Extiyotkorlik bilan
Dekspantenolga yuqori sezuvchanlik.
Tashqi tomondan shikastlangan teri yuzasiga yoki parvarish qilish maqsadida qo'llaniladi va yengil surtiladi. Qo'llash tez-tezligi ko'rsatmalarga bog'liq.
To'qimalarni regeneratsiya qiluvchi stimulyator, B guruhi vitaminlariga kiradi. Dekspantenol - pantoten kislotasining oldingi bosqichi. Organizmda pantoten kislotasiga aylanadi, u koenzim A ning tarkibiy qismi bo'lib, atsetillanish jarayonlarida, uglevod va yog' almashinuvda, atsetilxolin, kortikosteroidlar, porfirinlar sintezida ishtirok etadi; teri, shilliq qavatlarni regeneratsiyasini stimulyatsiya qiladi, hujayra metabolizmini normallashtiradi, mitozni tezlashtiradi va kollagen tolalarining mustahkamligini oshiradi. Regeneratsiyalovchi, metabolik va kuchsiz yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi.
Hayvonlarda o'tkazilgan tajribalarda fibroblastlar proliferatsiyasining oshishi va regeneratsiyalovchi ta'sir mavjudligi aniqlangan. Tashqi va mahalliy qo'llanganda dekspantenol shikastlangan teri yoki shilliq qavatning pantoten kislotasiga bo'lgan ortib ketgan ehtiyojini qoplashga qodir.