Tez yetkazib berishni tashkil qilish uchun o'zingizning joylashuvingizni aniqlashtiring
ico
...
Joylashuvingizni ko'rsating
  • ico-Dorilar Dorilar
  • ico-Dorixona kosmetikasi Dorixona kosmetikasi
  • ico-Ona va bola Ona va bola
  • ico-Tibbiy mahsulotlar Tibbiy mahsulotlar
  • ico-Gigiena va parvarish Gigiena va parvarish
  • ico-Vitaminlar va BFQ Vitaminlar va BFQ
  • ico-Qo'shimcha mahsulotlar Qo'shimcha mahsulotlar
product-Oflomelid malhami 50 g
Oflomelid malhami 50 g
Ishlab chiqaruvchi: Синтез
Yaroqlilik muddati: 2 yil
  • ico
    Allergiyaga chalinganlar uchun

    Extiyotkorlik bilan

  • ico
    Homiladorlar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Emizikli onalar uchun

    Taqiqlangan

  • ico
    Bolalar uchun

    18 yoshdan

Mavjud
45 117 so'm 55 700 so'm
ico
1
ico
Faqat retsept bilan
ico ico ico ico ico
2 sharhni
Toshkent bo'ylab yetkazib berish - Buyurtma to'langan paytdan boshlab 2 soat ichida.
* Mahsulotning tashqi ko'rinishi va yo'riqnomasi veb-saytda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
** Narx veb-saytda berilgan buyurtmalar uchun amal qiladi
Preparatning xususiyatlari oflomelid malhami 50 g
Qo'llash bo'yicha yo'riqnoma
  • Qo'llanilishi
    trofik yaralar; yotib qolish natijasida hosil bo‘lgan yaralar; 2-4 darajali infeksiyalangan kuyishlar; flegmonalar va abstsesslarni operatsion ochishdan keyingi yaralar; gidradenitlar, karbunkullar, abstsess hosil qiluvchi furunkullar, yiringlagan lipoma va ateromalarni jarrohlik yo‘li bilan davolashdan keyin; travmadan keyingi va operatsiyadan keyingi fistulalar va yaralar
  • Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar
    Laktatsiya; homiladorlik; individual gipersezuvchanlik; yosh cheklovi – 18 yoshgacha.
  • Qo'llash usuli
    Kuniga 1 marta 1-2 hafta davomida. Yara va kuyishlarni standart ishlov berishdan so‘ng, mazni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yara yuzasiga yupqa qatlam qilib surtadilar (so‘ngra steril doka bog‘lam qo‘yiladi) yoki doka bog‘lamga surtib, so‘ngra shikastlangan joyga qo‘yiladi. Maz bilan shimdirilgan tamponlar, jarrohlik ishlovidan so‘ng yiringli yaralarning bo‘shliqlarini bo‘sh to‘ldirish uchun ishlatiladi, doka turundalar esa maz bilan svish yo‘llariga kiritiladi. Yiringli yaralarni davolashda maz kuniga 1 marta, kuyishlarni davolashda esa har kuni yoki yiringli ajralmaning miqdoriga qarab haftasiga 2-3 marta qo‘llaniladi. Maksimal sutkalik doza 100 g dan oshmasligi kerak.
  • Nojo´ya ta´sirlar
    Allergik reaktsiyalar
  • Farmakologik xususiyatlari
     Oflomelid® - kombinatsiyalangan preparat, antimikrob, yallig‘lanishga qarshi, mahalliy anestezik, regeneratsiyalovchi ta’sir ko‘rsatadi. Faol moddalari ofloksatsin, metilurasil va lidokain hisoblanadi.

    Ofloksatsin - keng ta’sir doirasiga ega bo‘lgan ftorxinolonlar guruhiga mansub antimikrob vosita. Bakteritsid ta’sirini bakterial hujayralarda DNK-girazani bloklash orqali amalga oshiradi. DNK-giraza bakterial DNKning replikatsiyasi, transkripsiyasi, reparatsiyasi va rekombinatsiyasi uchun zarur. Uning inhibitsiyasi bakterial DNKning yechilib ketishi va beqarorlanishiga, natijada mikroblar hujayrasining o‘limiga olib keladi.

