Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Faqat retsept bilan
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
seknidazol yoki boshqa imidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
• Markaziy asab tizimining organik kasalliklari;
• homiladorlik va laktatsiya davri.
Qo'llash usuli
Og'iz orqali to'g'ridan-to'g'ri ovqatdan oldin, oz miqdorda suv bilan ichiladi.
Kattalar uchun dozalari
Trichomonadli uretrit va vaginitlar, bakterial vaginoz 2,0 g bir martalik.
Ichak amebiozi
-o'tkir simptomatik amebioz 2,0 g bir martalik.
-besimptomli amebioz, shu jumladan o'choqli va kistali shakllar har kuni 2,0 g bir martalik 3 kun davomida.
Jigar amebiozi har kuni 1,5 g bir martalik yoki bo'lib-bo'lib 5 kun davomida.
Bolalar uchun dozalari
Ichak amebiozi
-o'tkir simptomatik amebioz 30 mg/kg tana vazniga bir martalik.
-besimptomli amebioz, shu jumladan o'choqli va kistali shakllar har kuni bir martalik yoki bo'lib-bo'lib 30 mg/kg tana vazniga 3 kun davomida.
Jigar amebiozi har kuni bir martalik yoki bo'lib-bo'lib 30 mg/kg tana vazniga 5 kun davomida.
Lyamblioz 30 mg/kg tana vazniga bir martalik.
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimidan ovqat hazm qilish buzilishi, qayt qilish, oshqozon sohasida og'riq, og'izda «metall» ta'm, glossit, stomatit.
Kamroq tarqalgan
Qon ishlab chiqarish tizimidan o'rtacha qaytariladigan leykopeeniya.
Allergik reaksiyalar qichish.
Farmakologik xususiyatlari
Antimikrob va antiprototoz vosita. Nitroimidazol hosilasi.
Farmakologik xususiyatlari
Sekdaza – nitroimidazollar guruhiga mansub antiprototoz preparat bo'lib, antibakterial ta'sirga ega; bakteritsid (grammusbat va grammusbat anaerob bakteriyalarga qarshi) va amebitsid (ichak ichida va tashqarisida) effektga ega. Sekdaza preparati ayniqsa Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia ga nisbatan faol. Mikroorganizmlar hujayrasiga kirib, seknidazol 5-nitrogruppaning qaytarilishi natijasida faollashadi, natijada hujayra DNKsi bilan o'zaro ta'sirga kirishadi. Uning spiral tuzilmasi buziladi va zanjirlar parchalanadi, nukleotid sintezi inhibitsiyalanadi va hujayra nobud bo'ladi.
Farmakokinetika
Og'iz orqali qabul qilingandan so'ng Sekdaza tez va to'liq oshqozon-ichak traktidan so'riladi. Biokiraolishligi taxminan 80% ni tashkil etadi. Seknidazol gematoensefalik to'siqdan o'tadi, ko'krak sutiga o'tadi. Seknidazolning yarim chiqarilish vaqti taxminan 25 soatni tashkil etadi, bu preparatni qabul qilish sxemasini soddalashtirish va uni bemorlar uchun qulayroq qilish imkonini beradi.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Sekdaza bir vaqtda qo‘llanganda bilvosita antikoagulyantlar (kumarin yoki indandion hosilalari) ta’sirini kuchaytiradi. Dizulfiram bilan birga qabul qilinsa, paranoidal reaksiyalar va psixozlar yuzaga kelishi mumkin. Spirtli ichimliklar bilan birga qo‘llanganda dizulfiramga o‘xshash reaksiyalar (qorin bo‘shlig‘ida spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, yuzga qon quyilishi) simptomlari paydo bo‘ladi. Sekdaza litiyning preparatlari bilan birga qo‘llanganda uning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshiradi. Preparatni nedepolyarizatsiyalovchi miorelaksantlar (vekuroniya bromid) bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Amoksitsillin bilan birga qo‘llanganda Helicobacter pylori ga nisbatan faollik oshadi (amoksitsillin rezistentlik rivojlanishini to‘xtatadi).
Maxsus ko'rsatmalar
Sekdaza preparatini anamnezida qon diskraziyasi bo‘lgan bemorlarga buyurish tavsiya etilmaydi. Davolash vaqtida qaytar neytropeniya paydo bo‘lishi mumkin. Leykotsitlar soni davolash to‘xtatilgandan so‘ng tiklanadi. Preparatni qabul qilganda spirtli ichimliklardan saqlanish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi Preparat homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Pediatriyada qo‘llanishi Preparat pediatrik amaliyotda qo‘llaniladi.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Sekdaza avtomobil boshqarish va yuqori psixomotor tezlik talab qiladigan ishlarni bajarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatmaslik kerak.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarning kuchayishi. Davolash: maxsus antidoti yo‘q. Zarur hollarda simptomatik terapiya o‘tkaziladi.
Chiqarish shakli
Plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 4 ta tabletka blisterda. 1 ta blister va qo‘llanma karton qutida.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!