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarga yuborish elektrolitlarning ushlanib qolishiga olib keladi.
Elektrolit balansi sezilarli darajada buzilganda elektrolitlarni yuborish talab etiladi.
Preparatning katta hajmlari yoki elektrolit eritmasi bilan birga qo‘llanganda elektrolit va kislota-ishqor balansi monitoringi zarur.
Zarur kaloriya miqdorini ta’minlash uchun glyukoza yuborish tavsiya etiladi. Konsentrlangan glyukoza eritmalarini yuborishda giperglikemiya, glikozuriya va giperosmolyar sindrom yuzaga kelishi mumkin. Qonda va siydikda glyukoza miqdorini nazorat qilish zarur. Konsentrlangan glyukoza eritmalarini to‘satdan to‘xtatib yuborishda insulinga xos ta’sir paydo bo‘lishi mumkin.
Yuborish tezligini nazorat qilish zarur.
Preparat sovutilganda kristallashadi. Bunday holatda eritmani ishlatishdan oldin 60 °C haroratda isitish va kristallar to‘liq eriguncha chayqatish kerak.
Qadoq butunligi buzilgan, rangi o‘zgargan, mog‘or, cho‘kma mavjud bo‘lsa, ishlatmang.
Flakon ochilgandan so‘ng darhol ishlating. Faqat bir martalik qo‘llash uchun. Amal qilish muddati o‘tgan preparatni ishlatmang. Faqat shaffof, zarrachalarsiz eritmani butun konteynerdan foydalaning. Flakondagi ishlatilmagan eritma qoldig‘i va infuziyadan so‘ng qolgan butun aralashma yo‘q qilinishi kerak.