Qo'llash usuli
Ichga, ovqatdan oldin yoki ovqatdan keyin 1-2 soat o'tgach, ko'p suyuqlik bilan ichiladi.
Yosh kattalar va 12 yoshdan oshgan o'smirlar (og'irligi 40 kg dan ortiq) uchun bir martalik dozasi 0,5 g; maksimal bir martalik dozasi 1 g. Maksimal sutkalik dozasi 4 g.
Bola uchun paratsetamol dozasini yosh va og'irlikka qarab hisoblanadi.
6-9 yoshdagi bolalar (og'irligi 30 kg gacha): bir martalik doza - 0,25 g (1/2 tabletka); maksimal sutkalik doza - 1 g; 9-12 yoshdagi bolalar (og'irligi 30 dan 40 kg gacha): bir martalik doza - 0,25-0,5 g (1/2 tabletka - 1 tabletka), maksimal sutkalik doza - 2 g (4 tabletka).
Qabul qilish soni sutkada 4 martadan oshmasligi kerak, har bir qabul qilish orasida kamida 4 soat bo'lishi kerak.
Jigar va buyrak funksiyasi buzilgan bemorlarda, yaxshi sifatli gipobilirubinemiyalarda va qariyalarda sutkalik doza kamaytirilishi va qabul qilishlar orasidagi interval oshirilishi kerak.
Dori vositasini isitma tushiruvchi sifatida 3 kundan oshmay, og'riq qoldiruvchi sifatida esa 5 kundan oshmay davolash davom ettirilishi mumkin. Dori vositasini davom ettirish faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin mumkin!!!
Belgilangan dozani oshirmang! Paratsetamolning ortiqcha dozalash jigar yetishmovchiligiga sabab bo'lishi mumkin.