Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Rekon-150g №1
Rekon-150g №1
Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Ltd
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    7 yoshdan

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Taqiqlangan

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari rekon-150g №1
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada quyidagilar mavjud:
    faol modda: flukonazol – 150 mg;
    yordamchi modda: laktosa, kalsiy gidrogen fosfat, mikrokristallik tsellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, makkajo‘xori kraxmali (pasta), natriy metilgidroksibenzoat, natriy propilgidroksibenzoat, tozalangan suv, tozalangan talk, magniy stearat, natriy kraxmal glikolyat.
  • Qo'llanilishi
    • kandida tomonidan chaqirilgan infeksiyalar, shu jumladan generalizatsiyalashgan kandidoz, kandideemiya, dissemine kandidoz va boshqa invaziv kandidoz infeksiyalari (endokard, ko‘z, nafas va siydik yo‘llari infeksiyalari);
    • shilliq qavatlarning kandidozi, shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i, tomoq va qizilo‘ngach kandidozi;
    • invaziv bo‘lmagan bronx-o‘pka kandidozi;
    • kandiduriya;
    • teri-shilliq va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining surunkali atrofik kandidozi (tish protezlari taqish bilan bog‘liq);
    • genital kandidoz: vaginal kandidoz (o‘tkir yoki qaytalanuvchi), shu jumladan vaginal kandidozning qaytalanishini oldini olish (yilda 3 va undan ko‘p marta uchraganda), shuningdek, kandidoz balaniti.
    Flukonazol kriptokokk meningiti va boshqa lokalizatsiyadagi kriptokokk infeksiyalarida; dermatofitozlarda, shu jumladan oyoq, tana, qov sohasidagi mikozlarda; temiratki; onixomikozda; chuqur endemik mikozlarda, shu jumladan koktsidioidomikoz, parakoktsidioidomikoz, sporotrixoz va gistoplazmozda; shuningdek, sitostatik yoki nurlanish terapiyasi oladigan, OITS bilan kasallangan bemorlarda zamburug‘ infeksiyalarini oldini olish uchun qo‘llaniladi.
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    • flukonazol yoki unga kimyoviy tuzilishi jihatidan yaqin bo‘lgan azol birikmalariga yuqori sezuvchanlik; 
    • flukonazol bilan 400 mg/kun va undan yuqori dozalarda davolanayotgan bemorlarda terfenadin bilan bir vaqtda qo‘llash; 
    • jigar yetishmovchiligi; 
    • homiladorlik va laktatsiya; 
    • 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Rekon 150, odatda, yaxshi ko‘riladi.
    Biroq, nojo‘ya ta’sirlardan eng ko‘p bosh og‘rig‘i, qorin og‘rig‘i, diareya, meteorizm, ko‘ngil aynishi, qusish, jigar toksik shikastlanishi (laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi – ishqoriy fosfataza, bilirubin, aminotransferazalar darajasining oshishi) va gepatit rivojlanishi kuzatilishi mumkin. Shuningdek, bosh aylanishi, tutqanoq; alopesiya, eksfoliativ teri reaksiyalari; leykotsitlar (neytropeniya, agranulositoz) va trombotsitlar sonining o‘zgarishi; allergik reaksiyalar (teri toshmalari, qichishish, yuzning shishishi, anafilaksiya), xolesterin, triglitseridlar, qonda kaliy darajasining oshishi; ta’m sezgilarining o‘zgarishi kuzatilishi mumkin.
    Har qanday noodatiy reaksiyalar paydo bo‘lsa, dori vositasini keyingi qo‘llash bo‘yicha shifokor bilan albatta maslahatlashing!
  • Farmakologik xususiyatlari
    Flukonazol – yangi triazol sinfiga mansub zamburug‘larga qarshi preparat bo‘lib, zamburug‘ hujayrasida sterollar sintezining kuchli selektiv ingibitori hisoblanadi. Ta’sir mexanizmi zamburug‘ hujayrasining 14a-demetilaza fermentini aniq ingibitsiyalash va natijada zamburug‘ va mog‘or hujayra devorining asosiy komponenti bo‘lgan ergosterol sintezini bostirish bilan bog‘liq.
    Quyidagi mikoz qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan faol: Blastomyces dermatitidis, Candida spp., Coccidioides immitis, Cryptococcus neoformans, Epidermophyton spp., Histoplasma capsulatum, Microsporum spp. va Trichophyton spp. Ba’zi Candida spp. shtammlariga flukonazolni uzoq muddat qo‘llash natijasida ta’sir qilmaydi. Boshqa azol zamburug‘larga qarshi preparatlar bilan o‘zaro rezistentlik qayd etilgan. Mikrobiologik o‘zaro ta’sir: in vitro tajribalarda terbinafin va flukonazolning Candida albicans ga nisbatan sinergik zamburug‘larga qarshi ta’siri aniqlangan.
  • Maxsus ko'rsatmalar
    Muhimki, ushbu preparatni buyurgan shifokor davolash jarayonini nazorat qilib borsin. Bemorlar belgilangan vaqtda shifokorga murojaat qilishni unutmasliklari kerak.
    Davolashni boshlashdan oldin bemorlar shifokor bilan maslahatlashishlari zarur!
    Flukonazol bilan davolanish vaqtida jigar funksiyasi ko‘rsatkichlari buzilgan bemorlar shifokor nazoratida bo‘lishlari kerak. Jigar shikastlanishining klinik belgilari paydo bo‘lsa, flukonazolni bekor qilish lozim.
    SPID bilan kasallangan bemorlar ko‘plab preparatlarni qabul qilishda og‘ir teri reaksiyalariga moyil bo‘lishadi. Yuzaki zamburug‘li infeksiya bo‘yicha davolanayotgan bemorda toshmalar paydo bo‘lsa, bu flukonazol qo‘llanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, preparatni bekor qilish lozim. Invaziv/sistemali zamburug‘li infeksiyali bemorlarda toshmalar paydo bo‘lsa, shifokor bemor holatini albatta kuzatishi va polimorf eritema paydo bo‘lsa, flukonazolni bekor qilishi kerak. Flukonazolni homilador ayollarni davolash uchun buyurishdan saqlanish lozim, bundan mustasno og‘ir va hayot uchun xavfli bo‘lgan zamburug‘li infeksiyalar, bunda ayol uchun kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lsa. Flukonazol ona sutida qon bilan bir xil konsentratsiyada aniqlanadi, shuning uchun laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
    Dori vositasini bolalar ololmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmaslik kerak. 

