Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Primafungin 100 mg № 3
Primafungin 100 mg № 3
Ishlab chiqaruvchi: Фармаприм
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Ruxsat

  • ico
    Haydovchilar uchun

    Ruxsat

Mavjud
56 295 so'm 69 500 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari primafungin 100 mg № 3
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Vaginal shamchalar
  • Dozalash
    100 mg
  • Yaroqlilik muddati
    2 yil
  • Qadoqdagi soni
    3 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tavsif

    Suppozitoriyalar silindrkonus shaklida, yaltiroq yoki mat yuzali, och sariqdan bej yoki krem tusli, sariqdan bej yoki krem tusli ranggacha. Kesimda havo va g‘ovakli o‘q, hamda voronkaga o‘xshash chuqurlik bo‘lishi mumkin.

  • Tarkibi

    Bitta suppozitoriy quyidagilarni o'z ichiga oladi:

    faol modda: natamitsin 100 mg;

    yordamchi modda: setil spirti, sorbitan trioleat, polisorbat-80, natriy gidrokarbonat, adipin kislotasi, qattiq yog'.

  • Qo'llanilishi

    Vaginitlar, vulvitlar, vulvovaginitlar, asosan Candida zamburug‘lari tomonidan chaqirilgan.

       

  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Natamitsin yoki preparatning har qanday yordamchi moddasiga gipersensitivlik.
  • Qo'llash usuli

       Vaginal yo'l bilan.

    Kattalar va jinsiy hayot boshlagan qizlar: 1 dona supozitoriy kechasi 3-6 kun davomida. Supozitoriylarni qo'llash usuli. Supozitoriyni qin ichiga, yotgan holatda, imkon qadar chuqur, kuniga 1 marta kechasi kiritiladi. Supozitoriylarni bo'laklarga bo'lish tavsiya etilmaydi, chunki preparatni saqlash sharoitlarining bunday o'zgarishi faol moddaning taqsimlanishining buzilishiga olib kelishi mumkin.

  • Nojo´ya ta´sirlar

    Nojo'ya reaksiya chastotaga ko'ra tasniflanadi (MedDRA tasnifi):

    juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), kamdan-kam (≥1/1000, <1/100), juda kam (≥1/10000, <1/1000), juda juda kam (<1/10000), chastota noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asoslanib baholash mumkin emas).

    Preparatni vaginal qo'llaganda nojo'ya reaksiya juda kam (<1/10000) yoki juda juda kam (<1/10000) juda past darajada qon plazmasida paydo bo'ladi.

    Umumiy buzilishlar va kiritish joyidagi reaksiya: vaginal shilliq qavatining engil qichishishi, kuyish hissi va oshirilgan sezgirlik reaksiya.

       

  • Maxsus ko'rsatmalar
      Hayz ko‘rish davrida suppozitoriylar bilan davolash to‘xtatiladi.
     Davolash davrida jinsiy aloqalarni cheklash shart emas. Biroq, jinsiy hamkorlarni tekshirish va kandidoz aniqlanganda, hamkorni davolash kursini o‘tkazish tavsiya etiladi. Shuningdek, davolash davrida to‘siqli kontratseptivlardan foydalanishni ko‘zda tutish kerak.
     Surunkali yoki qaytalanuvchi infeksiya holatida mahalliy davolashga tabletkalar yoki krem qo‘shilishi mumkin.
     Vaginal suppozitoriylar tarkibidagi setil spirti ushbu komponentga yuqori sezuvchanlikda genital sohada engil kuydiruvchi hissiyot chaqirishi mumkin.
     Bolalarda preparatni qo‘llash
     Natamitsin ushbu dori shaklida bolalarda qo‘llanilmaydi.
     >Jigar va buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda qo‘llash
     Primafungin mahalliy ta'sir ko‘rsatadi. Faol moddaning tizimli so‘rilishi deyarli mavjud emas, shuning uchun jigar va buyrak funksiyasi buzilgan bemorda dozalash tartibini o‘zgartirish talab qilinmaydi.
     Geriatrik amaliyotda qo‘llash Preparatni har qanday yoshda standart sxema bo‘yicha qo‘llash mumkin
     

    Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash
    Primafungin preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.


    Avtomobil yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
    Preparatni qo‘llash avtomobil haydash va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.

    Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash kerak. 


  • Dorilarning o'zaro ta'siri

       Primafungin preparatining dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri tavsiflanmagan.

    Oksidlovchi xususiyatlarga ega moddalar, masalan, peroksidlar, permanganat, yod, gipoxloritlar va boshqalar natamitsinni inaktivlashtirishi mumkin.

  • Saqlash shartlari

    Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

    Muzlatmang.

    Bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlansin!

  • Dozani oshirib yuborilishi

    Hozirgi vaqtda Primafungin preparati bilan dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan

Hammasini ko'rsatish
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Dilshod
    ico ico ico ico ico
    Спасибо Oxymed за Примафунгин 100 мг №3! Эффективное лекарство, рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Примафунгин отличный препарат! Быстрая доставка и хорошее качество товара.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico