-
Tarkibi
1 tabletka tarkibida:
Faol modda: paratsetamol - 500 mg, diklofenak natriy - 50 mg.
Yordamchi modda: jelatin, makkajo‘xori kraxmali, kalsiy dioksid fosfat, natriy metilparaben, natriy propilparaben, povidon K-30, magniy stearat, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyat.
-
Qo'llanilishi
revmatoyid artrit, osteoartrit, bel og‘rig‘i va boshqa o‘tkir skelet-mushak kasalliklari, masalan, tendinit, tenosinovit, bursit, cho‘zilish va chiqishlar.
ankilozlovchi spondilit;
ortopedik, stomatologik va boshqa kichik jarrohlik amaliyotlarida og‘riq va yallig‘lanishni kamaytirish; yuvenil surunkali artrit; operatsiyadan keyingi og‘riq;
bosh og‘rig‘i;
tana og‘rig‘i, tana haroratini pasaytirish.
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
anamnezda angionevrotik shish va bronxospastik reaksiya aspirin yoki boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalarga (“aspirin astmasi”), bronxial astma xurujlari;
eroziv-yarali oshqozon-ichak yo'llari shikastlanishlari zo‘rayish bosqichida (shu jumladan peptik yara, Kron kasalligi, noaniq yarali kolit);
homiladorlik, laktatsiya;
12 yoshgacha bo‘lgan bolalar yoshi;
qon hosil bo‘lishi funksiyasining buzilishi;
ko‘ruv nervi kasalliklari, surunkali obstruktiv nafas yo‘llari kasalliklari, burun poliplari, pichan isitmasi;
buyrak va jigar funksiyasining og‘ir buzilishlari, rangli ko‘rishning buzilishi, tug‘ma glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi.
-
Qo'llash usuli
Ichkariga tabletkani butun holda, chaynalmay, yetarli miqdorda suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Preparatni ovqatdan keyin qabul qilish lozim.
Kattalarga 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta buyuriladi.
12 yoshdan katta, tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga 1/2 tabletkadan kuniga 3 marta buyuriladi.
Har bir navbatdagi qabul orasidagi interval kamida 4 soat bo‘lishi kerak.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya, noqulaylik hissi (epigastriy sohasida og‘riq va spazmlar), meteorizm, ishtahaning pasayishi.
Kamdan-kam hollarda oshqozon-ichak trakti eroziyali-yarali shikastlanishlari, qon ketish, perforatsiya bilan asoratlanishi, aftoz stomatit, ezofagit.
Ayrim hollarda noaniq yarali kolit, Kron kasalligi.
Markaziy asab tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlikning oshishi.
Kamdan-kam hollarda idrok yoki ko‘rish buzilishlari (xiralashgan ko‘rish, diplopiya), quloqda shovqin, asabiylashish, tutqanoq, uyqu buzilishi, depressiya, xavotir hissi, psixik buzilishlar.
Dermatologik reaksiyalar: teri toshmasi, eshakemi.
Bulloz toshmalar, ekzema, eritrodermiya, soch to‘kilishi, fotosensibilizatsiya bo‘lishi mumkin.
Jigar funksiyasi tomonidan: jigar funksiyasi buzilishi, jumladan gepatit (sariqlik bilan yoki sariqliksiz).
Qon yaratuvchi tizim tomonidan ayrim hollarda trombotsitopeniya, leykopeiya, agranulositoz, gemolitik anemiya, aplastik anemiya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yakka-yakka hollarda taxikardiya, ko‘krak sohasida og‘riq, arterial gipertenziya; yurak yetishmovchiligi.
Allergik va immunopatologik reaksiyalar: kamdan-kam hollarda bronxial astma xurujlari, tizimli anafilaktik (anafilaktoid) reaksiyalar.
-
Farmakologik xususiyatlari
Paradik - bu og'riq qoldiruvchi va yallig'lanishga qarshi kombinatsiyalangan preparat.