    Avtotransport boshqarish va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
    Bemorlar preparatni qabul qilish vaqtida yuqori e’tibor va tez psixik va harakat reaksiyalarini talab qiladigan ishlarni (masalan, avtomobil boshqarish) bajarishdan saqlanishlari kerak. 
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Varfarin va flukonazolni bir vaqtda qabul qilish protrombin vaqtini oshiradi; flukonazol va peroral gipoglikemik sulfonilmochevina hosilalari (xlorpropamid, glibenklamid, glipizid va tolbutamid) preparatlarini birga qabul qilish ularning yarim chiqarilish davrini uzaytiradi (gipoglikemiya rivojlanishi ehtimolini hisobga olish kerak).

    Rekon 150 preparatini va fenitoinni bir vaqtda qabul qilish fenitoin konsentratsiyasini klinik ahamiyatli darajada oshiradi (konsentratsiyani monitoring qilish va dozasini tanlash zarur). Gidroxlorotiazidni ko‘p marotaba qo‘llash flukonazolning qon plazmasidagi konsentratsiyasini oshiradi, biroq, odatda, flukonazol dozalash tartibini o‘zgartirish shart emas.

    Flukonazolning 50-200 mg dozasi peroral qo‘llaniladigan birikma kontratseptiv vositalarning samaradorligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi.

    Flukonazol va rifampitsinni birga qabul qilish AUC (farmakologik egri ostidagi maydon, “konsentratsiya/vaqt” bog‘liqligini aniqlaydi) ni 25% ga va flukonazolning yarim chiqarilish davrini 20% ga kamaytiradi.

    Ushbu preparatlar kombinatsiyasidan foydalanayotgan bemorlarda flukonazol dozasini oshirish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur.

    Flukonazolni qo‘llash davrida qonda siklosporin konsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.

    Flukonazol va zidovudin kombinatsiyasi buyurilgan bemorlarni zidovudinning nojo‘ya reaksiyalarini erta aniqlash maqsadida kuzatib borish kerak, AUC (farmakologik egri ostidagi maydon, “konsentratsiya/vaqt” bog‘liqligini aniqlaydi) bu holatda sezilarli darajada oshadi.

    Flukonazolni qabul qilayotgan bemorlarda, agar ular bir vaqtda tsizaprid, astemizol, rifabutin, takrolimus yoki sitoxrom P450 tizimi orqali metabolizmlanadigan boshqa dori vositalarini ham qabul qilsa, ushbu preparatlarning qondagi konsentratsiyasi oshishi mumkin.

    Tsimetidin yoki antatsidlarni bir vaqtda qabul qilish flukonazol so‘rilishiga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi. 
  • Dozani oshirib yuborilishi
     
    Sintomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, og‘ir hollarda – tutqanoq bo‘lishi mumkin.

    Davolash: me’da yuvish va simptomatik terapiya tavsiya etiladi. Flukonazol siydik bilan chiqariladi, shuning uchun majburiy diurez uning organizmdan chiqarilishini oshiradi. 3 soat davomida gemodializ o‘tkazish flukonazolning plazmadagi konsentratsiyasini yarmiga kamaytiradi 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Рекомендую всем, кто хочет улучшить состояние своей кожи. Спасибо магазину за качественный товар.
    05 August 2024
    0
    0
  • Lola
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат, доставка быстрая, результаты видны уже через неделю.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico