Nojo´ya ta´sirlar
Kariprazin qo‘llanilganda barcha uchta ko‘rsatmada eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya dori reaksiyalari (NDR) ekstrapiramidal simptomlar bilan bog‘liq edi.
Quyida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar organ tizimlari sinflari va afzal terminlarga ko‘ra taqsimlangan.
Nojo‘ya reaksiyalar quyidagi uchrashish tezligiga muvofiq keltirilgan: juda tez-tez - 1/10 buyurilishda (≥10%); tez-tez - 1/10 -1/100 buyurilishda (≥1% va <10%); kamdan-kam - 1/100-1/1000 buyurilishda (≥0.1% va <1%); kam - 1/1000-1/10000 buyurilishda (≥0.01% va <0.1%); juda kam - <1/10000 buyurilishda (<0.01%); tezligi noma’lum - NDR tezligini baholash uchun yetarli ma’lumot yo‘q. Har bir tezlik guruhida nojo‘ya reaksiyalar jiddiylik darajasiga qarab kamayish tartibida keltirilgan.
Shizofreniya
Kariprazinning xavfsizlik profili bir nechta qisqa va uzoq muddatli klinik tadqiqotlar asosida, kariprazin terapevtik dozalari 1.5 mg dan 6 mg gacha bo‘lgan taxminan 2000 nafar shizofreniya bilan kasallangan bemorlarda baholangan.
Qon va limfa tizimi tomonidan: kamdan-kam - anemiya, eozinofiliya; kam - neyropeniya.
Immun tizimi tomonidan: kam - gipersensitivlik.
Endokrin tizimi tomonidan: kamdan-kam - qonda tireotrop gormon konsentratsiyasining pasayishi; kam - gipotireoz.
Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan: tez-tez - tana vaznining oshishi, ishtahaning pasayishi, ishtahaning oshishi, dislipidemiya; kamdan-kam - qonda natriy miqdorining buzilishi, qonda glyukoza konsentratsiyasining oshishi, qandli diabet.
Psixika buzilishlari: tez-tez - uyqu buzilishlari1, xavotir; kamdan-kam - suiqasd xatti-harakati, deliriy, depressiya, libido pasayishi, libido oshishi, erektil disfunktsiya.
Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez - akatiziya2, parkinsonizm3; tez-tez - sustkashlik, bosh aylanishi, distoniya4, boshqa ekstrapiramidal buzilishlar va harakat buzilishlari5; kamdan-kam - letargiya, dizesteziya, diskineziya6, kech diskineziya; kam - tutqanoq/tutqanoqlar, amneziya, afaziya; tezligi noma’lum - yomon sifatli neyroleptik sindrom.
Ko‘rish organi tomonidan: tez-tez - ko‘rishning xiralashuvi; kamdan-kam - ko‘zning tirnashishi, ko‘z ichki bosimining oshishi, akkomodatsiya buzilishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi; kam - fotofobiya, katarakta.
Eshitish organi va labirint buzilishlari tomonidan: kamdan-kam - vertigo.
Yurak tomonidan: tez-tez - taxiaritmiya; kamdan-kam - yurak o‘tkazuvchanligi buzilishi, bradiaritmiya, EKGda QT intervalining uzayishi, EKGda T tishchasining buzilishi.
Tomirlar tomonidan: tez-tez - QAB oshishi; kamdan-kam - QAB pasayishi.
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasining organlari tomonidan: kamdan-kam - hiqichoq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko‘ngil aynishi, qabziyat, qusish; kamdan-kam - gastroezofageal reflyuks kasalligi; kam - disfagiya.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: tez-tez - jigar fermentlari faolligining oshishi; kamdan-kam - qonda bilirubin miqdorining oshishi; tezligi noma’lum - toksik gepatit.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kamdan-kam - qichishish, toshma.
Skelet-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - qonda KFK faolligining oshishi; kam - rabdomioliz.
Siydik ajratish tizimi tomonidan: kamdan-kam - dizuriya, pollakiuriya.
Homiladorlik, tug‘ruqdan keyingi va perinatal holatlarga ta’siri: tezligi noma’lum - yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda bekor qilish sindromi.
Umumiy buzilishlar: tez-tez - charchoq; kamdan-kam - chanqoq.
