Qo'llanilishi
turli etiologiyali jigar va o't pufagi kasalliklarini kompleks davolashda qo'llaniladi:
xronik virusli gepatit. Virusli gepatitning subakut, perzistent va xronik shakllariga ega bemorlarni davolash;
noaniq o'tkir virusli gepatitdan keyingi reabilitatsiya davri;
yog' almashinuvi buzilishi bilan bog'liq jigar shikastlanishlari, shu jumladan steatoz (yog'li gepatoz) va jigar yog'li distrofiyasi;
turli etiologiyali jigar sirrozi;
preparat, shuningdek, lipid almashinuvi buzilgan bemorlarni kompleks davolashda qo'llaniladi;
jigar ensefalopatiyasi;
o'tkir va xronik xolesistit, xolangit, o't yo'llari diskineziyasining gipokinetik varianti;
jigar, o't yo'llari, xolestaz kasalliklarini rivojlanishini oldini olish
jigar toksik shikastlanishlari (shu jumladan aminoglikozidlar, tetratsiklin, immunodepressantlar, YOK, silga qarshi preparatlar, barbituratlar, trankvilizatorlar; organik erituvchilar; qo'ziqorinlar, og'ir metall tuzlari, galogenlangan uglevodorodlar bilan zaharlanish);
alkogol iste'moli bilan bog'liq jigar shikastlanishlari, shu jumladan xronik alkogolizm bilan og'rigan bemorlarda va etil spirti bilan o'tkir zaharlanishlarda
Farmakologik xususiyatlari
L-ornitin — aminokislota, jigarda toksik parchalanish mahsulotlarini, birinchi navbatda ammiakni, toksik bo‘lmagan suvda eriydigan mochevinaga — oqsil almashinuvi asosiy yakuniy mahsulotiga aylantirishga yordam beradi, u esa o‘z navbatida buyraklar orqali chiqariladi. Shuningdek, u poliaminlar ishlab chiqarilishini oshiradi — RNK, DNK va oqsil biosintezini tartibga soluvchi komponentlar, bu esa umuman olganda jigar oqsili sinteziga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ornitin glutamat, α-ketoglutarat va prolin biosintezida ishtirok etadi, ular ham oqsil biosintezida va natijada jigar hujayralarini saqlash va yangilashda muhim rol o‘ynaydi. Ornitin dezintoksikatsion, gipazotemik, gepatoprotektiv, gipoammoniemik ta’sir ko‘rsatadi.
Silymarin — flavanoid birikmalar kompleksi bo‘lgan, o‘tquloqdan olinadigan vosita. Regeneratsiyalovchi, dezintoksikatsion, gepatoprotektiv, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Silymarin hujayra membranalarini shikastlanishdan himoya qiladi va yangi hujayralar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Silymarin jigar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, uni toksik moddalar, spirtli ichimliklar va boshqa noqulay omillardan himoya qiladi. Jigar hujayralarida erkin radikallarni neytrallaydi va ularni kamroq toksik birikmalarga aylantiradi, lipidlarning peroksid oksidlanish jarayonini to‘xtatadi; hujayra tuzilmalarining keyingi buzilishiga to‘sqinlik qiladi. Shikastlangan gepatotsitlarda strukturaviy va funksional oqsillar va fosfolipidlar sintezini (RNK-polimeraza A ni o‘ziga xos rag‘batlantirish hisobiga) rag‘batlantiradi, hujayra membranalarini barqarorlashtiradi, hujayra komponentlari (transaminazalar) yo‘qolishining oldini oladi, jigar hujayralarining regeneratsiyasini tezlashtiradi. Jigar detoksikatsiya funksiyasini oshiradi, o‘t haydovchi ta’sirga ega, qabziyatda yordam beradi. Jigar tomonidan o‘z glutationini ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
Artishok tarkibida tsinarin, xlorogen va kofe kislotasi, mineral tuzlar, polisaxaridlar (ularning 80% gacha inulin tashkil etadi), pektin, dubil moddalar, organik kislotalar, kaliy, shuningdek, A, B1, B2, S vitaminlari mavjud. Artishokning o‘t haydovchi va gepatoprotektiv ta’siri tsinarin, xlorogen va kofe kislotalarining polifenol hosilalari mavjudligi bilan bog‘liq. Ushbu birikmalar kompleksi hisobiga o‘t hosil bo‘lishi va o‘t ajralish jarayonlarini normallashtiradi (ajralayotgan o‘t hajmini va o‘t kislotalari tuzlari sekretsiyasini oshiradi hamda o‘tning fizik-kimyoviy xususiyatlarini normallashtiradi). Artishok ekstrakti jigar detoksikatsiya xususiyatlarini oshiradi (glyukuron va sulfo guruhlar bilan birikishni kuchaytiradi, toksik mahsulotlar, jumladan, nitrobirikmalar, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari, spirtli ichimliklar chiqarilishini oshiradi). Lipidlar, xolesterin va keton tanachalari almashinuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.