Dorilarning o'zaro ta'siri
Peroral kontratseptiv vositalar va izoniazid triptofaning nikotin kislotasiga aylanishini kamaytiradi va shu tariqa nikotin kislotasiga ehtiyojni oshirishi mumkin.
Nikotin kislotasi barbituratlar, protivotuberkulyoz vositalar, sulfanilamidlarning samaradorligi va toksikligini kamaytiradi. Sulfonilmochevina preparatlari bilan birga qo'llanganda qonda glyukoza miqdorini oshirishi mumkin. Shuningdek, nikotin kislotasi neomitsin toksikligini kamaytiradi va u tomonidan induktsiyalangan xolesterin va yuqori zichlikdagi lipoproteidlar konsentratsiyasining kamayishini oldini oladi.
Antibiotiklar nikotin kislotasi tomonidan chaqirilgan teri qizarishini kuchaytirishi mumkin.
Asetilsalitsil kislotasi nikotin kislotasi ta'sirida yuzaga keladigan teri qizarishi effektini kamaytiradi.
Tsiprofibratni nikotin kislotasi bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Lovastatin, pravastatin yon ta'sirlar rivojlanish xavfi oshgani sababli nikotin kislotasi bilan birga qo'llash tavsiya etilmaydi.
Gipotenziv vositalar (gipotenziv ta'sir kuchayishi mumkin), antikoagulyantlar, asetilsalitsil kislotasi (gemorragiyalar rivojlanish xavfi sababli) bilan birga qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Preparat fibrinolitik vositalar, spazmolitiklar va yurak glikozidlari ta'sirini kuchaytiradi, alkogolning jigar uchun toksik ta'sirini kuchaytiradi.
Tiamin xlorid eritmasi bilan aralashtirish tavsiya etilmaydi (tiamin parchalanadi).