1 Uyqu buzilishlari: uyqusizlik, noodatiy/tushkun tushlar, sirkadiyalik ritm buzilishi, dissomniya, gipersomniya, uxlab qolish buzilishi, intrasomnik buzilish, tushkun tushlar, uyqu buzilishi, somnambulizm, erta uyg‘onish.
2 Akatiziya: akatiziya, psixomotor giperkativlik, o‘tirib turolmaslik.
3 Parkinsonizm: akineziya, bradikineziya, bradifreniya, "tishli g‘ildirak" tipidagi rigidlik, ekstrapiramidal buzilishlar, yurish buzilishi, gipokineziya, bo‘g‘imlarning qotishi, tremor, niqobga o‘xshash yuz, mushaklarning rigidligi, tayanch-harakat tizimi qotishi, ensa mushaklarining rigidligi, parkinsonizm.
4 Distoniya: blefarospazm, distoniya, mushaklarning tarangligi, oromandibulyar distoniya, qiyshayish, trizm.
5 Boshqa ekstrapiramidal buzilishlar va harakat buzilishlari: muvozanat buzilishi, bruksizm, so‘lak ajralishi, dizartriya, yurishning beqarorligi, glabellar refleks buzilishi, reflekslarning pasayishi, harakat buzilishlari, "bezovta oyoqlar" sindromi, so‘lak ajralishi, til harakatlari buzilishi.
6 Diskineziya: xoreoatetoz, diskineziya, mimik harakatlar, okulogir kriz, tilning protruziyasi.
Bipolyar buzilish I tipidagi manik yoki aralash epizodlar
Kariprazinning xavfsizlik profili birta uzoq muddatli va bir nechta qisqa muddatli klinik tadqiqotlar asosida, kariprazin terapevtik dozalari 3 mg dan 6 mg gacha bo‘lgan taxminan 500 nafar bipolyar buzilish I tipidagi manik yoki aralash epizodli bemorlarda baholangan.
Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez - tana vaznining oshishi1, ishtahaning pasayishi.
Psixik buzilishlar: tez-tez - uyqu buzilishlari2, xavotir; kamdan-kam - ongning chalkashligi, libido pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez - akatiziya3, parkinsonizm4; tez-tez - bosh og‘rig‘i5, distoniya6, sustkashlik7, bosh aylanishi, boshqa ekstrapiramidal buzilishlar va harakat buzilishlari8; kamdan-kam - letargiya, disgevziya, tutqanoqlar.
Ko‘rish organi tomonidan: tez-tez - ko‘rishning xiralashuvi; kamdan-kam - quruq ko‘z sindromi, fotofobiya.
Eshitish organi va labirint buzilishlari tomonidan: kamdan-kam - vertigo, quloq shang‘illashi.
Yurak tomonidan: tez-tez - taxikardiya9; kamdan-kam - AV-blokada I daraja.
Tomirlar tomonidan: tez-tez - QAB oshishi10, QAB pasayishi11; kamdan-kam - "to‘lqinlar".
Nafas olish tizimi, ko‘krak qafasi va o‘rta ko‘krak sohasining organlari tomonidan: kamdan-kam - hiqichoq.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko‘ngil aynishi, qabziyat, qusish, dispepsiya, og‘iz qurishi; kamdan-kam - qorin dam bo‘lishi, disfagiya.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: kamdan-kam - jigar fermentlari faolligining oshishi12, jigar funksiyasi laborator ko‘rsatkichlarining og‘ishi.
Skelet-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - skelet-mushak og‘rig‘i13; kamdan-kam - qonda KFK faolligining oshishi.
Siymik ajratish tizimi tomonidan: kamdan-kam - pollakiuriya.
Reproduktiv tizim va sut bezlari tomonidan: kamdan-kam - libido pasayishi.
Umumiy buzilishlar: tez-tez - charchoq14.
1 Tana vaznining oshishi: tana vaznining oshishi, bel atrofi o‘lchamining oshishi
2 Uyqu buzilishlari: uyqusizlik, tushkun tushlar, erta uyg‘onish.
3 Akatiziya: akatiziya, o‘tirib turolmaslik, psixomotor giperkativlik.
4 Parkinsonizm: bradikineziya, ekstrapiramidal buzilishlar, yurish buzilishi, bo‘g‘imlarning qotishi, mushaklarning rigidligi, tayanch-harakat tizimi qotishi, parkinsonizm, tremor.
