Maxsus ko'rsatmalar
Ehtiyotkorlik bilan quyidagi holatlarda qo'llaniladi: taxiaritmiyalar va yurak ritmining boshqa buzilishlari, arterial gipertenziya, miokardit, yurak nuqsonlari, aortal stenoz, qandli diabet, tireotoksikoz, glaukoma, o‘tkir yurak yetishmovchiligi (shifokor tomonidan diqqat bilan nazorat qilinishi sharti bilan).
Salbutamol dozasini yoki qabul qilish tez-tezligini oshirish shifokor nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Intervalni qisqartirish faqat istisno holatlarda va qat'iy asoslangan bo‘lishi lozim.
Salbutamol qo‘llanilganda gipokaliemiya rivojlanish xavfi mavjud, shuning uchun og‘ir kechadigan bronxial astmali bemorlarda davolash davrida qonda kaliy darajasini nazorat qilish zarur. Gipokaliemiya xavfi gipoksiya holatida ortadi.
Homiladorlik va laktatsiya
Salbutamol homiladorlikning I va II trimestrlarida homilani tushish xavfi, muddatidan oldin platsentaning ajralishi, qon ketish yoki III trimestrda toksikoz bo‘lsa, qo‘llash mumkin emas.
Agar homiladorlik davrida salbutamol qo‘llash zarur bo‘lsa, davolashning ona uchun kutilayotgan foydasi va homila uchun potentsial xavfi solishtirilishi kerak. Hozirgi vaqtda homiladorlikning ilk bosqichlarida salbutamol qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha yetarli ma'lumot yo‘q. Salbutamol ona suti bilan ajraladi, shuning uchun laktatsiya davrida qo‘llash zarur bo‘lsa, davolashning ona uchun kutilayotgan foydasi va bola uchun mumkin bo‘lgan xavfi ham baholanishi kerak.
Bola yoshida qo‘llanishi
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Avtomobil va/yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Salbutamol tutqanoq va bosh aylanishi kabi nojo‘ya ta'sirlarni chaqirishi mumkinligi sababli, dastlabki qabul qilishda yuqori ehtiyotkorlik bilan harakat qilish yoki transport vositalarini boshqarish va boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan voz kechish tavsiya etiladi.