    Ofloksatsinga yuqori sezuvchan mikroorganizmlar (MPK ≤0,5 mg/l):

    • grammusbat aeroblar - Staphylococcus aureus methi-S (metitsillin sezuvchan shtammlar), Staphylococcus coagulase negative (koagulaza-manfiy stafilokokklar: Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus saprophyticus, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis va boshqalar);
    • grammanfiy aeroblar - Aeromonas hydrophila, Bordetella spp., Brucella spp, Campylobacter jejuni, Citrobacter spp. (shu jumladan Citrobacter freundii), Enterobacter spp. (shu jumladan Enterobacter cloacae, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Haemophilus ducreyi, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Klebsiella spp. (shu jumladan Klebsiella pneumonia), Moraxella (Brahamella) catarrhalis, Morganella morganii, Neisseria gonorrhoeae, Neisseria meningitides, Plesiomonas spp, Proteus spp. (Proteus mirabilis, Proteus vulgaris (indole + va indole -)), Providencia spp., Salmonella spp., Serratia (shu jumladan Serratia marcescens), Shigella spp. (shu jumladan Shigella sonnei), Vibrio spp. (shu jumladan Vibrio cholerae, Vibrio parahaemolyticus), Yersinia spp. (shu jumladan Yersinia enterocolitica);
    • anaeroblar - Clostridium perfringens, Helicobacter pylori, Propionibacterium acnes;
    • boshqalar - Chlamydia trachomatis, Legionella spp., Mycoplasma spp. (shu jumladan Mycoplasma hominis).
    Ofloksatsinga o‘rtacha sezuvchan mikroorganizmlar:

    Acinetobacter spp. (shu jumladan Acinetobacter calcoaceticus), Bacteroides fragilis, Bacteroides urealyticus, Chlamydia psittaci, Gardnerella vaginalis, Enterococcus faecalis, Mycobacterium tuberculosis, Mycobacterium leprae, anaerob grammusbat kokklar (Peptococcus spp., Peptostreptococcus spp., Pseudomonas spp. (shu jumladan Pseudomonas aeruginosa), Streptococcus spp. (jumladan Streptococcus pyogenes, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus viridians) - faqat penitsillinga sezuvchan shtammlar, Ureaplasma urealyticum.

    Ofloksatsinga rezistent mikroorganizmlar (MPK > 1 mg/l):

    Acinetobacter baumannii, Enterococcus spp.ning ko‘pchilik shtammlari, Listeria monocytogenes, Nocardia spp, (jumladan Nocardia asteroids), metitsillinrezistent Staphylococcus aureus va Staphylococcus spp. shtammlari (Staphylococci methi-R), Treponema pallidum.

    Metilurasil - to‘qimalar reparatsiyasi stimulyatori. Anabolik faollikka ega. Yarani hujayraviy regeneratsiya jarayonlarini tezlashtiradi, to‘qima va epitelizatsiyaning o‘sishi va granulyatsion yetilish jarayonini tezlashtiradi.

    Lidokain mahalliy anestezik ta’sir ko‘rsatadi, bu Na+-kanallarni bloklash natijasida yuzaga keladi, bu esa sezuvchi neyronlarning uchlarida impulslar hosil bo‘lishi va nerv tolalari bo‘ylab impulslar o‘tishini to‘sadi. Tashqi qo‘llanganda tomirlarni kengaytiradi, mahalliy tirnash xususiyati beruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Mazning suvda eriydigan (gidrofil) va giperosmolyar asosini molekulyar massasi 400 va 1500 bo‘lgan polietilenoksidlar (polietilenglikollar) aralashmasi (PEO-400 va PEO-1500 yoki PEG-400 va PEG-1500) tashkil etadi, bu esa to‘qimalarga degidratatsiyalovchi (namlikni yutuvchi) va osmotik ta’sir ko‘rsatadi, bu ta’sir kuchi bo‘yicha 10% natriy xlorid eritmasidan 20 barobar kuchli va 18-20 soatgacha davom etadi. 

Diqqat qiling!
Ushbu sahifada joylashtirilgan ko'rsatmalar faqat ma'lumot olish va tushunchaga ega bo'lish uchun mo'ljallangan. Ushbu ko'rsatmalarni tibbiy maslahat sifatida ishlatmang.  
Tashxis va davolash usulini tanlash faqat davolovchi shifokor tomonidan amalga oshiriladi!
Mijozlarning sharhlari
Hammasini ko'rsatish
  • Alisher
    ico ico ico ico ico
    Замечательный продукт от Оксимед, офломелид мазь действительно помогает с суставными болями. Рекомендую!
    05 August 2024
    0
    0
  • Diana
    ico ico ico ico ico
    Отличная мазь, помогла справиться с сыпью на коже. Быстрая доставка от магазина Оксимед.
    05 August 2024
    0
    0
Savollar qoldi mi? Biz yordam bera olishimizdan xursandmiz
Bizning mutaxassislarimiz sizni qiziqtirgan savollarga kunning istalgan vaqti onlayn javob berishga tayyormiz.
Mutaxassisga savol bering
Faqat ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar sharh yozishlari mumkin. Sharh yozish uchun ro'yxatdan o'ting.

Analoglar va o'rnini bosuvchilar

Посмотреть все

Ushbu mahsulotning veb-saytimizda o'xshashi yo'q, siz mahsulotlarni katalogda ko'rishingiz mumkin.

Ilovada qulayroq
Yuklab olish
ico