-
Tarkibi
1 ml eritmada quyidagilar mavjud:
faol modda: arginina aspartat (L-arginina aspartat) ‒ 200 mg;
yordamchi modda: propilparagidroksibenzоat (E 216), metilparagidroksibenzоat (E 218), sorbit (E 420), natriy saxarin (E 954), uzum aromatizatori, tozalangan suv.
-
Qo'llanilishi
Yurak va miya tomirlarining aterosklerozini, arterial gipertenziya, periferik tomirlar aterosklerozini kompleks davolashda;
diabetik angiopatiyada;
surunkali yurak yetishmovchiligida;
giperxolesterinemiyada;
surunkali obstruktiv o'pka kasalliklari, o'pka gipertenziyasida;
asteniya holatlarida qo'llaniladi.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Gipersensitivlik, buyrak funksiyasining og'ir buzilishlari.
Miokard infarkti (shu jumladan anamnezda).
-
Qo'llash usuli
Og'iz orqali qo'llanadi, ovqat paytida qabul qilinadi. Kattalarga yurak va miya tomirlarining aterosklerozida, periferik tomirlar aterosklerozida, diabetik angiopatiyada – 5 ml (1 o'lchov qoshiq – 1 g preparat) kuniga 3–8 marta. Giperxolesterinemiya, arterial gipertenziyada – 5 ml kuniga 3–6 marta. Surunkali obstruktiv o'pka kasalliklari, o'pka gipertenziyasida – 5 ml kuniga 3–6 marta. Astenik holatlarda – 5 ml kuniga 4–8 marta. Maksimal sutkalik doza – 8 g. Davolash kursining davomiyligi – 8–15 kun; zaruriyat tug'ilganda davolash kursi takrorlanishi kerak.
Bolalar
18 yoshgacha bo'lgan bemorlarga qo'llanilmaydi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Suyak-mushak tizimi tomonidan: bo‘g‘imlarda og‘riq.
Ovqat hazm qilish trakti tomonidan: kamdan-kam hollarda – me’da va ichakda yengil noqulaylik hissi, dori vositasini qo‘llaganidan so‘ng bevosita ko‘ngil aynishi, ular o‘z-o‘zidan yo‘qoladi.
Immun tizimi tomonidan: gipersensitivlik reaksiyalari, shu jumladan bronxospazm.
Laborator ko‘rsatkichlar: giperqaliemiya.
-
Farmakologik xususiyatlari
Sargin® Aspartat antigipoksik, tsitoprotektor, antioksidant, dezintoksikatsion, membranostabilizatsion ta'sir ko'rsatadi. Ammiakni neytrallash va uni organizmdan chiqarib yuborish jarayonlarida muhim rol o'ynaydi, jigarni dezintoksikatsion funksiyasini kuchaytiradi. Gepatoprotektor ta'sir ko'rsatadi, gepatotsitlarda energiya ta'minoti jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Azot oksidi donatori sifatida Sargin® Aspartat organizmning energiya ta'minoti jarayonlarida ishtirok etadi, leykotsitlar va trombotsitlarning qon tomir endoteliyasiga faollashuvi va adgeziyasini kamaytiradi, aterosklerotik blyashkalar hosil bo'lishi va rivojlanishining oldini oladi, fibrinogenoliz, spermatogenez jarayonlarida ishtirok etadi.
Dori vositasi o'rtacha anabolik ta'sir ko'rsatadi, timus bezining faoliyatini stimulyatsiya qiladi, insulin sinteziga yordam beradi va jismoniy yuklama vaqtida qonda glyukoza miqdorini tartibga soladi, kislota-ishqor muvozanatini tuzatishga yordam beradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Elektrolit almashinuvi buzilishlari, buyrak kasalliklarida ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak. Dori vositasini qo'llashda muvozanatli uyqu va dam olish tartibiga rioya qilish, alkogol, nikotin va psixostimulyatorlardan voz kechish zarur. Agar preparat qabul qilish fonida asteniya simptomlari kuchaysa, davolashni to'xtatish kerak.
Preparatni stenokardiyasi bo'lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Irsi fruktoza intoleransiyasi bo'lgan bemorlarga preparatni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Dori vositasi sorbit (E 420) saqlaydi, agar Sizda ayrim shakarlarga intoleransiya aniqlangan bo'lsa, ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparat tarkibida yordamchi modda sifatida metilparagidroksibenzoat (E 218) va propilparagidroksibenzoat (E 216) mavjud, bu allergik reaksiyalar (ehtimol, sekinlashgan) chaqirishi mumkin.
Ushbu dori vositasi 0,04 mmol (0,95 mg)/doza (5 ml) natriydan kam miqdorda saqlaydi, ya'ni deyarli natriydan xoli.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanilishi
Preparat platsentadan o'tadi, shuning uchun homiladorlik davrida uni faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga potensial xavfdan yuqori bo'lsa qo'llash mumkin.
Preparatni emizish davrida qo'llash bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Ta'sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simpomlari: yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, gipoglikemik holatlar.
Davolash. Ko'rsatilgan holatlar mavjud bo'lsa, preparatni qabul qilishni to'xtatish kerak. Oshqozonni yuvish, sorbentlar qabul qilish ko'rsatilgan. Antidot mavjud emas. Davolash simptomatik.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Aspartat arginini qo‘llanilganda, aminofillin bilan arginin birga qo‘llanilganda qonda insulin miqdorining oshishi, spironolakton bilan arginin birga qo‘llanilganda esa qonda kaliy miqdorining oshishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Arginin tiopental bilan mos kelmaydi.