Maxsus ko'rsatmalar
Agar kasallik simptomlari uzoq vaqt saqlanib qolsa, shuningdek, nafas qisilishi, isitma va yiringli yoki qonli balg‘am paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Opiatli yo‘talga qarshi vositalar, masalan, kodein yoki dekstrometorfan bilan bir vaqtda qo‘llash shifokor maslahatidan tashqari tavsiya etilmaydi.
Gastrit yoki me’da yarasi kasalligi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Har bir shishiruvchi tabletkada 6,58 mmol (yoki 151,33 mg) natriy mavjud. Natriy nazorat qilinadigan (kam natriyli/kam osh tuzli) dieta tutayotgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Tabletkalar tarkibidagi aromatizator laktosa (bir shishiruvchi tabletkada 29,7 mg) o‘z ichiga oladi. Galaktozani kamdan-kam uchraydigan irsiy o‘zlashtira olmaslik, laktaza yetishmovchiligi va glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan bemorlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.
Fruktozani o‘zlashtira olmaslikda davolash faqat shifokor maslahatidan so‘ng amalga oshirilishi kerak.
1 shishiruvchi tabletkada 382 mg uglevod (0,03 non birligiga mos) mavjud, bu diabet kasalligi bo‘lgan bemorlarda hisobga olinishi kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Yetarli ma’lumotlar yo‘qligi sababli, dori vositasini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Ta’sir qilmaydi.