Bu mahsulot vaqtincha mavjud emas, lekin hozirda buyurtma berish mumkin bo'lgan keng analoglar diapazoni bilan tanishishingizni taklif qilamiz.
Retseptsiz beriladi
2
sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari panthesept 16 mg/100 mg № 10 shamlar
Aktiv moddalari: Dekspantenol - 100 mg (100% modda hisobida); Xlorgeksidin biglyukonat - 16 mg;
Qo'llanilishi
O'tkir va surunkali vaginitlar; Endo/ekzotservitsitlar (shu jumladan bachadon bo'yni silindrsimon epiteliyasining ektopiyasi bilan asoratlangan hollarda); Bachadon bo'yni haqiqiy eroziyasi maxsus etiologiyali (murakkab davolash tarkibida); Qin va bachadon bo'yni shilliq qavatining regeneratsiyasini yaxshilash uchun destruktiv davolash usullaridan so'ng (shu jumladan diatermokoagulyatsiya, kriodestruksiya, lazer destruksiyasi) operatsiyadan keyingi va tug'ruqdan keyingi davrlarda.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Nojo´ya ta´sirlar
Kamdan-kam hollarda: nojo'ya reaksiya mahalliy allergik reaksiya ko'rinishida namoyon bo'ladi. Juda kam hollarda: xlorgeksidin mahalliy qo'llanganda umumiy allergik reaksiyalarga olib kelishi mumkin. Ba'zan: Qisqa muddatli qattiq kuydiruvchi va/yoki qichishish hissi qin sohasida.
Dorilarning o'zaro ta'siri
Pantesеpt anion guruhini o'z ichiga olgan detarjentlar (saponinlar, natriy laurilsulfat, natriy karboksimetilsellyuloza) va sovunlar bilan mos kelmaydi, agar ular intervaqinal tarzda kiritilsa.
Maxsus ko'rsatmalar
Homiladorlik va emizish davrida
Pantesepni homilador ayollarda va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha maxsus klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Laboratoriya hayvonlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar deksapantenol va xlorgeksedinning homiladorlik kechishi, embrion rivojlanishi, tug‘ruq yoki tug‘ruqdan keyingi davrga zararli ta’sirini ko‘rsatmagan. Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash kutilayotgan foyda mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lsa, ruxsat etiladi.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!