Maxsus ko'rsatmalar
Og‘ir degidratatsiyani (tana vaznining yo‘qolishi >10%, anuriya) faqat tomir ichiga regidratatsiya eritmalari bilan tuzatish kerak, shundan keyingina Orsa buyurilishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin bemorni vaznini o‘lchash kerak, bu vazn yo‘qotilishi va degidratatsiya darajasini baholash uchun zarur.
Bemorni oziqlantirish yoki ko‘krak suti bilan emizishni og‘iz orqali regidratatsion terapiya davomida to‘xtatmaslik yoki regidratatsiyadan so‘ng darhol davom ettirish kerak. Yog‘ va oddiy uglevodlarga boy ovqatlardan saqlanish tavsiya etiladi. Ovqatni regidratatsiyadan so‘ng darhol berish mumkin. Qusishda 10 daqiqa kutib, eritmani sekin, kichik ho‘plamlar bilan ichirish kerak.
Degidratatsiya buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet yoki kislota-ishqor, elektrolit yoki uglevod muvozanati buziladigan boshqa surunkali kasalliklar fonida rivojlangan bemorlarda Orsa preparati bilan davolashda diqqatli monitoring talab etiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Tavsiya etilgan dozalarda Orsa, ichga qabul qilish uchun eritma, homiladorlik va laktatsiya davrida buyurilishi mumkin.
Avtotransport boshqarish va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri
Orsa avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi.