Farmakologik xususiyatlari
Antimikrobiyal vosita, 8-oksixinolin derivati. Ta'sir mexanizmi bakterial DNK sintezini tanlab to'xtatish bilan bog'liq.
Nitroksolin gram ijobiy bakteriyalar: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus), Streptococcus spp. (shu jumladan β-gemolitik streptokoklar, Streptococcus pneumoniae, Enterococcus faecalis), Corynebacterium diphtheriae, Bacillus subtilis; gram salbiy bakteriyalar: Neisseria gonorrhoeae, Escherichia coli, Proteus spp., Klebsiella spp., Salmonella spp., Shigella spp., Enterobacter spp. nisbatan faol.
Nitroksolin shuningdek Mycobacterium tuberculosis, Trichomonas vaginalis, ba'zi zamburug'lar turlariga (Candida spp., dermatofitlar, mog'orlar, ba'zi chuqur mikozlar sababchilari) nisbatan faol.