-
Tarkibi
prednizolon 0,5 g
Yordamchi moddalari: glitserol 18,5 g, vazelin 14 g, stearin kislotasi 5 g, emulgator №1 7 g, metilparagidroksibenzoat 0,08 g, propilparagidroksibenzoat 0,02 g, tozalangan suv 54,9 g.
-
Qo'llanilishi
Krapivnitsa, atopik dermatit, diffuz neyrodermit, oddiy surunkali lishay (chegaralangan neyrodermit), ekzema, seborey dermatit, diskoid qizil volchanka, oddiy va allergik dermatitlar, toksidermiya, eritrodermiya, psoriaz, alopesiya; epikondilit, tendosinovit, bursit, yelka-lapatka periartroz, keloid chandiqlar, ishiyalgiya.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Bakterial, virusli, zamburug‘li teri kasalliklari, terining sifilisda namoyon bo‘lishi, teri sil kasalligi, teri o‘smalari, oddiy akne, pushti akne (kasallik kuchayishi mumkin), homiladorlik.
-
Qo'llash usuli
Mazni shikastlangan teri sohalariga yupqa qatlamda kuniga 1-3 marta surtishadi. Davolash kursining davomiyligi kasallikning xususiyati va terapiya samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, odatda 6-14 kunni tashkil etadi. Zarur bo‘lsa, davolash davom ettirilishi mumkin.
Cheklangan o‘choqlarga ta’sirini kuchaytirish uchun okklyuzion bog‘lamlar qo‘llanilishi mumkin.
1 yoshdan katta bolalarda mazni qo‘llashda umumiy davolash davomiyligini cheklash va steroidning rezorbsiyasi va so‘rilishini kuchaytiruvchi tadbirlarni (isituvchi, fiksatsiyalovchi va okklyuzion bog‘lamlar) istisno qilish zarur.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Steroidli akne, purpura, teleangiektaziyalar, terining kuydirishi va qichishishi, terining tirnash xususiyati va qurishi;
uzoq muddatli qo‘llash va/yoki katta yuzalarga surtishda tizimli nojo‘ya ta’sirlar, giperkortitsizm rivojlanishi mumkin (bunday hollarda maz bekor qilinadi);
mazni uzoq muddat qo‘llashda terining ikkilamchi infeksion shikastlanishlari, atrofik o‘zgarishlar, gipertixoz rivojlanishi ham mumkin.
-
Farmakologik xususiyatlari
Tashqi qo‘llanganda prednizolon so‘riladi va faol modda qon oqimiga tushadi. Plazmada
prednizolonning 90 %i bog‘langan holda (transkortin va albumin bilan) bo‘ladi. Asosan jigarda oksidlanish yo‘li bilan biotransformatsiyalanadi; oksidlangan shakllari glyukuronizatsiyalanadi yoki sulfatlanadi.
Buyraklar va o‘t bilan metabolitlar ko‘rinishida, qisman o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Plasentar to‘siqdan o‘tadi va oz miqdorda ko‘krak sutida aniqlanadi.
Prednizolon yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi, qichishishga qarshi va antiekssudativ ta’sir ko‘rsatadi.
Yallig‘lanish mediatorlari (gistamin, kinin, lizosomal fermentlar)ning hosil bo‘lishi, ajralishi va faolligini kamaytiradi. Yallig‘lanish o‘chog‘iga hujayralarning migratsiyasini bostiradi; yallig‘lanish o‘chog‘ida tomirlarning kengayishi va o‘tkazuvchanligini kamaytiradi.
Ekssudatsiyani vazokonstriktor ta’siri hisobiga kamaytiradi.
Makrofaglar, nishon-hujayralar, sitokinlar faoliyatini bostiradi, ular allergik kontakt dermatiti reaksiyasi rivojlanishida ishtirok etadi. Sensibilizatsiyalangan T-limfotsitlar va makrofaglarning nishon-hujayralarga kirishini oldini oladi.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Prednizolon antikoagulyantlarning antikoagulyatsion ta’sirini kuchaytiradi. Salitsilatlar qabul qilinayotganda qon ketish ehtimolini oshiradi. Diuretiklar bilan birga qabul qilinganda elektrolit almashinuvi buzilishlari ehtimolini oshiradi. Yurak glikozidlari bilan intoksikatsiya xavfini kuchaytiradi. Antidiabetik preparatlarning gipoglikemik ta’sirini kamaytiradi va rifampitsinning antibakterial faolligini pasaytiradi. Antatsid preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni qo‘llash davomiyligi 14 kundan oshmasligi kerak.
Ko‘z sohasidagi teriga surtish mumkin emas (glaukoma va katarakta rivojlanishi mumkinligi sababli).
Preparat yuz sohasiga yoki okklyuzion bog‘lamlar ostiga, shuningdek, 1 yoshdan katta bolalarda qo‘llanilganda, davolash kursining davomiyligini qisqartirish zarur.
Bola yoshida buyrak usti bezlari po‘stlog‘i funksiyasining bostirilishi tezroq rivojlanishi mumkin. Bundan tashqari, o‘sish gormoni ekskresiyasi kamayishi mumkin. Preparat uzoq muddat qo‘llanilganda tana vazni, o‘sish, plazmadagi kortizol darajasini nazorat qilish zarur.
Avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatning ushbu dori shakli avtotransport boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: gipotalamo-gipofizar-buzrak usti bezlari tizimi funksiyasining bostirilishi, giperglikemiya, glikozuriya, Itsenko-Kushing sindromi. Simptomlar preparatni qo‘llash to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi.
Davolash: preparatni bosqichma-bosqich bekor qilish, simptomatik davolash, zarur bo‘lsa - elektrolit muvozanatini tuzatish.