Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Rotalud 2 mg № 10
Rotalud 2 mg № 10
Ishlab chiqaruvchi: World Medicine
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud
33 759 so'm 34 100 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari rotalud 2 mg № 10
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    2 mg
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    10 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletka tarkibida Faol modda tizanidin (tizanidin gidroxlorid shaklida) 4 mg;
    Yordamchi moddalari tsellaktoza 80, mikrokristallik tsellyuloza, kraxmal 1500, kremniy dioksidi kolloid suvdan holi.
  • Qo'llanilishi
    Og‘riqli mushak spazmlari; - tarqalgan skleroz natijasida yuzaga kelgan spastiklik; - orqa miya shikastlanishlari natijasida yuzaga kelgan spastiklik; - bosh miya shikastlanishlari natijasida yuzaga kelgan spastiklik.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    tizanidinga yoki dori vositasining boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; og'ir buyrak yetishmovchiligi;
  • Qo'llash usuli
    Tabletkalar entaral yo‘l bilan ovqat bilan yoki ovqatsiz qabul qilinadi va yetarli miqdorda suv bilan ichiladi. Skelet mushaklarining og‘riqli spazmlarini bartaraf etish uchun doza 2-4 mg dan kuniga 3 marta. Agar ta’siri yetarli bo‘lmasa, kechqurun yana 2-4 mg qabul qilish mumkin. Nevrologik buzilishlar bilan bog‘liq spastiklikda doza individual tarzda tanlanadi, boshlang‘ich doza 6 mg dan (3 qabulda) oshmasligi kerak; keyingi sutkalik dozalari har 3-7 kunda 2-4 mg ga asta-sekin oshiriladi. Optimal terapevtik ta’sir sutkada 12-24 mg dozada, 3-4 teng qabulga bo‘lingan holda erishiladi. Sutkalik doza 36 mg dan oshmasligi kerak. Davolash davomiyligi individual tarzda belgilanadi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Tizanidin odatda bemorlar tomonidan yaxshi qabul qilinadi; kichik dozalarida uyquchanlik, charchoq, bosh aylanishi, og'izda quruqlik, qayt qilish yoki arterial bosimning biroz pasayishi hissi paydo bo'lishi mumkin. Yuqori dozalarida mushak zaifligi, uyqusizlik, gipotenziya yoki bradikardiya mumkin; boshqa hollarda esa - qon serumidagi transaminazlar darajasining oshishi.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Tizanidin - markaziy ta’sirli miorelaksant bo‘lib, orqa miya darajasida bevosita ta’sir ko‘rsatadi, u yerda qo‘zg‘atuvchi aminokislotalarning ajralishini ingibitsiya qiladi, ular N-metil-D-aspartatga sezgir retseptorlarni (NMDA-retseptorlar) stimulyatsiya qiladi. Bu ta’sir presinaptik α2-retseptorlarni stimulyatsiya qilish bilan bog‘liq. Shu tariqa, orqa miya darajasida oraliq neyronlararo bog‘lanishlarda postsinaptik mexanizmlar bostiriladi, bu mushak gipertonusiga javob beradi va mushak tonusining pasayishiga olib keladi. Miorelaksatsion xususiyatlardan tashqari, tizanidin markaziy o‘rtacha analgezik ta’sir ham ko‘rsatadi. Tizanidin og‘riqli mushak spazmi va orqa miya hamda miya kelib chiqishli spastik holatlarda spazmolitik sifatida qo‘llaniladi. Tizanidin passiv harakatlarga qarshilikni kamaytiradi, spazm va klonik tutqanoqlarni kamaytiradi, shuningdek, skelet mushaklarining ixtiyoriy qisqarish kuchini oshiradi.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Tizanidin bilan bog‘liq jigar funksiyasi buzilishlari holatlari haqida xabar berilgan, biroq kunlik doza 12 mg gacha bo‘lgan hollarda bu holatlar kamdan-kam uchragan. Shu munosabat bilan, tizanidin kunlik doza 12 mg va undan yuqori bo‘lgan bemorlarda, shuningdek, jigar funksiyasi buzilishi ehtimolini ko‘rsatuvchi klinik belgilar, masalan, tushuntirib bo‘lmaydigan ko‘ngil aynishi, anoreksiya, charchoq hissi kuzatilganda, davolashning dastlabki 4 oyida oyiga 1 marta jigar funksional testlarini nazorat qilish tavsiya etiladi. Agar ALT va AST darajalari zardobda normal yuqori chegaradan 3 baravar va undan ko‘p oshsa, Rotalud qo‘llashni to‘xtatish kerak.
    Preparatni keksa yoshdagi bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, chunki yoshga bog‘liq metabolik klirens o‘zgarishlari tufayli tizanidinning chiqarilishi sekinlashadi.
    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash. Rotalud homiladorlik davrida faqat davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa, buyurilishi kerak. Tizanidin gidroxloridi, ehtimol, ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun preparatni laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.

    Pediatriyada qo‘llash.

    Rotalud preparati pediatriyada qo‘llanilmaydi.
    Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Nojo‘ya ta’sirlarni hisobga olgan holda, preparat avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun yuqori diqqat jamlanishini, tez psixomotor reaksiyalarni talab qiluvchi faoliyatdan saqlanish kerak.
    Preparatni bolalar uchun yetib bo‘lmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. 

    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash
    Homiladorlik

    Ona organizmi uchun toksik bo‘lgan dozada pre- va postnatal o‘lim holatlari kuzatilgan.

    Homilador ayollarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli, preparatni homiladorlik davrida faqat foyda aniq xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash kerak.

    Laktatsiya

    Tizanidin ko‘krak sutiga faqat kichik miqdorda o‘tishiga qaramay, emizikli ayollarga tizanidin qabul qilish tavsiya etilmaydi. 

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Sara
    ico ico ico ico ico
    Роталуд 2 мг помог мне справиться с болями в спине, я очень довольна результатом.
    05 August 2024
    0
    0
  • Ali
    ico ico ico ico ico
    Отличное качество лекарства, оперативная доставка от магазина Oxymed.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico