Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Pantokalsin 0,25 g № 50
Pantokalsin 0,25 g № 50
Ishlab chiqaruvchi: Валента Фарм
Yaroqlilik muddati: 4 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

Mavjud
94 041 so'm 116 100 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari pantokalsin 0,25 g № 50
  • Faol moddalar
  • Ishlab chiqaruvchi mamlakat
  • Ishlab chiqaruvchi
  • Chiqarilish shakli
    Tabletkalar
  • Dozalash
    0,25 g
  • Yaroqlilik muddati
    4 yil
  • Qadoqdagi soni
    50 dona
  • Retsept asosida beriladi
    Faqat retsept bilan
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Tarkibi
    1 tabletkada: faol modda: gopanten kislotasi - 250,00 mg yoki 500,00 mg; yordamchi modda: magniy gidroksikarbonat, kalsiy stearat, talk, kartoshka kraxmal.
  • Qo'llanilishi
    Organik bosh miya shikastlanishlari va nevrotik buzilishlarda kognitiv buzilishlar; bosh miya tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari bilan chaqirilgan serebrovaskulyar yetishmovchilikning kompleks terapiyasi tarkibida; senil demensiya (boshlang‘ich shakli), voyaga yetgan va keksalarda rezidual organik miya shikastlanishlari; shizofreniya bilan kasallangan bemorlarda serebral organik yetishmovchilik (neyroleptiklar, antidepressantlar bilan kombinatsiyada); tug‘ma asab tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ekstrapiramidal giperkinezlar (jumladan, Guntington xoreyasi, gepatotserebral distrofiyasi, Parkinson kasalligi); o‘tkazilgan neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlaridan keyingi oqibatlar (kompleks terapiya tarkibida); eyroleptiklarning nojo‘ya ta’sirini korreksiya qilish va oldini olish (bir vaqtda buyurilganda himoya terapiyasi); ekstrapiramidal neyroleptik sindrom (giperkinezik va akinetik shakllari); aqliy jarayonlarning sekinlashuvi bilan kechadigan epilepsiya (antikonvulsant preparatlar bilan kombinatsiyada); psixoemotsional zo‘riqishlar, aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi; diqqatni jamlash va eslab qolishni yaxshilash uchun; to‘g‘ri siydik chiqarish buzilishlari: enurez, kunduzgi siydik tutolmaslik, pollakiuriya, imperativ chaqiriqlar; Bolalar: Aqliy zaiflik (psixik, nutqiy, motor rivojlanishning kechikishi yoki ularning kombinatsiyasi); bolalar serebral falaji; totqillash (asosan klonik shakli); epilepsiya (antikonvulsant preparatlar bilan kombinatsiyalangan terapiya tarkibida, ayniqsa polimorf tutqanoqlar va kichik epileptik tutqanoqlarda).
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Gipersensitivlik; o‘tkir buyrak yetishmovchiligi; homiladorlik (1-trimestr).
  • Qo'llash usuli
    Og'iz orqali. Ovqatdan 15–30 daqiqa o'tgach qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik doza 0,5–1 g, bolalar uchun — 0,25–0,5 g, sutkalik doza — 1,5–3 g (kattalar uchun), 0,75–3 g (bolalar uchun). Davolash kursining davomiyligi — 1 dan 4 oygacha, ayrim hollarda — 6 oygacha. 3–6 oydan so'ng takroriy davolash kursi o'tkazilishi mumkin. Bolalar. Aqliy yetishmovchilik — kuniga 0,5 g dan 4–6 marta, har kuni 3 oy davomida. Nutq rivojlanishining kechikishi — 0,5 g dan 3–4 marta kuniga 2–3 oy davomida. Neyroleptik sindrom (neyroleptik vositalarning nojo'ya ta'sirini tuzatish uchun). Kattalar — 0,5–1 g dan 3 marta kuniga; bolalar — 0,25–0,5 g dan 3–4 marta kuniga. Davolash kursining davomiyligi — 1–3 oy. Epilepsiya. Bolalar — 0,25–0,5 g dan 3–4 marta kuniga; kattalar — 0,5–1 g dan 3–4 marta kuniga har kuni uzoq muddat (6 oygacha). Giperkinezlar (tiklar). Bolalar — 0,25–0,5 g dan 3–6 marta kuniga har kuni 1–4 oy davomida; kattalar — 1,5–3 g kuniga har kuni 1–5 oy davomida. Siydik chiqarish buzilishlari. Kattalar — 0,5–1 g dan 2–3 marta kuniga (sutkalik doza — 2–3 g); bolalar — 0,25–0,5 g (sutkalik doza — 25–50 mg/kg). Davolash kursining davomiyligi — 2 haftadan 3 oygacha (buzilishlarning og'irligi va terapevtik ta'sirga bog'liq). Neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlarining oqibatlari. 0,25 g dan 3–4 marta kuniga. Yuqori yuklamalarda va asthenik holatlarda mehnatga layoqatni tiklash uchun. 0,25 g dan 3 marta kuniga. Ushbu dori shakli 3 yoshgacha bo'lgan bolalarga tavsiya etilmaydi.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaksiyalar (rinit, kon'yunktivit, teri toshmalari) mumkin.
  • Farmakologik xususiyatlari
    Ta'sir spektri gamma-aminomoy kislota tuzilmasining mavjudligi bilan bog‘liq. Ta'sir mexanizmi pantokalsinning GAMBK-B-retseptor-kanal kompleksi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'siri bilan belgilanadi. Neyrometabolik, neyroprotektor va neyrotrofik xususiyatlarga ega. Miya to‘qimalarining gipoksiya va toksik moddalar ta'siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag‘batlantiradi. Tutqanoqqa qarshi ta'sirga ega, motor qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi va bir vaqtning o‘zida xatti-harakatlarni tartibga soladi. Aqliy va jismoniy ish qobiliyatini oshiradi. Surunkali alkogolli intoksikatsiyada va etanolni bekor qilgandan so‘ng gamma-aminomoy kislotasi miqdorini normallashtirishga yordam beradi. Analgezik ta'sir ko‘rsatadi. Novokain va sulfanilamidlarni inaktivatsiya qilish mexanizmlarida ishtirok etuvchi atsetillanish reaksiyalarini ingibitsiya qilishga qodir, natijada ularning ta'siri uzaytiriladi. Patologik oshgan pufak refleksi va detruzor tonusining tormozlanishini chaqiradi.
  • Dorilarning o'zaro ta'siri
     
    Barbituratlar ta'sirini uzaytiradi; markaziy asab tizimini stimulyatsiya qiluvchi preparatlar, antikonvulsant dori vositalari, mahalliy anesteziklar (prokain) ta'sirini kuchaytiradi. Fenobarbital, karbamazepin, antipsixotik vositalar (neyroleptiklar)ning nojo'ya ta'sirini oldini oladi.

    Gopanten kislotasi ta'siri glitsin, ksidi fon bilan birga qo'llanganda kuchayadi. 
  • Maxsus ko'rsatmalar
     Preparatni yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llash mumkin emas va uni bolalar uchun yaroqsiz joyda saqlash kerak. 
Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Lola
    ico ico ico ico ico
    Пантокальцин помог мне справиться с проблемами с нервной системой. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Nodir
    ico ico ico ico ico
    Отличный препарат! Очень быстрая доставка и хорошее качество товара.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все
Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico