Maxsus ko'rsatmalar
Jigar amebiozining yiringlash bosqichida preparat qabul qilinishi drenaj orqali yiringni olib tashlash yoki abstsesslarni olib tashlash bilan birga olib borilishi kerak.
Bir vaqtda bilvosita antikoagulyantlar qabul qilinganda protrombin vaqtini tez-tez aniqlash va MNO monitoringini olib borish, zarur bo‘lsa, sekniadazol bilan davolash kursi davomida va davolash tugaganidan keyin 8 kun davomida antikoagulyant dozasini tuzatish kerak.
Seknidazol bilan davolash vaqtida va undan keyin 5 kun davomida alkogol ichimliklar va etanol saqlovchi dori vositalarini iste'mol qilishdan voz kechish kerak.
Ayollarda trixomonadli vaginit va erkaklarda trixomonadli uretritni davolashda bemorlar jinsiy hayotdan tiyilishlari kerak. Jinsiy hamkorlarni bir vaqtda davolash majburiydir. Davolash hayz ko‘rish vaqtida to‘xtatilmaydi.
Qon kasalligi anamneziga ega bemorlarda preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak. Uzoq muddatli qo‘llash qon formulasi nazorati ostida olib borilishi maqsadga muvofiq. Leykopeniyada davolashni davom ettirish imkoniyati infeksion jarayon rivojlanish xavfiga bog‘liq.
Ataksiya, bosh aylanishi va bemorlarning nevrologik holatining har qanday boshqa yomonlashuvi davolashni to‘xtatishni talab qiladi.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Bosh aylanishi va harakatlarni muvofiqlashtirishning buzilishi kabi nojo‘ya ta'sirlar bo‘lishi mumkin. Ushbu nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lsa, bemorlarga diqqatni jamlash va tezkor reaksiya talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlaridan voz kechish tavsiya etiladi.