Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Radelax Kids, 50 ml, tomchilar
Radelax Kids, 50 ml, tomchilar
Ishlab chiqaruvchi: GRICAR CHEMICAL S.R.L
Yaroqlilik muddati: 3 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Bolalar uchun

    Ruxsat

Mavjud emas
Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
ico ico ico ico ico
3 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari radelax kids, 50 ml, tomchilar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tomchilar
  • Yaroqlilik muddati
    3 yil
  • Qadoqdagi soni
    50 ml
  • Retsept asosida beriladi
    Retseptsiz beriladi
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi

    3 ml da quyidagilar mavjud:

    Passiflor ekstrakti                                       150 mg

    Melissa ekstrakti                                              100 mg

    Romashka ekstrakti                                             150 mg

    Magniy laktat digidrat                                100 mg

    (toza magniy ekvivalenti)                      33 mg

    Piridoksin gidroxlorid (vitamin V6)    3 mg

    Biologik faol qo‘shimcha, tinchlantiruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi, uxlab qolishni osonlashtiradi, bezovtalik simptomlarini bartaraf etadi, aqliy va jismoniy ish qobiliyatini saqlashga yordam beradi.

  • Qo'llanilishi

    - asabiylik va qo‘zg‘aluvchanlik oshishi;

    - jizzakilik, yig‘loqilik;

    - uyqu buzilishlari;

    - giperaktivlik va diqqat yetishmovchiligi sindromi;

    - bolalar qo‘rquvlari;

    - bolalar bog‘chasi yoki maktabga moslashish;

    - stress;

    - aqliy yuklamalar oshishi;

    - asab tizimi holatini tiklash kasallikning o‘tkir davrida, operatsiyalardan oldin va

    operatsiyalardan keyin reabilitatsiya uchun.

  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
  • Qo'llash usuli

    1 yoshgacha                     kuniga 1-2 marta 10 tomchidan;

    1-3 yosh                       kuniga 1-2 marta 10-15 tomchidan;

    4-5 yosh                          kuniga 2-3 marta 15-20 tomchidan;

    6-7 yosh                          kuniga 2-3 marta 20-25 tomchidan;

    8-12 yosh                        kuniga 2-3 marta 25-30 tomchidan;

    12 yoshdan katta             kuniga 2-3 marta 30-40 tomchidan.

    Qabul qilish kursi 1-3 oy.

    Qo'llashdan oldin flakon tarkibini chayqatish kerak. Ovqat vaqtida qabul qilinadi.

  • Nojo´ya ta´sirlar
    odatda yaxshi ko‘tariladi. Kamdan-kam: allergik reaksiyalar, holsizlik
  • Saqlash shartlari

    Qorong‘i salqin joyda +25℃ dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yaroqlilik muddati 3 yil.

  • Farmakologik xususiyatlari
    Passifloraning ekstrakti alkaloidlar va flavanoid — vitexin o'z ichiga oladi, markaziy asab tizimiga yumshoq tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, uyquni tiklashga yordam beradi, bezovtalik va asabiylikni kamaytiradi, silliq mushaklarga spazmolitik ta'sir ko'rsatadi, yurak faoliyatini yaxshilaydi, sedativ ta'sirga ega.

    Melissa ekstrakti "stress-protektor" va "kayfiyat modulyatori" deb ataladi, tajovuzkorlik, ziddiyatlilik, kayfiyatning pasayishi holatlarida tavsiya etiladi. Melissa anksiyolitik, antidepressant, spazmolitik, immunomodulyator, antivirus, antiallergik va antimikrob ta'sirga ega, ishtahani oshiradi.

    Romashka gulining ekstrakti yumshoq uyqu keltiruvchi va tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Antiseptik, yallig'lanishga qarshi va spazmolitik xususiyatlarga ega.

    Piridoksin gidroxlorid (vitamin B6) koferment sifatida ko'plab metabolik jarayonlarda, asab tizimi metabolizmini tartibga solishda ishtirok etadi. Vitamin B₆ magniyning o'zlashtirilishi va hujayrada metabolizmini yaxshilaydi, magniyni hujayrada ushlab turish xususiyatiga ega, bu juda muhim, chunki makroelement tezda organizmdan chiqariladi. Vitamin B6 (piridoksin) aqliy va jismoniy ish qobiliyati va bardoshliligini saqlash uchun javobgar. Qonda glyukoza darajasini tartibga soladi, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari va jinsiy bezlar faoliyatini normallashtiradi, miya to'qimalarida moddalar almashinuvini yaxshilaydi, asab tizimini mustahkamlaydi, antidepressant ta'sirga ega.

    Magniy hayot uchun muhim element bo'lib, deyarli har bir hujayraga zarur, modda almashinuvi reaksiyalarining aksariyatida ishtirok etadi. Magniy energiya jarayonlarini ta'minlash uchun zarur, bosh miyada periferik asab uchlari va mushaklarga asab impulsi uzatilishi va tezligi uchun javobgar, asab-mushak zo‘riqishini kamaytirish jarayonlarida ishtirok etadi. Magniy ionlari kalsiyning fiziologik antagonistlari hisoblanadi. Magniy bir qator retseptorlar tuzilmasiga kiritilgan, neyromediatorlar (katexolaminlar, tirozin, dofamin, noradrenalin, serotonin, GAMK) normal almashinuvi uchun zarur. Organizmda magniy yetishmovchiligi mushak zaifligi, tremor, ataksiya, reflektor qo‘zg‘aluvchanlikning oshishi, asabiylik, uyqu buzilishi, yurak ritmi buzilishi, ekstrasistoliya yoki taxikardiya, ovqat hazm qilish buzilishi, diareya bilan namoyon bo‘ladi. Magniyga ehtiyoj jismoniy va aqliy yuklama, stress, homiladorlikda ortadi. Stressli vaziyatlarda organizm katta miqdorda magniy ionlarini yo‘qotadi, shuning uchun uni qo‘shimcha qabul qilish organizmni stress oqibatlaridan himoya qiladi.
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Aziza
    ico ico ico ico ico
    Прекрасный продукт, моему ребенку стало легче засыпать и улучшился сон.
    06 August 2024
    1
    0
  • Dilfuza
    ico ico ico ico ico
    Отличные капли для детей, помогают снять стресс и улучшают настроение.
    06 August 2024
    1
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico