-
Tarkibi
Faol modda:
kalsiy gopantenat (Pantogam®) 250 va 500 mg;
Yordamchi modda:
metilsellyuloza,
kalsiy stearat,
magniy gidroksikarbonat,
talk
-
Qo'llanilishi
organik bosh miya shikastlanishlarida (jumladan, neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlari oqibatlari) va nevrotik buzilishlarda kognitiv buzilishlar;
serebral organik yetishmovchilik bilan shizofreniya;
bosh miya tomirlarining aterosklerotik o‘zgarishlari bilan chaqirilgan serebrovaskulyar yetishmovchilik;
ekstrapiramidal buzilishlar (mioklonus-epilepsiya, Guntington xoreyasi, gepatolentikulyar degeneratsiya, Parkinson kasalligi va boshqalar);
neyroleptiklar qabul qilish bilan chaqirilgan ekstrapiramidal sindromni (giperkinez va akinez) davolash va oldini olish;
tutqanoqka qarshi vositalar bilan kompleks terapiyada psixik jarayonlarning sekinlashuvi bilan kechadigan epilepsiya;
psixoemotsional zo‘riqishlar;
aqliy va jismoniy ish qobiliyatining pasayishi, diqqatni jamlash va eslab qolishni yaxshilash uchun;
neyrogen siydik chiqarish buzilishlari (pollakiuriya, imperativ chaqiriqlar, imperativ siydik tutolmaslik, enurez).
perinatal ensefalopatiyali bolalarda;
bolalarda turli darajadagi aqliy zaiflik;
bolalarda rivojlanishning (psixik, nutqiy, motor yoki ularning kombinatsiyasi) kechikishi;
bolalarda bolalar serebral falajining turli shakllari;
bolalarda giperkinetik buzilishlar (diqqat yetishmovchiligi bilan giperaktivlik sindromi);
bolalarda nevrozga o‘xshash holatlar (asosan klonik shakldagi totqillashda, tiklarda).
-
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
gipersensitivlik;
o‘tkir og‘ir buyrak kasalliklari;
homiladorlik (I trimestr — sirop);
homiladorlik (tabletkalar);
fenilketonuriya (sirop, aspartam saqlaydi)
emizish davri (tabletkalar).
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar (tabletkalar).
-
Qo'llash usuli
Kattalar uchun: bir martalik doza — 0,25–1 g, sutkalik — 1,5–3 g; bolalar uchun: bir martalik doza — 0,25–0,5 g, sutkalik — 0,75–3 g. Davolash kursi — 1–4 oy, ayrim hollarda — 6 oygacha. 3–6 oydan so‘ng takroriy davolash kursi o‘tkazilishi mumkin.
Epilepsiyada antikonvulsant vositalar bilan birga — 0,75–1 g/kun. Davolash kursi — 1 yil va undan ko‘proq.
Ekstrapiramidal neyroleptik sindromda olib borilayotgan terapiya bilan birga sutkalik doza — 3 g gacha, davolash bir necha oy davomida.
Nerv tizimining irsiy kasalliklari bo‘lgan bemorlarda ekstrapiramidal giperkinezlarda (kombinatsiyalangan davolash) — 0,5–3 g/kun. Davolash kursi — 4 oy va undan ko‘proq.
Neyroinfeksiyalar va bosh miya jarohatlaridan keyingi holatlarda — 0,25 g 3–4 marta kuniga.
Yuqori yuklamalar va astenik holatlarda mehnatga layoqatni tiklash uchun — 0,25 g 3 marta kuniga.
Neyroleptiklar qabul qilish natijasida yuzaga kelgan ekstrapiramidal sindromni davolash uchun, kattalar — 0,5–1 g 3 marta kuniga; bolalar — 0,25–0,5 g 3–4 marta kuniga. Davolash kursi — 1–3 oy.
Tiklarda: bolalar — 0,25–0,5 g 3–6 marta kuniga, 1–4 oy davomida.
Siydik chiqarish buzilishlarida: kattalar — 0,5–1 g 2–3 marta kuniga; bolalar — 0,25–0,5 g (sutkalik doza — 25–50 mg/kg). Davolash kursi — 1–3 oy.
Nerv tizimining turli patologiyalari bo‘lgan bolalarga, yoshiga qarab, preparat 1–3 g dozada tavsiya etiladi. Preparatni buyurish taktikasi: dozani 7–12 kun davomida oshirish, maksimal dozada 15–40 kun davomida qabul qilish va PANTOGAM® ni 7–8 kun davomida asta-sekin bekor qilish. PANTOGAM® ni kursli qabul qilishlar orasidagi tanaffus, boshqa nootrop vositalar kabi, 1 dan 3 oygacha.
-
Nojo´ya ta´sirlar
Allergik reaksiyalar: rinit, kon'yunktivit, teri toshmalari bo‘lishi mumkin.
Boshqalar: uyqu buzilishi yoki uyquchanlik, quloqda shovqin bo‘lishi mumkin (bu simptomlar odatda qisqa muddatli va preparatni bekor qilishni talab qilmaydi).
-
Farmakologik xususiyatlari
Pantogam® ta'sir spektri uning tarkibida gamma-aminomoy kislota (GAMK) mavjudligi bilan bog‘liq. Ta'sir mexanizmi preparatning GAMKB-retseptor-kanal kompleksi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'siri bilan belgilanadi.
Nootrop va antikonvulsant ta'sirga ega. Miyani gipoksiya va toksik moddalar ta'siriga chidamliligini oshiradi, neyronlarda anabolik jarayonlarni rag'batlantiradi, o'rtacha sedativ ta'sirni yumshoq stimulyatsion effekt bilan birlashtiradi, motor qo‘zg‘aluvchanligini kamaytiradi, aqliy va jismoniy ish faoliyatini faollashtiradi.
Xronik alkogolli intoksikatsiyada va etanol bekor qilingandan so‘ng GAMK metabolizmini yaxshilaydi.
Prokain (novokain) va sulfanilamidlarni inaktivatsiya qilish mexanizmlarida ishtirok etuvchi atsetillanish reaksiyalarini inhibe qilishga qodir, bu esa ularning ta'sirini uzaytirishga olib keladi. Patologik oshgan pufak refleksi va detruzor tonusining tormozlanishini chaqiradi.
-
Maxsus ko'rsatmalar
Allergik reaksiyalar rivojlanganda preparatni bekor qilish kerak.
Uzoq muddatli davolashda Pantogamni boshqa nootrop preparatlar va markaziy asab tizimini stimulyatsiya qiluvchi vositalar bilan bir vaqtda buyurish tavsiya etilmaydi.
-
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: nojo‘ya ta’sirlar simptomatikasining kuchayishi (uyqu buzilishi yoki uyquchanlik, boshda shovqin).
Davolash: faollashtirilgan ko‘mir buyurish, oshqozonni yuvish, simptomatik terapiya.
-
Dorilarning o'zaro ta'siri
Barbituratlar ta'sirini uzaytiradi, antikonvulsant vositalar ta'sirini kuchaytiradi, fenobarbital, karbamazepin, neyroleptiklarning nojo'ya ta'sirlarini oldini oladi. Pantogam effekti glitsin, etidron kislotasi bilan birga qo'llanganda kuchayadi. Mahalliy anestetiklar (prokain) ta'sirini potentsiyalaydi.