5 Bosh og‘rig‘i: bosh og‘rig‘i, zo‘riqish bosh og‘rig‘i.
6 Distoniya: blefarospazm, distoniya, mushak spazmi, mushaklarning tarangligi, oromandibulyar distoniya.
7 Sustkashlik: gipersomniya, sustkashlik, uyquchanlik.
8 Boshqa ekstrapiramidal buzilishlar va harakat buzilishlari: muvozanat buzilishi, so‘lak ajralishi, dizartriya, mushaklarning qisilishi, "bezovta oyoqlar" sindromi, ko‘p so‘lak ajralishi.
9 Taxikardiya: yurak urish tezligining oshishi, ortostatik yurak urish tezligi reaksiyasi, postural ortostatik taxikardiya sindromi, taxikardiya, sinus taxikardiyasi.
10 QAB oshishi: QAB oshishi, diastolik QAB oshishi, gipertenziya.
11 QAB pasayishi: ortostatik gipotenziya, gipotenziya.
12 Jigar fermentlari faolligining oshishi: ALT faolligining oshishi, AST faolligining oshishi, jigar fermentlari faolligining anomaliyalari.
13 Skelet-mushak og‘rig‘i: artralgia, skelet-mushak og‘rig‘i, mialgiya, bo‘yning og‘rig‘i, og‘riq, qo‘l-oyoq og‘rig‘i, jag‘ og‘rig‘i.
14 Charchoq: asteniya, charchoq, sustkashlik.
Bipolyar depressiyali bemorlar
Kariprazinning xavfsizlik profili tadqiqotlar asosida, kariprazin terapevtik dozalari 1.5 mg dan 3 mg gacha bo‘lgan taxminan 1000 nafar bipolyar depressiyali bemorlarda baholangan.
Modda almashinuvi tomonidan: tez-tez - ishtahaning oshishi, tana vaznining oshishi; kamdan-kam - gipyerinsulinemiya1, gipyerxolesterinemiya2.
Psixik buzilishlar: tez-tez - uyqu buzilishlari3, xavotir4; kamdan-kam - erektil disfunktsiya, orgazm buzilishi, suiqasd fikrlari.
Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez - akatiziya5; tez-tez - sustkashlik6, bosh aylanishi7, parkinsonizm8, boshqa ekstrapiramidal buzilishlar va harakat buzilishlari9; kamdan-kam - distoniya10, diskineziya, aqliy faoliyatning pasayishi.
Ko‘rish organi tomonidan: kamdan-kam - ko‘rishning xiralashuvi, fotofobiya.
Eshitish organi va labirint tomonidan: kamdan-kam - vertigo.
Yurak tomonidan: kamdan-kam - EKGda T tishchasining buzilishi11.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez - ko‘ngil aynishi, qusish; kamdan-kam - qorin og‘rig‘i12, gastroezofageal reflyuks kasalligi.
Jigar va o‘t yo‘llari tomonidan: kamdan-kam - jigar fermentlari faolligining oshishi13.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: kamdan-kam - qichishish.
Skelet-mushak tizimi tomonidan: tez-tez - skelet-mushak og‘rig‘i14; kamdan-kam - mushak zaifligi.
Umumiy buzilishlar: tez-tez - charchoq15; kamdan-kam - chanqoq, energiyaning oshishi.
1Gipyerinsulinemiya: qonda glyukoza darajasining oshishi, qonda insulin darajasining oshishi, glikozillangan gemoglobin darajasining oshishi, gipyerinsulinemiya.
2Gipyerxolesterinemiya: qonda xolesterin darajasining oshishi, gipyerxolesterinemiya.
3Uyqu buzilishlari: noodatiy tushlar, uxlab qolish buzilishi, uyqusizlik, boshqa psixik buzilish bilan bog‘liq uyqusizlik, intrasomnik buzilish, tushkun tushlar, yomon uyqu sifati, uyqu buzilishi, erta uyg‘onish.
4Xavotir: xavotir, bezovtalik hissi, asabiylashish, vahima xurujlari, taranglik.
5Akatiziya: qo‘zg‘aluvchanlik, akatiziya, o‘tirib turolmaslik.
6Sustkashlik: gipersomniya, sustkashlik, uyquchanlik.
7Bosh aylanishi: bosh aylanishi, postural bosh aylanishi.
8Parkinsonizm: akineziya, ekstrapiramidal buzilishlar, yurish buzilishi, bo‘g‘imlarning qotishi, mushaklarning rigidligi, tremor.
