Farmakologik xususiyatlari
Orloks kombinatsiyalangan dori vositasi.
Ofloksasin - keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob vosita. Ofloksasinning bakterisid ta'siri, boshqa ftorxinolonlar kabi, uning bakterial ferment DNK-girazani bloklash qobiliyati bilan bog'liq.
Ofloksasin keng ta'sir doirasiga ega: u ko'pchilik grammanfiy bakteriyalarga nisbatan faol - Escherichia coli, Klebsiella, Proteus, Salmonella, Yersinia, Providencia, Shigella, Enterobacter, Citrobacter, Providentia, Pseudomonas, Hafnia, shuningdek Staphylococcus (metitsillinga va boshqa antibiotiklarga rezistent mikroflorani ham o'z ichiga oladi).
Doriga shuningdek Neisseria, Mycoplasma, Chlamydia, Campylobacter, Brucella, Vibrio, Aeromonas, Plesiomonas, Haemophilus influenzae, Versinia sezgir.
Doriga o'zgaruvchan sezgirlikka ega: enterokokklar, streptokokklar (S.pyogenes, S.pneumoniae, S.viridans), Serratia marcescens, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter, Mycoplasma (M.hominis, M.pneumoniae), sil mikobakteriyalari, shuningdek Musobacterium fortuitum, Gardnerella vaginalis, Ureaplasma, Bruccella.
Doriga anaerob bakteriyalar (B. urealiticusdan tashqari), Treponema pallidum, viruslar, zamburug'lar va sodda hayvonlar sezgir emas.
Ornidazol - antiprototozoy va antibakterial vosita. Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia, shuningdek ayrim anaerob bakteriyalarga, masalan: Bacteroides, Clostridium spp., Fusobacterium spp. va anaerob kokklarga nisbatan faol.
Ta'sir mexanizmi bo'yicha ornidazol - DNK-trop dori bo'lib, ferment tizimlariga ega mikroorganizmlarga nisbatan selektiv faollikka ega, ular nitrogruppani tiklash va ferridoksinlar guruhi oqsillari bilan nitrobirikmalar o'zaro ta'sirini kataliz qilishga qodir. Dori mikroblar hujayrasiga kirgach, uning ta'sir mexanizmi mikroorganizmlar nitroreduktazasi ta'sirida nitrogruppaning tiklanishi va allaqachon tiklangan nitroimidazolning faolligi bilan bog'liq. Tiklanish mahsulotlari DNK bilan komplekslar hosil qiladi, uni degradatsiyaga uchratadi, DNK replikatsiyasi va transkripsiyasi jarayonlarini buzadi. Bundan tashqari, dorining metabolit mahsulotlari sitotoksik xususiyatlarga ega va hujayra nafas olish jarayonlarini buzadi.