Maxsus ko'rsatmalar
Boshqa laksatif vositalar kabi, Pikolaksni har kuni uzoq muddat davomida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar har kuni laksatif vositalarni qabul qilish zarurati bo‘lsa, qabziyat sababini aniqlash lozim. Laksatif vositalarni uzoq muddat qo‘llash elektrolit disbalansi va gipokaliemiyaga, shuningdek, «o‘rganib qolish» va «rikoshet» effekti natijasida qabziyatga olib kelishi mumkin. Keksalarda, gipokaliemiya, qonda magniy miqdorining oshishi, organizmi zaiflashgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Pikolaks onkologik bemorlarda, katta dozalarda opioidlar qabul qilayotganlarda qabziyatni bartaraf etishda samaralidir. Preparat tarkibida sorbit mavjud, shuning uchun kam uchraydigan irsiy fruktoza intoleransiyasi bo‘lgan bemorlarga uni qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash
Natriy pikosulfatining homiladorlik kechishi va homila rivojlanishiga salbiy ta’siri aniqlanmagan, biroq preparatni homiladorlikda faqat onaga kutilayotgan foyda homilaga mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa qo‘llash mumkin. Natriy pikosulfat ona suti bilan ajralmaydi, biroq Pikolaks preparatini laktatsiya davrida qo‘llash zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransport boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Terapik dozalarda preparat avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.
Bolalar. Bolalarga shifokor bilan maslahatlashmasdan Pikolaksni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng qo‘llash mumkin emas va uni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash kerak.