Maxsus ko'rsatmalar
Gomeopatik dori vositalarini qabul qilishda mavjud simptomlarning vaqtinchalik kuchayishi (birinchi yomonlashish) mumkin, bu holda dori vositasini qabul qilishni to'xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Tabletkani yutish hech qanday zararli oqibatlarga olib kelmaydi.
Agar dori vositasini qo'llash davomida kasallik simptomlari saqlanib qolsa yoki holat yomonlashsa, 10 kun ichida shifokorga xabar berish kerak.
Nyu-reksan® dori vositasi laktaza monohidratini o'z ichiga oladi. Kam uchraydigan merosiy galaktoza intoleransiyasi, laktoza defitsiti yoki glyukoza-galaktoza malabsorbtsiyasi bo'lgan bemorlarga ushbu dori vositasini qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Shakar kasalligi bo'lgan bemorlar uchun ma'lumot: 1 tabletka dori vositasida uglevodlar miqdori 0.025 non birligi (NB) ga teng.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Dori vositasini qo'llash potentsial xavfli faoliyat turlarini bajarish qobiliyatiga, diqqatni kuchaytirish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan faoliyatlarga ta'sir qilmaydi (transport vositalarini boshqarish, harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlash, dispecher, operator ishlari).