9Boshqa ekstrapiramidal buzilishlar va harakat buzilishlari: bruksizm, ko‘p so‘lak ajralishi, so‘lak ajralishi, "bezovta oyoqlar" sindromi.
10Distoniya: blefarospazm, distoniya, mushaklarning tarangligi, mushak spazmi.
11EKGda T tishchasining buzilishi: EKGda T tishchasining buzilishi, EKGda 8T segmenti depressiyasi, EKGda T tishchasi amplitudasining pasayishi.
12 Qorin og‘rig‘i: qorin sohasida noqulaylik, qorin dam bo‘lishi, qorin og‘rig‘i, yuqori qorin og‘rig‘i
13 Jigar fermentlari faolligining oshishi: alaninaminotransferaza faolligining oshishi, aspartataminotransferaza faolligining oshishi, gamma-glutamiltransferaza faolligining oshishi, jigar fermentlari faolligining oshishi.
14Skelet-mushak og‘rig‘i: artralgia, bel og‘rig‘i, mialgiya, og‘riq, qo‘l-oyoq og‘rig‘i.
15Charchoq: asteniya, charchoq, mushak charchoqligi, sustlik.
Alohida nojo‘ya reaksiyalar tavsifi
Linzaning xiralashuvi/katarakta
Kariprazin bilan o‘tkazilgan doklinik tadqiqotlarda katarakta rivojlanishi kuzatilgan. Shuning uchun klinik tadqiqotlarda katarakta rivojlanishi diqqat bilan nazorat qilindi, ko‘zlar shoxli lampa yordamida ko‘rikdan o‘tkazildi va mavjud kataraktali bemorlar tadqiqotlardan chiqarib tashlandi. Kariprazin bilan shizofreniyani davolash uchun klinik dastur davomida katarakta bir necha holatda qayd etilgan bo‘lib, ular ko‘rish buzilmasdan linzaning engil xiralashuvi bilan xarakterlangan (13/3192; 0.4%). Ushbu bemorlarning ba’zilarida og‘irlashtiruvchi omillar mavjud edi. Ko‘rish organi tomonidan eng ko‘p qayd etilgan nojo‘ya hodisa ko‘rishning xiralashuvi bo‘lgan (platsebo: 1/683; 0.1%, kariprazin: 22/2048; 1.1%). Bipolyar maniya va depressiyaning qisqa muddatli tadqiqotlarida ham ko‘rish organi tomonidan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya hodisa ko‘rishning xiralashuvi bo‘lgan (platsebo: 5/433; 1.2%, kariprazin: 10/255; 3.9% va platsebo: 2/545; 0.4%, kariprazin 11/1014; 1.1%, mos ravishda). Maniyalar bo‘yicha birlashtirilgan tadqiqotlarda ham ko‘rish organi tomonidan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya hodisa ko‘rishning xiralashuvi bo‘lgan (17/485; 3.5%). Bipolyar maniya va bipolyar depressiya tadqiqotlarida terapevtik doza diapazonida katarakta rivojlanishi haqida xabar berilmagan.
Ekstrapiramidal simptomlar (EPS)
Qisqa muddatli tadqiqotlarda EPS rivojlanishi kariprazin olgan bemorlarning 27%, platsebo - 11.5%, risperidon - 30.7% va aripiprazol - 15.1% da kuzatilgan. Akatiziya kariprazin olgan bemorlarning 13.6%; platsebo - 5.1%; risperidon - 9.3% va aripiprazol - 9.9% da qayd etilgan. Parkinsonizm kariprazin olgan bemorlarning 13.6%; platsebo - 5.7%; risperidon - 22.1% va aripiprazol - 5.3% da kuzatilgan. Distoniya kariprazin olgan bemorlarning 1.8%; platsebo - 0.2%; risperidon - 3.6% va aripiprazol - 0.7% da qayd etilgan.
Platsebo-nazoratli uzoq muddatli tadqiqotning terapevtik ta’sirni saqlash bosqichida EPS kariprazin guruhida 13.7% bemorlarda, platsebo guruhida esa 3.0% bemorlarda kuzatilgan. Akatiziya kariprazin olgan bemorlarning 3.9% da, platsebo olgan bemorlarning 2.0% da qayd etilgan. Parkinsonizm kariprazin va platsebo guruhlarida mos ravishda 7.8% va 1.0% bemorlarda kuzatilgan.
