Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Kapillyar qon aylanishini yaxshilash uchun:
· travmatik, operatsion, gemolitik, toksik va kuyish shokini oldini olish va davolash maqsadida;
· o‘tkir qon yo‘qotishda;
· kuyish kasalligida;
· intoksikatsiya bilan kechuvchi infeksion kasalliklarda;
· surunkali gepatitning zo‘rayishida;
· sepsisda;
· operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va operatsiyadan keyingi davrda;
· arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash, trombozlar, tromboflebitlar, endoarteriitlar, Reyno kasalligini oldini olish va davolash maqsadida.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparatning har qanday tarkibiy komponentiga gipersensitivlik;
· alkaloz;
· katta hajmdagi suyuqlik quyish mumkin bo‘lmagan holatlarda (miya qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensatsiyasi, arterial gipertenziya III bosqich, terminal buyrak yetishmovchiligi).
· gipertonik degidratatsiya
Ehtiyotkorlik bilan: me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi, noaniq yarali kolit, gemorragik kolitli bemorlarda.
Qo'llash usuli
Resorbilon kattalarga veno ichiga oqim yoki tomchilab yuboriladi.
Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shoklarda – 500-1000 ml (10-15 ml/kg tana vazniga) bir marta va qayta 500-1000 ml (10-15 ml/kg tana vazniga) avval oqim, keyin tomchilab.
Surunkali gepatitlarda – kattalarga 500 ml (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab.
O'tkir qon yo'qotishda – kattalarga 1500-1800 ml (25 ml/kg tana vazniga gacha). Bunday holda Resorbilon infuziyasini shifoxonagacha bo'lgan bosqichda, maxsus "Tez yordam" mashinasida o'tkazish tavsiya etiladi.
Operatsiyadan oldingi davrda va turli jarrohlik aralashuvlaridan keyin – 500 ml (6-7 ml/kg tana vazniga) tomchilab, bir marta yoki qayta, 3-5 kun davomida.
Qon tomirlarining trombooblitiratsion kasalliklarida – 8-10 ml/kg tana vazniga hisoblab, tomchilab, qayta, bir kunda bir marta. Davolash kursi – 10 infuziyagacha.
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni 10 ml/kg tana vazniga hisoblab yuborish tavsiya etiladi, 6 yoshdan 12 yoshgacha – kattalar dozasining yarmida, 12 yoshdan katta bolalarga – mahsulot dozasini kattalarnikiga teng qilib yuboriladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Mumkin: alkaloz, anafiloaktik reaktsiyalar, angionevrotik shish, teri toshmasi, qichish, gipertemiya.
Yurak-qon tomir tizimidan: arterial bosimning oshishi yoki pasayishi, takikardiya, nafas qisilishi, akrotsianoz.
Nevrologik buzilishlar: tremor, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, umumiy zaiflik.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Resorbilonni fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirib bo‘lmaydi. Boshqa dori vositalari uchun eritma-tashuvchi sifatida qo‘llanilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Sintomlar: alkaloz belgilari paydo bo‘ladi, yuborish tezligi oshib ketganda taxikardiya, arterial bosimning oshishi, nafas qisilishi, bosh og‘rig‘i, ko‘krak orqasida va qorin sohasida og‘riq kuzatilishi mumkin, ular preparat yuborilishini darhol to‘xtatganda tezda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!