Qo'llash usuli
Og'iz orqali, mahalliy, tashqi.
Og'iz orqali: oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligida preparat 1 choy qoshiqdan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. Davolash kursi 3-4 hafta.
Mahalliy: kolpit, endoservitsit, bachadon bo'yni eroziyasi, tashqi gemorroy, to'g'ri ichak yoriqlarida preparat ko'p miqdorda chakanda yog'i bilan shimdirilgan tamponlar ko'rinishida qo'llaniladi. Kolpitda davolash kursi - 10-15 muolaja, endoservitsit, bachadon bo'yni eroziyasida - 8-12 muolaja, tashqi gemorroy, to'g'ri ichak yoriqlarida - 5-7 muolaja.
Tashqi: terining shikastlanishlarida yog'li bog'lamlar ko'rinishida qo'llaniladi. Nekrotik to'qimalardan tozalangan teri sohasiga chakanda yog'i surtiladi, so'ngra paxta-gazli bog'lam qo'yiladi, uni har kuni almashtiriladi. Davolash granulyatsiyalar paydo bo'lishigacha olib boriladi.
Otorinolaringologiyada - timpanoplastikada, yara antibiotiklar yoki gidrokortizon bilan ishlov berilgandan so'ng, chakanda yog'i bilan ko'p miqdorda shimdirilgan tamponlar bilan yara yuzasi tamponlanadi. Davolash kursi - 7-10 muolaja.