Negativ simptomatika tadqiqotida EPS kariprazin guruhida 14.3% va risperidon guruhida 11.7% bemorlarda aniqlangan. Akatiziya kariprazin olgan bemorlarning 10.0% da, risperidon olgan bemorlarning 5.2% da kuzatilgan. Parkinsonizm kariprazin va risperidon guruhlarida mos ravishda 5.2% va 7.4% bemorlarda kuzatilgan. Ko‘pchilik hollarda EPS yengil yoki o‘rta og‘irlikda bo‘lgan va EPSni davolash uchun odatdagi dori vositalari bilan bartaraf etilgan. EPS bilan bog‘liq NDR tufayli davolashni to‘xtatish tezligi past bo‘lgan.
3 haftalik bipolyar maniya tadqiqotlarida akatiziya va o‘tirib turolmaslikdan tashqari ekstrapiramidal simptomlar bilan bog‘liq qayd etilgan nojo‘ya dori reaksiyalari tezligi kariprazin olgan bemorlarda 27.5%, platsebo olgan bemorlarda esa 11.3% ni tashkil qilgan. Akatiziya va o‘tirib turolmaslik tezligi kariprazin olgan bemorlarda 23.5%, platsebo olgan bemorlarda esa 5.5% ni tashkil qilgan. Parkinsonizm tezligi kariprazin olgan bemorlarda 18.4%, platsebo olgan bemorlarda esa 8.6% ni tashkil qilgan.
Bipolyar depressiya bo‘yicha nazoratli tadqiqotlarda ekstrapiramidal simptomlar bilan bog‘liq qayd etilgan nojo‘ya dori reaksiyalari tezligi kariprazin olgan bemorlarda 16.3%, platsebo olgan bemorlarda esa 7.3% ni tashkil qilgan. Akatiziya kariprazin olgan bemorlarning 13.4% da, platsebo guruhida esa 6.4% da qayd etilgan. Parkinsonizm kariprazin va platsebo olgan bemorlarda mos ravishda 3.1% va 1.7% da kuzatilgan.
Venoz tromboemboliyalar (VTE)
Antipsixotik preparatlar qo‘llanilganda venoz tromboemboliya, shu jumladan o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi va chuqur venalar trombozi holatlari noma’lum tezlikda qayd etilgan.
Jigar fermentlari faolligining oshishi
Antipsixotik preparatlar qo‘llanilganda jigar transaminazalari (ALT, AST) faolligining oshishi tez-tez kuzatiladi. Kariprazin bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda ALT, AST faolligining oshishi kariprazin olgan bemorlarning 2.2% da, risperidon olgan bemorlarning 1.6% da va platsebo olgan bemorlarning 0.4% da kuzatilgan. Kariprazin qo‘llanilganda jigar shikastlanishi qayd etilmagan. Maniya tadqiqotlarida jigar fermentlari faolligining oshishi kariprazin guruhida 1.7%, platsebo guruhida esa 1.2% ni tashkil qilgan. Bipolyar depressiya tadqiqotlarida jigar fermentlari faolligining oshishi kariprazin guruhida 1.3%, platsebo guruhida esa 0.7% ni tashkil qilgan.
Tana vaznining o‘zgarishi
Qisqa muddatli tadqiqotlarda kariprazin guruhida platsebo guruhiga nisbatan tana vaznining biroz ko‘proq oshishi qayd etilgan: mos ravishda 1 kg va 0.3 kg. Shizofreniyani davolashda uzoq muddatli terapevtik ta’sirni saqlash tadqiqotida davolash davri oxirida tana vaznining boshlang‘ich qiymatga nisbatan klinik ahamiyatli o‘zgarishi aniqlanmagan (kariprazin guruhida 1.1 kg va platsebo guruhida 0.9 kg). Ochiq bosqichda 20 hafta davomida kariprazin qabul qilgan bemorlarning 9.0% da potentsial klinik ahamiyatli tana vaznining oshishi (≥7% oshish) rivojlangan, ikki ko‘r bosqichda esa kariprazin qabul qilishni davom ettirgan bemorlarning 9.8% da, ochiq bosqichdan so‘ng platsebo guruhiga randomizatsiya qilingan bemorlarning 7.1% da potentsial klinik ahamiyatli tana vaznining oshishi kuzatilgan. Negativ simptomatika tadqiqotida tana vaznining o‘rtacha o‘zgarishi kariprazin qabul qilganda -0.3 kg, risperidon qabul qilganda +0.6 kg bo‘lgan, potentsial klinik ahamiyatli tana vaznining oshishi kariprazin guruhida 6%, risperidon guruhida esa 7.4% bemorlarda kuzatilgan. Qisqa muddatli maniya tadqiqotlarida tana vaznining o‘rtacha o‘zgarishi har ikki guruhda bir xil bo‘lgan: platsebo guruhida +0.2 kg va kariprazin guruhida +0.5 kg. Uzoq muddatli maniya tadqiqotida oxirgi nuqtaning (tana vazni) boshlang‘ich qiymatga nisbatan o‘rtacha o‘zgarishi taxminan 1 kg ni tashkil qilgan. Uzoq muddatli maniya tadqiqotida bemorlarning 9.3% da potentsial klinik ahamiyatli tana vaznining oshishi (boshlang‘ich qiymatga nisbatan ≥7% oshish) kuzatilgan.