Paratsetamol og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi. Og'riq qoldiruvchi ta'sir mexanizmi asosan gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida prostaglandinlar sintezini ingibitsiyalash bilan bog'liq. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri gipotalamusning termoregulyatsiya markazlariga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qilish bilan bog'liq bo'lib, natijada tomirlarning kengayishi va kuchaygan terlash hisobiga issiqlik chiqishi ortadi.
Diklofenak natriy nosteroid yallig'lanishga qarshi vosita hisoblanadi. Ta'sir mexanizmi prostaglandinlar sintezini siklooksigenazani noaniq tormozlash orqali va shuningdek, leykotsitlarda erkin araxidon kislotasi konsentratsiyasini kamaytirish bilan bog'liq. Yallig'lanishga qarshi, og'riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko'rsatadi, trombotsitlar agregatsiyasiga to'sqinlik qiladi. Uzoq muddatli qo'llanilganda desensibilizatsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Preparatni buyurishda oshqozon-ichak trakti eroziyaviy-yarali shikastlanishlari tarixi bo‘lgan bemorlarga, shuningdek, jigar, buyrak, qon hosil qiluvchi organlar funksiyasining og‘ir buzilishlari bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Yuqori dozalarda preparat trombotsitlar agregatsiyasini bostirishi mumkin, shuning uchun gemostaz buzilishi bo‘lgan bemorlarni diqqat bilan kuzatish zarur.
Preparatni keksalik yoshida, surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipertoniya, porfiriya bo‘lgan bemorlarga, shuningdek, jiddiy jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng darhol ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparat bilan davolash vaqtida jigar, buyrak funksiyasi va periferik qon manzarasini nazorat qilish zarur.
Preparatni qo‘llash vaqtida preparatning gepatotoksik ta’sirining kuchayishi ehtimoli tufayli spirtli ichimliklarni iste’mol qilish mumkin emas.
Avtotransport vositalarini boshqarish va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Preparatni qabul qilish vaqtida bemorlar yuqori e’tibor va tez psixik va harakat reaksiyalarini talab qiladigan ishlarni (masalan, avtomobil haydash) bajarishdan tiyilishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni qo‘llash kontraindikatsiyalangan, faqat qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha mumkin.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Siptomlar: allergik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i, psixomotor qo‘zg‘alish, bosh aylanishi.
Davolash: oshqozonni yuvish, simptomatik davolash.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Preparatni kaliy tejovchi diuretiklar bilan bir vaqtda buyurilganda qonda kaliy darajasi oshishi mumkin.
Nozik ta'sirli antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganda qon ketishi rivojlanishi mumkin.
Preparat litiy, digoksin va siklosporin konsentratsiyasini qon plazmasida oshirishi mumkin, shuning uchun ularni birga qo'llashda oxirgi dorilarning dozasini tuzatish zarur.
Preparatni metotreksat bilan davolash boshlanishidan 24 soat oldin yoki tugaganidan keyin buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki bu holda uning toksikligi rivojlanish xavfi oshadi.
Jigar mikrosomal fermentlarini induktsiyalovchi dorilar (barbituratlar va ba'zi antiepileptik vositalar, jumladan fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, benzonal), spirtli dorilar, rifampitsin bilan birga qabul qilinganda preparatning gepatotoksikligi kuchayadi.
Fenotiazinlar bilan birga qo'llanganda haddan tashqari gipotermiya, azidotimidin bilan esa neyitropeniya rivojlanishi mumkin.
Preparat xloramfenikolning toksikligini kuchaytiradi, nozik ta'sirli antikoagulyantlar, difenin, og'iz orqali qabul qilinadigan gipoglikemik preparatlar ta'sirini kuchaytirishi, "halqali" va tiazidli diuretiklarning diuretik va natriyuretik effektini susaytirishi mumkin.
Boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi preparatlar, shuningdek, glyukokortikoidlar bilan birga qo'llanganda nojo'ya ta'sirlar tez-tez va kuchliroq namoyon bo'ladi.