Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Faol modda: dekspantenol - 50 mg;
Yordamchi moddalari: vazelin; vazelin moyi; bodom moyi; oq mum; suvlanmagan lanolin; tsetostearyl spirti; lanolin spirtlari; suv
Qo'llanilishi
- Teri qurishi;
- yaralar va kuyishlar;
- dermatitlar, yotib qolish natijasida hosil bo‘lgan yaralar, toshmalar, abstsesslar, furunkullar ochilgandan va sanitatsiyadan so‘ng;
- aseptik operatsiyadan keyingi yaralar, yomon bitayotgan teri transplantatlari;
- laktatsiya davrida ko‘krak so‘rg‘ichlarining yoriqlari va yallig‘lanishini davolash va oldini olish;
- chaqaloqlarga parvarish: chaqaloqlarda toshmalarni oldini olish va davolash, terining mayda shikastlanishlarida bitish jarayonini faollashtirish, taglikdan paydo bo‘lgan eritemalarni davolash.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
Preparat tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik.
Qo'llash usuli
Tashqi qo‘llash uchun. Pantoderm® shikastlangan yoki yallig‘langan teri sohasiga bir yoki bir necha marta kuniga surtiladi.
Emizikli onalarning sut bezlariga parvarish: maz surtiladi so‘rg‘ichlarga har bir emizishdan keyin; kompress ko‘rinishida ishlatish mumkin.
Go‘daklarga parvarish: maz har bir taglik (bezi) almashtirilganda surtiladi.
Nojo´ya ta´sirlar
Terining allergik reaksiyalari yuzaga kelishi mumkin.
Farmakologik xususiyatlari
Pantoderm regeneratsiyalovchi, metabolik va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.
Dexpantenol organizmda faol metabolit – pantoten kislotasini hosil qiladi, u koferment A ning tarkibiy qismi bo‘lib, organizmda atsetillanishni katalizlaydi, deyarli barcha metabolik jarayonlarda (trikarboksilik kislotalar sikli, uglevodlar, yog‘lar va yog‘ kislotalari, fosfolipidlar, oqsillar va boshqalar almashinuvi) ishtirok etadi, kortikosteroidlar hosil bo‘lishini, xolinni atsetillanishini ta’minlaydi.
Teri, shilliq qavatlarning regeneratsiyasini rag‘batlantiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarining mustahkamligini oshiradi.
Maxsus ko'rsatmalar
Pantoderm preparatini homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang. Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!