-
Tarkibi
R.B. TON – bu kombinatsiyalangan preparat. Preparat tarkibiga temir glyukonat, sianokobalamin, foliy kislotasi, sink sulfat kiradi.
-
Qo'llanilishi
Kombinatsiyalangan temir-foliy-V12-etishmovchilik anemiyalari, surunkali qon yo‘qotishlar (oshqozon, ichak qon ketishi, pufakdan qon ketishi, gemorroy tugunlaridan qon ketishi, meno-metrorragiyalar), shuningdek, surunkali alkogolizm, infeksiyalar, tutqanoqka qarshi va og‘iz orqali qabul qilinadigan kontratseptiv preparatlarni qabul qilish natijasida yuzaga kelgan; homiladorlik va emizish davrida anemiyalar.
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi trimestrlarida, tug‘ruqdan keyingi davrda, emizish davrida temir va foliy kislotasi yetishmovchiligini oldini olish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
- Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
- temir yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lmagan anemiyalar (masalan, gemolitik anemiyalar);
- jigar yetishmovchiligi;
- organizmda temirning ortiqcha miqdori (masalan, gemosideroz, gemoxromatoz);
- temirni o‘zlashtirish mexanizmlarining buzilishi (masalan, qo‘rg‘oshinli anemiya, sideroaxrestik anemiya).
-
Qo'llash usuli
Kattalarga kuniga 1 kapsuladan og‘iz orqali, ovqat paytida yoki ovqatdan keyin, ko‘p miqdorda suv bilan ichiladi. Zarur bo‘lsa, doza kuniga 2 kapsulagacha oshirilishi mumkin. Bolalarga doza shifokor tomonidan individual tarzda belgilanadi.
-
Nojo´ya ta´sirlar
OVT tomonidan: qizilo‘ngachda kuyish, ko‘ngil aynishi va qusish, me’da yuqori qismida noqulaylik, qabziyat
yoki diareya temir preparatlariga sezgir bemorlarda yuzaga kelishi mumkin.
Nojo‘ya ta’sirlar ovqat bilan yoki ovqatdan keyin qabul qilish orqali kamaytirilishi mumkin. Temir glyukonati najasning qorayishiga olib kelishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: ekzema holatlari, toshma, anafilaktik shok, anafilaktoid reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
R.B. TON – bu kombinasiyalangan preparat. Preparat tarkibiga temir glyukonat, sianokobalamin, foliy kislotasi, sink sulfat kiradi.
Preparat organizmda temir ionlari yetishmovchiligini turli kelib chiqishli temir tanqisligi anemiyalarida to‘ldiradi va eritropoezni rag‘batlantiradi. Temir gemoglobin tarkibiga kiradi, to‘qimalarga kislorod tashilishini ta’minlaydi, ko‘plab ferment tizimlarining kofaktori hisoblanadi. Temirga ehtiyoj homiladorlik va laktatsiya davrida, pubertat yoshidagi qizlarda hayz ko‘rish kuchayganda, bolalarda faol o‘sish davrida, surunkali qon ketishlarda, shuningdek, temir so‘rilish jarayonlari buzilishi bilan kechadigan me’da-ichak kasalliklarida ortadi. Kursli davolashda klinik simptomlar (zaiflik, charchoq, bosh aylanishi, taxikardiya, og‘riqlilik, terining quruqligi) va anemiya laborator ko‘rsatkichlarining asta-sekin regressesiyasi kuzatiladi.
Organizmda foliy kislotasi tetrahidrofoliy kislotagacha qaytariladi, u koferment bo‘lib, turli metabolik jarayonlarda ishtirok etadi. U megaloblastlarning normal yetilishi va normoblastlarning hosil bo‘lishi uchun zarur. Eritropoezni rag‘batlantiradi, aminokislotalar (metionin, serin va boshqalar), nuklein kislotalar, purinlar va pirimidinlar, xolin almashinuvida ishtirok etadi. Homiladorlik davrida ma’lum darajada teratogen omillarning ta’siriga nisbatan himoya funksiyasini bajaradi.
Vitamin V12 immunomodulyator, antiallergik, antiaterosklerotik ta’sirga ega, arterial bosimni normallashtiradi, nerv to‘qimalari tuzilishini tiklaydi, reproduktiv funksiyani yaxshilaydi, ishtahani oshiradi. Vitamin V12 turli aminokislotalar sintezida ishtirok etadi, jigar, asab tizimi funksiyalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, qon ivish jarayonlarini, uglevod va lipid almashinuvini faollashtiradi.
