Maxsus ko'rsatmalar
Og'ir darajadagi degidratatsiya (tana vaznining yo'qolishi >10%, anuriya) tomir ichiga regidratatsiya uchun eritmalar bilan tuzatilishi kerak, faqat shundan so'ng Orsa buyurilishi mumkin. Davolashni boshlashdan oldin bemorni vaznini o'lchash kerak, vazn yo'qotilishini va degidratatsiya darajasini baholash uchun.
Bemorni oziqlantirish yoki ko'krak suti bilan emizishni og'iz orqali regidratatsiya terapiyasi davomida to'xtatmaslik yoki regidratatsiyadan darhol keyin davom ettirish kerak. Yog'lar va oddiy uglevodlarga boy ovqatlardan saqlanish tavsiya etiladi. Oziq-ovqatni regidratatsiyadan darhol keyin berish mumkin. Qusishda 10 daqiqa kutish va eritmani sekin, kichik ho'plar bilan ichish tavsiya etiladi.
Degidratatsiya buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet yoki kislota-ishqor, elektrolit yoki uglevod muvozanati buziladigan boshqa surunkali kasalliklar fonida rivojlangan bemorlarda Orsa preparati bilan davolashda diqqatli monitoring talab etiladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanilishi
Tavsiya etilgan dozalarda Orsa, og'iz orqali qabul qilish uchun eritma, homiladorlik va laktatsiya davrida buyurilishi mumkin.
Avtotransport boshqarish va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Orsa avtotransport boshqarish va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.