Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar
Yuqori dozalarda qabul qilinganda quyidagilar mumkin: diareya, suvsizlanish, arterial bosimning pasayishi, suv-elektrolit muvozanatining buzilishi, gipokaliemiya, tutqanoq.
Bundan tashqari, preparatning oddiy qabziyatni davolash uchun tavsiya etilgan dozalaridan ancha yuqori dozalarini qabul qilish bilan bog‘liq yo‘g‘on ichak mushaklarining ishemiyasi holatlari haqida xabarlar mavjud.
Pikodinar, boshqa ich suruvchi vositalar kabi, surunkali dozani oshirib yuborishda surunkali diareya, qorin sohasida og‘riq, gipokaliemiya, ikkilamchi giperal'dosteronizm, buyrak tosh kasalligi keltirib chiqarishi mumkin. Ich suruvchi vositalardan surunkali suiiste'mol qilish natijasida buyrak kanallari shikastlanishi, metabolik alkaloz va gipokaliemiya bilan bog‘liq mushak zaifligi rivojlanishi mumkin.
Davolash
Preparatni ichga qabul qilgandan so‘ng uning so‘rilishini kamaytirish uchun qusishni chaqirish yoki me'dani yuvish mumkin. Suyuqlikni to‘ldirish va elektrolit muvozanatini tuzatish, shuningdek, spazmolitik vositalarni buyurish talab qilinishi mumkin.