Sink sulfat mikroelement sifatida bir qator fermentlar tarkibiga kiradi, ATF darajasini oshiradi, oqsil va nuklein kislotalar sintezini kuchaytiradi, gemopoez, to‘qimalar regeneratsiyasi jarayonlarini yaxshilaydi, limfoid to‘qimalarning normal faolligi uchun zarur. Sink hujayralarning yangilanishi va suyak to‘qimasining shakllanishida ishtirok etadi. Organizmda uglevodlarni parchalash orqali energiya ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun zarur. Sink organizmning shamollash kasalliklariga chidamliligini oshiradi.
Kalsiy kalsiy ionlari manbai bo‘lib, ular nerv impulslarini o‘tkazishda, silliq va skelet mushaklarining qisqarishida, miokard faoliyatida, qon ivishida ishtirok etadi; ular suyak to‘qimasining shakllanishi, boshqa tizim va organlarning faoliyati uchun zarur.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Tavsiya etilgan preparat dozasini oshirmaslik kerak.
Ta'sirning yo'qligi temirning ichakda so'rilishi jarayonlarining buzilishi, gemopoezning susayishi, ayrim dori vositalarining (antimetabolitlar) kiritilishi, shuningdek, boshqa vitaminlar yetishmasligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Temir tanqisligi anemiyasi yashirin qon yo'qotilishi bilan bog'liq bo'lishi mumkin, uning sababini davolashni boshlashdan oldin aniqlash zarur.
Najastning to'q rangga bo'yalishi so'rilmagan temirning chiqarilishi bilan bog'liq va klinik ahamiyatga ega emas.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Davolash davrida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug'ullanishdan saqlanish kerak.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatni metildopa, penitsillin, xinolin qatori preparatlari, tetratsiklinlar bilan bir vaqtda qabul qilganda ko‘rsatilgan preparatlarning so‘rilishi kamayishi mumkin. Preparatni tiroksin bilan bir vaqtda qabul qilish qonda tireotropin darajasining oshishiga olib kelishi mumkin.
Organik kislotalar, kalsiy tuzlari, fosfatlar, fitin, xolestiramin, shuningdek alyuminiy, magniy, kalsiy saqlovchi antatsid preparatlar temirning so‘rilishini erimaydigan komplekslar hosil bo‘lishi natijasida buzadi. Oshqozon osti bezi fermentlarini o‘z ichiga olgan preparatlar temirning so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Fenobarbital, karbamazepin, valproat, sulfasalazin, gormonal kontratseptivlar, foliy kislotasi antagonistlari, trimetoprim, pirimetamin va triamteron bilan bir vaqtda qo‘llanganda foliy kislotasining o‘zlashtirilishi kamayadi.
Temir tuzlari me’da-ichak yo‘llarida tetratsiklin guruhi antibiotiklarining so‘rilishini buzadi.
Qattiq ovqat, non, xom don mahsulotlari, sut mahsulotlari, tuxum temirning so‘rilishini kamaytiradi, tetratsiklin guruhi antibiotiklari, shuningdek penitsillamin bilan bir vaqtda buyurilganda temirning so‘rilishini kamaytiruvchi va antibiotiklarning antimikrob faolligini pasaytiruvchi kompleks birikmalar hosil bo‘ladi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
R.B.TON preparatini tavsiya etilgan dozalarda qo‘llashda dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmagan.
Temirning yuqori dozalari qabul qilinganda o‘tkir intoksikatsiya bir qator simptomlar bilan namoyon bo‘ladi, ko‘ngil aynishdan komagacha. Temir bilan zaharlanish abdominal og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qora najas, melena, gematemez, gipotoniy, taxikardiya, metabolik atsidoz, giperglikemiya, suvsizlanish, uyquchanlik, oqarish, sianoz, charchoq, tutqanoq, shok va koma bilan tavsiflanadi.
Ushbu preparatning boshqa komponentlari toksik emas.
Davolash: maxsus terapiyagacha – oshqozonni yuvish, sut qabul qilish. Qonda temir miqdori sezilarli oshganda maxsus terapiya defferoksaminni ichki va parenteral buyurishni o‘z ichiga oladi. Gemodializ temirni chiqarish uchun samarasiz, biroq preparatning boshqa komponentlarini chiqarish uchun buyurilishi mumkin.