Bipolyar depressiya tadqiqotlarida davolash davri oxirida tana vaznining boshlang‘ich qiymatga nisbatan o‘rtacha o‘zgarishi klinik ahamiyatli bo‘lmagan (-0.1 kg platsebo, 0.7 kg kariprazin 1.5 mg va 0.4 kg kariprazin 3 mg).
QT intervalining uzayishi
Kariprazin qo‘llanilganda platsebo-nazoratli klinik tadqiqotda QT intervalining uzayishi qayd etilmagan. Boshqa klinik tadqiqotlarda kariprazin qabul qilganda QT intervalining uzayishi bo‘yicha bir necha holat qayd etilgan, ammo ular jiddiylik mezonlariga javob bermagan. Uzoq muddatli ochiq davolash bosqichida 3 nafar bemorda (0.4%) Bazett bo‘yicha tuzatilgan QT intervali (QTcB) >500 ms qayd etilgan. Ushbu bemorlarning birida Fridericia bo‘yicha tuzatilgan QT intervali (QTcF) >500 ms ham qayd etilgan. Boshlang‘ich QTcB intervalining 60 ms dan ko‘proq uzayishi 7 nafar bemorda (1%), QTcF esa 2 nafar bemorda (0.3%) kuzatilgan. Uzoq muddatli terapevtik ta’sirni saqlash tadqiqotining ochiq bosqichida boshlang‘ich QTcB intervalining 60 ms dan ko‘proq uzayishi 12 nafar bemorda (1.6%), QTcF esa 4 nafar bemorda (0.5%) kuzatilgan. Ikki ko‘r davolash bosqichida boshlang‘ich QTcB intervalining 60 ms dan ko‘proq uzayishi kariprazin qabul qilgan 3 nafar bemorda (3.1%) va platsebo qabul qilgan 2 nafar bemorda (2%) qayd etilgan.
Qisqa muddatli maniya tadqiqotlarida kariprazin guruhida bir nafar, platsebo guruhida esa ikki nafar bemorda Bazett bo‘yicha tuzatilgan QT intervali (QTcB) >500 ms bo‘lgan. Hech bir bemorda Fridericia bo‘yicha tuzatilgan QT intervali (QTcF) >500 ms qayd etilmagan. Uzoq muddatli maniya tadqiqotlarida kariprazin qabul qilgan bemorlarning hech birida QTcB yoki QTcF >500 ms bo‘lmagan. EKG natijalari bilan bog‘liq jiddiy nojo‘ya hodisalar kuzatilmagan.
Bipolyar depressiya tadqiqotlarida har ikki guruhda, kariprazinning modal kunlik dozalarini va platsebo qabul qilgan bemorlarda, ikki ko‘r davolash bosqichida istalgan vaqtda boshlang‘ich darajadan >60 ms ga QTcB va QTcF intervalining uzayishi qayd etilgan: kariprazin bo‘yicha jami 0.9% (10/1167) platsebo bo‘yicha 0.4% (2/510) va kariprazin bo‘yicha jami 0.2% (2/1167) platsebo bo‘yicha 0% (0/510) mos ravishda.
Ushbu NDRlarning paydo bo‘lishi yoki kuchayishi, shuningdek, ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan reaksiyalar haqida shifokorga xabar berish lozim.