Maxsus ko'rsatmalar
Tavsiya etilgan dozalardan oshib ketilganda bolalarda, jigar shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda, spirtli ichimliklarni suiiste’mol qiluvchi bemorlarda nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelish xavfi mavjud. Ornidazolning yuqori dozalari qo‘llanilganda va 10 kundan ortiq davolashda klinik va laborator monitoring o‘tkazish tavsiya etiladi.
Qon tizimi tomonidan buzilishlar tarixi bo‘lgan shaxslarda, ayniqsa, takroriy davolash kurslari o‘tkazilganda, leykotsitlarni nazorat qilish tavsiya etiladi.
Markaziy yoki periferik asab tizimi tomonidan buzilishlar kuchayishi ornidazol bilan davolash davrida mumkin. Periferik neyropatiya, harakatlarni muvofiqlashtirish buzilishi (ataksiya), bosh aylanishi yoki ongning xiralashuvi yuzaga kelganda davolashni to‘xtatish kerak.
Kandidomikozning kuchayishi kuzatilishi mumkin, bu esa mos davolashni talab qiladi.
Gemodializ o‘tkazilganda yarim chiqarilish davrining qisqarishini hisobga olish va preparatning qo‘shimcha dozasini gemodializdan oldin yoki keyin buyurish kerak.
Litiyning tuzlari, kreatinin va elektrolitlar konsentratsiyasini litiyning terapiyasi vaqtida nazorat qilish zarur.
Boshqa dori vositalarining ta’siri ornidazol bilan davolash vaqtida kuchayishi yoki susayishi mumkin.
Avtotransport boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati
Ornidazol qo‘llanilganda quyidagi holatlar yuzaga kelishi mumkin: uyquchanlik, mushaklarning rigitligi, bosh aylanishi, tremor, tutqanoq, muvofiqlashtirishning susayishi, vaqtincha hushdan ketish. Bunday holatlarning yuzaga kelish ehtimoli transport boshqaruvchi yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlovchi bemorlar tomonidan hisobga olinishi kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash
Ornidazol homiladorlikning I trimestrida kontrendikatsiyalangan. II va III trimestrda preparat faqat mutlaq ko‘rsatmalar bo‘yicha qabul qilinadi. Ornidazolni qo‘llash zarurati tug‘ilganda emizishni to‘xtatish kerak.